09 IyunIyunIyun 2026
99 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universiteti dotsenti Boku Slavyan universitetida akademik almashinuv dasturini yakunladi
Ozarbayjondagi Boku Slavyan universiteti rektori Anar Nagiyev akademik almashinuv dasturi doirasida faoliyat olib borgan Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Muqaddas Saidakbarova bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida olimaning BSUdagi ilmiy-pedagogik faoliyati hamda talabalarga bergan saboqlari e’tirof etildi.
Ma’lumot o‘rnida, Muqaddas Saidakbarova ikki oy davomida BSUda xizmat safarida bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida u o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha samarali faoliyat yuritdi