WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 YanvarYanvarYanvar 2025 139 ko'rishlar

Qoʻqon davlat pedagogika instituti va  Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

29-yanvar kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurod Niyozbekov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ilmiy-amaliy va oʻquv-uslubiy yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Qayd etilganidek, oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida islohotlar yangi bosqichga koʻtarildi.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti va  Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi oʻrtasida ikki tomonlama memorandumi tuzish orqali professor-oʻqituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilish, talabalar amaliyotini tashkil qilish, birgalikda xalqaro ilmiy-innovatsion loyihalarda ishtirok etish kabi masalalar koʻrib chiqildi. 

Boshqa yangiliklar