WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 146 ko'rishlar

Akademik Rahima Aminovaning 100 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

Bugun Qo‘qon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida akademik Rahima Aminovaning 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalari: agrar siyosat, gender, madaniyat” mavzusidagi yirik ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Qo‘qon davlat universiteti birinchi prorektori Ahmadjon Husanov so‘zga chiqib, akademik Rahima Aminovaning tarix fani rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy maktabining shakllanishi hamda yosh tadqiqotchilarni yetaklashdagi bebaho xizmatlarini alohida ta’kidladilar.

Konferensiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari, mahalliy va xorijiy universitetlar professor-o‘qituvchilari, shuningdek, nufuzli tadqiqotchilar ishtirok etib, agrar siyosat, gender masalalari va madaniy taraqqiyotning dolzarb jihatlari yuzasidan ilmiy muhokamalar olib borildi.

Boshqa yangiliklar