WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Xalqaro Nordik universiteti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60310100 – Iqtisodiyot

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi

Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyatini samarali boshqarish, biznes-rejalar ishlab chiqish, investitsiya va moliyaviy loyihalarni baholash hamda iqtisodiy qarorlar qabul qilish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Talabalar makro va mikroiqtisodiyot, statistika, ekonometrika, moliya, marketing, menejment, xalqaro iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va biznes tahlili kabi fanlarni o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirilib, iqtisodiy tahlil, prognozlash, boshqaruv va tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha kompetensiyalar shakllantiriladi.

Bitiruvchilar davlat va nodavlat tashkilotlari, banklar, moliya institutlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, konsalting markazlari, xalqaro tashkilotlar hamda turli soha korxonalarida iqtisodchi, tahlilchi, moliyaviy mutaxassis, biznes maslahatchisi va menejer sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Bitiruvchining asosiy kompetensiyalari:

  • iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash;

  • biznes-reja va investitsiya loyihalarini ishlab chiqish;

  • moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash;

  • iqtisodiy ma’lumotlar bilan ishlash va tahliliy hisobotlar tayyorlash;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli vositalardan foydalanish;

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish.

Mazkur ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari iqtisodiyot, moliya, bank ishi, xalqaro biznes va turdosh magistratura mutaxassisliklarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega.

O'xshash dasturlar