29 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
9 ko'rishlar
Qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisligining 90 yilligi
Qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisligining 90 yilligi
Bugun, 29-noyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan Qoraqalpog‘iston san’at saroyida "Hozirgi qoraqalpoq filologiyasining dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va keng qamrovli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisligining 90 yilligiga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining talaba-yoshlaridan tashkil topgan xor jamoasi va Kamer orkestri faol ishtirok etdi.