16 MayMayMay 2026
8 ko'rishlar
Samarqand davlat pedagogika institutiga Malayziyaning Universiti Teknikal Malaysia Melaka prezidenti, professor Datuk Ts. Dr. Massila Kamalrudin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi va institutlar o'rtasida o'zaro anglashinuv memorandumi imzolandi

Tashrif doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti va Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Melaka Texnologiya Universiteti rahbariyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
➡️ Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida tor doiradagi muzokaralar o‘tkazildi. Unda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda uzoq muddatli strategik rejalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
➡️ Xususan, sun’iy intellekt yo‘nalishida Melaka Texnologiya Universiteti mutaxassislari tomonidan treninglar tashkil etish, qo‘shma grant loyihalarini tayyorlash va ularda hamkorlikda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
➡️ Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi STEAM/STEM ta’limi, xorijiy tillarni innovatsion texnologiyalar orqali o‘qitish, EduTourism dasturlarini rivojlantirish hamda yozgi va qishki maktablarni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirildi.