Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasi Ozarbayjon texnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasi Ozarbayjon texnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Namangan davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti dekani, professor Avazbek Obidov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Ozarbayjon texnika universitetining xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligini kengaytirish, zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarida innovatsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar kelgusida o‘zaro aloqalarni izchil rivojlantirish, tajriba almashish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.