Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Bugun, 14-fevral kuni shoh va shoir, davlat arbobi, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatining so‘lim Bogʻi Bobur istirohat bog‘ida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatdagi barcha tashkilot va jamoatchilik vakillari, oliy taʼlim muassasalari jamoalari ishtirok etdilar. Xususan, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi rektor Tahirjon Zakirovich Sultanov boshchiligida faol qatnashib, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Tadbir davomida Bobur merosi, uning boy adabiy va tarixiy faoliyati keng targ‘ib etilib, milliy qadriyatlarimiz ulug‘landi hamda yoshlarda vatanparvarlik va ajdodlarga ehtirom tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.