22 AprelAprelAprel 2024
70 ko'rishlar
Birmingem universiteti professori ishtirokida mahorat darsi o‘tkaziladi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va “Konstitutsionalist” ilmiy maktabi a'zolari uchun Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti huquq maktabi bilan hamkorlikda konstitutsiyaviy huquq fanidan mahorat darsi tashkil etilmoqda.
Mashgʻulotni Birmingem universiteti huquq maktabi professori Kris Thornhill hamda TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, professor Ixtiyor Bekov olib boradi.
Mahorat darsi 22-aprel 15:00 dan boshlab TDYU 2-bino 112-xonada ingliz tilida o‘tkaziladi.