Xalqaro hamkorlik samarasi: Karamanoğlu Mehmetbey universitetida talabalarning 10 kunlik amaliyoti yakuniga yetdi
Fan va texnologiyalar universiteti va Turkiyaning Karamanoğlu Mehmetbey universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 10 kunlik amaliyot o'z nihoyasiga yetdi.🎉
Fan va texnologiyalar universiteti va Turkiyaning Karamanoğlu Mehmetbey universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 10 kunlik amaliyot o'z nihoyasiga yetdi.🎉
Dastur davomida talabalarimiz zamonaviy ta’lim standartlari bilan tanishib, o‘z sohalari bo‘yicha tajriba almashdilar. Darslar va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan talabalarimiz mehnatsevarligi va bilimdonligi uchun Karamanoğlu Mehmetbey universiteti rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 💫
Ushbu qisqa muddat ichida yoshlarimiz nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashdi, balki xalqaro ta’lim muhitida o‘zlarining salohiyatini namoyish eta olishdi. 🏆