19 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
166 ko'rishlar
Qo‘qon davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi
17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qo‘qon shahar musiqali drama teatri sahnasida yoshlikning eng porloq daqiqalari, orzu va intilishlarga to‘la talabalikning qadrli onlari birlashib, unutilmas bayramga aylandi. Qo‘qon davlat universiteti tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Talabalikka bag‘ishlov” tantanasi bu yil ham o‘ziga xos shukuh, quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlandi.
Bayramning har bir ishtirokchisi yoshlarga xos jo‘shqinlikni, orzu va maqsadlarga to‘lgan qalblarning hayajonini his etdi. Aynan mana shu jarayon – talabalik sururi, bilimga tashnalik va yaratuvchanlik tadbirning bosh mavzusiga aylandi.