WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 FevralFevralFevral 2025 71 ko'rishlar

“Qadriyatlar qadr topgan yurt”

Qoʻqon davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida “Qadriyatlar qadr topgan yurt” shiori ostida muhim tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi buyumlar, qoʻl mehnati bilan yaratilgan aksessuarlar, shuningdek, oʻziga xos pazandachilik mahsulotlari namoyish etildi. Koʻrgazma milliy anʼanalarimizni yanada kengroq targʻib qilish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirni institut rahbariyati va mehmonlar ham katta qiziqish bilan tomosha qilib, talaba qizlarning ijodkorona yondashuvlarini va amaliy ishlarini yuqori baholadilar. Ularning oʻziga xos va sifatli ishlarini hamda bu kabi tadbirlarning ahamiyatini alohida eʼtirof etdilar.

Boshqa yangiliklar