WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 103 ko'rishlar

“Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida debat o‘tkazildi

“Tabiiy fanlar va iqtisodiyot” fakultetida yuqori kurs va sirtqi ta’lim talabalarining ishtirokida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida debat tashkil etildi.

Tadbir davomida zo‘ravonlikning barcha shakllariga murosasiz qarshi kurashish, sukut saqlashning adolatning dushmani ekanligi hamda talabalar o‘rtasida raqamli madaniyatni rivojlantirish masalalari yuzasidan qizg‘in munozaralar olib borildi.

Shuningdek, talabalar hayotida uchraydigan tazyiq va zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga o‘z munosabatlarini bildirdi. Tadbir qatnashchilarda ijtimoiy mas’uliyat va zo‘ravonlikka qarshi faollik ruhini oshirishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar