WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Xalqaro Nordik universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

5,302

Talabalar

5

Xorijiy talabalar

200

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

10

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

XALQARO NORDIK UNIVERSITETI

– Ta’limda mukammallik sari!

 

NORDIK — Markaziy Osiyoda ta’lim, ilm-fan va biznesni birlashtirgan zamonaviy xalqaro universitet!

 

"Nordik" atamasi – yuqori hayot sifati, ijtimoiy tenglik va barqaror rivojlanish modeli bilan dunyoga namuna bo‘lib kelayotgan Nordik davlatlari, yaʼni Skandinaviya mamlakatlari - Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlandiya va Islandiya kabi davlatlarni o‘z ichiga oladi. Bu mamlakatlar guruhi nomini Xalqaro Nordik universiteti faxr bilan tilga oladi! 

 

Skandinaviya ilg‘orliklari – endi Toshkentda!

 

Nordikda ta’lim – shunchaki dars emas. Bu – imkoniyat, tajriba, orzu va hayotning birlashgan nuqtasi!

 

Universitetning barcha resurslari - professor-o‘qituvchilar, kutubxona, auditoriya va tadqiqot markazlari talabalar muvaffaqiyati uchun mo‘ljallangan. Bu yerda nafaqat nazariy bilimlar, balki hayotiy, kasbiy ko‘nikmalar, yangi g‘oyalar va qimmatli tajribalarni qo‘lga kiritish mumkin. 

 

2022-yilning 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Finlandiya tashqi ishlar vazirlarining siyosiy maslahatlar bo‘yicha 10-yig‘ilishida Shimoliy Yevropa mamlakatlarining taʼlim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan zamonaviy xususiy oliy taʼlim tashkiloti — Xalqaro Nordik universiteti tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

2022-yil 8-avgust - muhim sana! Nordik №034528 raqamli litsenziya asosida o‘z faoliyatini boshladi!

 

Universitet zamonaviy moliyaviy, iqtisodiy modellar, maʼlumotlar ilmi, sanoat, IT, jurnalistika va taʼlimga oid bilimlar berish, analitik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan. 

 

NIMA UCHUN AYNAN NORDIK?

Nordik bu: 

 

• Innovatsion fanlar va amaliy ta’lim

• Xalqaro diplom va chet elda o‘qish imkoniyati

• Ilm-fan, media, biznes va texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan muhit

• Har bir talaba uchun individual rivojlanish yo‘li! 

 

Xalqaro Nordik universiteti – bu kelajagingiz start oladigan oliygoh!

Xorijiy talabalar uchun

Chet ellik talabalar uchun imkoniyatlar

Xalqaro Nordik universiteti dunyoning turli mamlakatlaridan kelayotgan talabalar uchun nafaqat sifatli ta’lim, balki yangi imkoniyatlar, xalqaro tajriba va yorqin kelajak sari yo‘l ochib beradi.

Universitetda xorijiy talabalar uchun qulay akademik muhit yaratilgan bo‘lib, ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Talabalar zamonaviy auditoriyalar, elektron kutubxona, IT laboratoriyalari va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Nordik xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Talabalar Finlandiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Bolgariya va boshqa davlatlardagi hamkor universitetlar bilan akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etishlari, xalqaro konferensiyalar, forumlar va ilmiy loyihalarda o‘z salohiyatlarini namoyon etishlari mumkin.

Universitet xorijiy talabalarni qabul qilishdan boshlab, hujjatlarni rasmiylashtirish, moslashuv jarayoni va talabalik hayotida doimiy qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘pmillatli va do‘stona muhit esa turli madaniyat vakillarini birlashtirib, haqiqiy xalqaro talabalar hamjamiyatini shakllantiradi.

Toshkent shahrining markazida joylashgan Xalqaro Nordik universiteti — bu zamonaviy ta’lim, global imkoniyatlar va xalqaro muvaffaqiyat sari ishonchli qadamdir.

Nordikda o‘qing — dunyoni kashf eting, bilim oling va global karyerangizni bugundan boshlang!

Xalqaro hamkorlik

Nordik universitetidan top-xalqaro imkoniyatlar: 

 

✔️ Nokia, ISKU va boshqa o‘nlab fin texnogigantlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik

✔️Helsinki, Kareliya kabi top-1000  universitetlar bilan exchange va qo‘shma dasturlar

✔️ Double degree - xalqaro tan olingan diplom

✔️ Yozgi “Work and Travel” orqali Finlandiyada ishlash va sayohat qilish

✔️ Janubiy Koreya, Malayziya, Xitoy universitetlariga grant va stipendiyalar

✔️Trento (Italiya) va Rowan, Lawrence (AQSh) universitetlari bilan eksklyuziv qo‘shma dasturlar - faqat Nordik talabalari uchun! 

 

💥 Orzularingizni endi ham ortga surmang - Nordikdan boshlang

 

Yaqin kelajakda ishsizlar ro‘yxatiga tushmay desangiz eng to‘g‘ri kasblar - Nordikda! 

 

📌 Qabul jarayoni boshlandi – siz ham yetakchilar safida bo‘ling!

Til kurslari

{}

Fakultetlar

Vazifalari

Magistratura fakulteti tegishli taʼlim mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni oʻqitish, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʻunlashgan holda olib borish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ilmiy faoliyatini tashkil etish hamda shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.

Vazifalari

Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti Universitet boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni oʻqitish, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʻunlashgan holda olib borish, ilmiy kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yoʻnaltiriladi. 

Fakultet, oʻz tarkibiga kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga taalluqli: “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” , “Pedagogika” “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish”, “Xorijiy tillar”, “Musiqa ta’limi”, “Psixologiya va maktabgacha ta’lim”  kafedralarining oʻquv va ilmiy laboratoriyasini birlashtiradi.      

Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi: Xalqaro biznes , Sanoat menejmenti, Iqitosodiyot , Moliya, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro Iqtisodiy munosabatlar, Boshlang’ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Xorijiy til va adabiyoti, Maxsus pedagogika (logopediya), Musiqa ta’limi, Psixologiya (Amaliy psixologiya

Ta'lim yo'nalishlari

Biznes boshqaruvi Bakalavr
Biznesni boshqarish (barqaror biznes) 60411300 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot (matematik iqtisodiyot) 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 Magistr
Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) 70411901 Magistr
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 Bakalavr
Jurnalistika 60320100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 Bakalavr
Ma’lumotlar ilmi (Data Science) 70610504 Magistr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 Bakalavr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Musiqa ta’limi va san’at 70111301 Magistr
Pedagogika va psixologiya 70110102 Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Sanoat muhandisligi 60712200 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 Magistr
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 Magistr
Turizm va mehmondo'stlik 71010101 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr

Mashhur bitiruvchilar

ASQARXO‘JAYEVA MOVLUDA SAIDMUXAMMADZOKIR QIZI

Xalqaro Nordik universitetining faol va iqtidorli talabalaridan biri. Ta’lim jarayonidagi yuqori natijalari, tashabbuskorligi hamda ilmiy va ijtimoiy faoliyatdagi ishtiroki bilan universitet jamoasi orasida alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Movluda Asqarxo‘jayeva o‘zining intilishi, bilimga chanqoqligi va mas’uliyatli yondashuvi bilan yoshlar uchun namuna bo‘lib kelmoqda. U universitetning xalqaro va akademik muhitida faol ishtirok etib, o‘z salohiyatini muntazam rivojlantirib bormoqda.

Asilabonu Hamidova

HAMIDOVA ASILABONU HUSAN QIZI Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi Xalqaro Nordik universiteti rektori stipendiyasi sohibasi 2 karra!

OSTONOVA CHAROS ZUBAYDULLAYEVNA

Prezident davlat stipendiyasi sohibasi hamda Xalqaro Nordik universiteti rektori stipendiyasi sovrindori. Charos Ostonova o‘zining yuqori akademik natijalari, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi va faol jamoatchilik faoliyati bilan universitetning eng iqtidorli talabalari qatoridan joy olgan. Uning bilimga intilishi, mas’uliyati va liderlik qobiliyatlari nafaqat talabalarga, balki yosh avlodga ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda u Xalqaro Nordik universitetining faxrli talabalaridan biri sifatida ta’lim va ilmiy faoliyatda yuksak natijalarga erishib kelmoqda.

ISROILOVA ZUXRA YAHYO QIZI

Xalqaro Nordik universiteti Iqtisodiyot va pedagogika fakultetining 4-JI-25 guruh talabasi Isroilova Zuxra Yahyo qizi o‘zining sportdagi ulkan yutuqlari, yuksak intizomi va qat’iyati bilan nafaqat respublika, balki xalqaro arenalarda ham yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qilib kelmoqda. Boks yo‘nalishi bo‘yicha: 🥈 Jahon chempionatining kumush medal sohibasi; 🥈 Osiyo chempionatining kumush medal sohibasi; 🥇 O‘zbekiston chempionatlarining 3 karra oltin medal sohibasi; 🥈 2 karra kumush medal sohibasi; 🥉 1 karra bronza medal sohibasi. Muay Thai yo‘nalishi bo‘yicha: 🥈 Respublika musobaqalarining 2 karra kumush medal sohibasi; 🥉 Respublika musobaqalarining bronza medal sohibasi. Davlat mukofoti: 🏅 Sport sohasidagi fidoyiligi, yuksak natijalari hamda yoshlar uchun munosib namuna bo‘lgani uchun “El-yurt iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Isroilova Zuxra Yahyo qizining ushbu yutuqlari Xalqaro Nordik universiteti talabalari uchun haqiqiy motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. U nafaqat sport maydonlarida, balki ta’lim jarayonlarida ham faol ishtirok etib, bilim, intilish va muvaffaqiyatni o‘zida mujassam etgan zamonaviy yoshlar timsoliga aylangan. Uning erishgan natijalari universitetimiz nufuzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda va yosh avlodni ulkan marralar sari ilhomlantirmoqda.

Talabalar fikri

AYDASHEV FURKAT (Turkmaniston)

"Xalqaro Nordik universitetida tahsil olayotganimdan juda mamnunman. Bu yerda zamonaviy ta’lim, malakali professor-o‘qituvchilar va do‘stona muhit mavjud. Universitet menga nafaqat kasbiy bilim, balki xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini ham bermoqda."

XASANOVA SEVINCH

"Universitetdagi ta’lim sifati va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar meni hayratda qoldirdi. Turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan birgalikda o‘qish dunyoqarashimni kengaytirdi va yangi do‘stlar orttirishimga yordam berdi."

BURIYEVA ELNOZA SHAVKATOVNA

"Xalqaro Nordik universiteti turli madaniyat va millat vakillarini birlashtirgan noyob maskan. Bu yerda o‘qish davomida nafaqat sifatli ta’lim oldim, balki xalqaro do‘stlik va hamkorlikning qadrini ham chuqur his qildim."

RAVSHANBEKOVA MAXIRA

"Nordik universitetini tanlaganim hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ldi. Bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, innovatsion yondashuv va xalqaro muhit meni doimo yangi marralar sari undaydi."