WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 FevralFevralFevral 2026 21 ko'rishlar

Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya – Germaniya Federativ Respublikasida.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya – Germaniya Federativ Respublikasida.

Uchrashuv va muloqotlarda yoshlarimizni kasb-hunarga oʻrgatish, ish oʻrinlari yaratish va tartibli migratsiyani amalga oshirishga doir loyihalar muhokama qilinmoqda.

Haydelberg shahri meri, janob Ekkart Vursner bilan oʻtkazilgan uchrashuvda taʼlim yoʻnalishlari, sogʻliqni saqlash, investitsiyalarni jalb etish hamda migratsiya boʻyicha uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Tomonlar oʻrtasida qator muhim kelishuvlar imzolandi.

Viloyat delegatsiyasi aʼzolari safida Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov ham bor. Safar davomida Germaniya oliy taʼlim muassasalari va ish beruvchi kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik masalalariga doir muloqotlar oʻtkazilishi moʻljallangan.

Boshqa yangiliklar