WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

23,000

Talabalar

300

Xorijiy talabalar

1,315

O'qituvchilar

10

Fakultetlar

48

Kafedralar

1992

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.
1992-yil 12-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-401-sonli Farmoni bilan Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda universitetda 23 168  nafar talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o‘rganmoqda. Har yili universitetda 27 ta ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 19 ta ta’lim yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet talabalari chuqur bilim va ko‘nikmalar asosida til o‘rganish, o‘qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo‘lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda ta’lim tizimi ham o‘zgarmoqda. Oliy ta’lim muassasasida til va madaniyat o‘rtasidagi aloqa ta’lim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.
Ingliz tili birinchi, ikkinchi va uchinchi fakultetlari, Roman-german filologiyasi, Rus filologiyasi, Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi fakultetlarida bo‘lajak pedagoglar til o‘qitishning sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar. Tarjimonlik fakultetida esa ingliz, nemis, koreys, yapon, xitoy tili yo‘nalishlarida tarjima mahoratidan tahsil olmoqdalar. Xalqaro jurnalistika fakultetida esa mahoratli jurnalistlar yetishib chiqmoqda.

Aynan universitetda bir qator xorijiy tillar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar bugungi kunda xalqaro miqyosda turli jabhalarda faoliyat yuritishmoqda. Universitet bitiruvchilaridan yetuk tarjimonlar, chet tili o‘qituvchilari, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar va turli qo‘shma korxonalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarning borligi universitet nufuzi naqadar yuqori ekanligini ifodalaydi.

2018-yilda AQSHning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishlari mumkin.

Mamlakatda yagona hisoblangan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi chet tillarni o‘qitish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Bugungi kundagi ta’lim jarayoni jahon hamjamiyati talablariga javob beradigan tilshunoslar va tarjimonlar tayyorlashga qaratilgan. Binobarin, til xalqlar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, ular o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantiradigan yagona vositadir.

Hozirgi kunda Universitet jahonning 190 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ular AQSH, Yevropa, G’arb, Arab, Afrika va MDH davlatlarining oliy ta’lim muasasalaridir. Ular orasida dunyoning TOP universitetlari, jumladan, Arizona Universiteti, Vebster Universiteti, Perdyu Universiteti (AQSH), Sank-Peterburg Davlat Universiteti, Moskva Davlat lingvistika Universiteti, Qozon Federal Universiteti (Rossiya), Sorbonna universiteti, Parij 2 universiteti (Fransiya), Gumboldt universiteti, Heidelberg universiteti, Bochum-Rur universiteti (Germaniya), Sevilya universiteti, Jaen universiteti, Kadis universiteti (Ispaniya), Reading universiteti, Portsmut universiteti (Buyuk Britaniya), Sulton Qabus universiteti (Oʻmon Sultonligi), Pekin xorijiy tillar universiteti, Shanxay xorijiy tillar universiteti, Tyanjin xorijiy tillar universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti (Xitoy), Toyo universiteti, Tsukuba universiteti, Wakayama universiteti, Yaponiya raqamli universiteti, Tokio onlayn universiteti (Yaponiya), Soongsil  universiteti, Pusan ​​xorijiy tillar universiteti (Koreya), Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Xalqlar do‘stligi universiteti (Qozog‘iston) va boshqalar.

Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari talabalar, ilmiy xodimlar, oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar almashinuvi, qoʻshma va xalqaro taʼlim va ilmiy loyihalar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar va ilmiy maqolalar chop ettirish, xalqaro konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlar, vebinarlar, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, qishki va yozgi maktablar tashkil qilish va boshqalar.

Joriy oʻquv yilida 200 ga yaqin professor-oʻqituvchi va 200 dan ortiq talaba (bakalavr, magistr, doktorant) hamkor universitetlarga oʻqish, malaka oshirish kurslarida qatnashish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, vebinarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar. Universitetning rasmiy delegatsiya a’zolari xorijiy mamlakatlar universitetlariga hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurdilar.

Hamkor universitetlar, elchixonalar, AQSH elchixonasi, KOICA, JICA, TIKA va shu kabi xalqaro tashkilotlar universitet talabalari va oʻqituvchilari uchun maʼruzalar oʻqish, amaliy mashgʻulotlar va mahorat darslarini oʻtkazish uchun koʻngilli oʻqituvchilarni universitetimizga yubormoqda.

Universitet har yili xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlar va universitetlar bilan hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etadi. Jumladan, AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi har yili mamlakatimizda ingliz tilini oʻqitishni rivojlantirish boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazishga moliyaviy koʻmak beradi. Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda PRESETT loyihasi boʻyicha xalqaro konferensiya tashkil qilinadi. Toshkentdagi arab davlatlarining elchixonalari har yili dekabr oyida BMT tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro arab tili kuni”ga bag‘ishlangan yillik xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Universitet talabalari, tadqiqotchilari va oʻqituvchilari hamkorlar tomonidan kelishilgan shartlar va qoidalar asosida malaka oshirish kurslari, ilmiy loyihalar, xalqaro konferentsiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun hamkor universitetlarga tashrif buyurishadi.  Oʻz navbatida hamkor universitetlar vakillari oʻzaro hamkorlik asosida universitetga tashrif buyuradi.

Hozirgi kunda universitet Yaponiya raqamli universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti va Rossiyaning Adigey davlat universiteti bilan qoshma ta’lim dasturini amalga oshirib kelmoqda.  Hozirgi kunda Xitoy, Rossiya va Turkiya universitetlari bilan qoʻsh diplom dasturlarini joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

Ta’lim xizmatini ko‘rsatish borasida O‘zDJTU oldida turgan bosh vazifalar quyidagilar:
• davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori saviyali o‘qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash;
• yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni bilish, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
• rivojlangan mamlakatlarning yutuqlaridan foydalanib, BMTning rasmiy tillari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• barcha ta’lim tizimlari uchun chet tili mutaxassislarini, o‘qituvchilarini, tarjimonlarni tayyorlash;
• turli tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qitishning kompyuter texnikasi va audiovizual vositalarini qo‘llagan holda chet tillarni jadal o‘rgatish usullarini joriy etish;
• yuqori malakali xalqaro jurnalistlarni tayyorlash;
• tegishli sohadagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida qisqa va uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
• o‘zining intellektual imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga valuta mablag‘lari jamg‘armasini tuzish;
• universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning mulkini ko‘paytirish;
• xorijiy davlatlarda tashkil etilgan malaka oshirish, tajriba almashish o‘quv kurslarida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
• xalqaro aloqalar asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
• xorijiy universitetlar bilan qo‘shma o‘quv dasturlar, qo‘shma diplom dasturlarini ishlab chiqish;
• xorijiy tajribadan foydalangan holda universitetda yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar yaratish nazarda tutilgan. 

Xorijiy talabalar uchun

O 'zDJTU har yili butun dunyo boʻylab eng iqtidorli talabalarni qabul qiladi. 

1.  O‘zbekiston vizasiga ega boʻlish
Agar Siz Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmasangiz, O 'zDJTUda toʻliq kunlik kursda qatnashish uchun Sizga talabalik vizasi kerak boʻladi. Oʻzbekistonga sayohat qilishdan oldin oʻz mamlakatingizda ushbu vizani olish uchun ariza topshirishingiz va vizaning koʻrib chiqilishi uchun yetarli vaqt ajratishingiz kerak. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun viza va immigratsiya boʻyicha markazlarga murojaat qiling.
2. Turar joy
Bakalavr bosqichi talabalariga yotoqxonadan joy kafolatlanadi. Yotoqxonada yashash uchun ariza topshirish haqida qoʻshimcha maʻlumot olish uchun O 'zDJ TU Xalqaro hamkorlik bo`limi bilan bog'laning.

3. Respublika Til o'qitish markazi: 

O‘zbek yoki rus tillarini bilmaydigan abituriyentlar uchun universitet huzurida Til o‘rganish markazi faoliyat yuritadi. Ushbu markazda abituriyentlar o‘zbek va rus tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega.
4. Universitet bilan tanishuv
Birinchi kurs xorijiy talabalar uchun moslashish tadbirlari mahalliy talabalar bilan bir vaqtda boʻlib oʻtadi. Bunda siz universitetning barcha xizmatlari maslahatchilari bilan suhbatlashishingiz mumkin. Shuningdek, siz universitetning akademik va ijtimoiy hayoti haqida ham maʼlumot olasiz.
5. Toshkent aeroportidan universitetga borish
Universitetga borish yoʻriqnomasi universitetga aeroport va temir yoʻl vokzalidan yetib borish haqida maʼlumot beradi. Universitet xodimlariga kelish vaqtingiz haqida xabar berishingiz kerak boʻladi.
6. O‘zbekiston turmush tarziga moslashish
Boshqa davlatga oʻqishga kelish hayotingizdagi katta oʻzgarishdir. Esda tutingki, bu oʻtish davri hisoblanadi. Sababi boshqa madaniyatdagi hayotga moslashish uchun vaqt kerak boʻlishi tabiiy. Bu yerdagi madaniyat bilan tanishish imkoniyatidan foydalaning. Xuddi shu madaniyatga ega boʻlgan odam bilan vaqt oʻtkazish ham jarayonga moslashishingizga yordam beradi.
7. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirishni istagan nomzodlar ta’lim tili sifatida o‘zbek yoki rus tilini bilishlari lozim. Hujjatlar qabul qilish muddati har yili 22-iyundan 20-avgustgacha hamda 25-dekabrdan 20-yanvargacha davom etadi. 

Quyidagi hujjatlar onlayn tarzda «Study in Uzbekistan» veb-portali yoki https://uzswlu.uz/en sayti orqali) yoki universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limiga shaxsan tashrif buyurib topshirilishi kerak:

  1. Pasport nusxasi;
  2. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat yoki kollej/universitet diplomi;
  3. Rezyume (CV);
  4. 3,5 × 4,5 o‘lchamdagi fotosurat.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro ta’lim makonida faol ishtirok etayotgan hamda xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirib kelayotgan yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitet xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, ta’lim agentliklari va diplomatik vakolatxonalar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Universitetning xalqaro faoliyati ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish hamda talabalarni global mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlashga qaratilgan.

Bugungi kunda universitet AQSH, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Indoneziya va boshqa ko‘plab davlatlarning nufuzli universitetlari hamda xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Ushbu hamkorliklar talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari

  • Talabalar almashinuvi va akademik mobillik dasturlari;
  • Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
  • Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari;
  • Xalqaro konferensiyalar, forumlar va seminarlar tashkil etish;
  • Qo‘shma va ikki diplomli ta’lim dasturlari;
  • Erasmus+ va boshqa xalqaro ta’lim loyihalarida ishtirok etish;
  • Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy maqolalarni birgalikda chop etish;
  • Xalqaro yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;
  • Malaka oshirish va professional rivojlanish dasturlari;
  • Ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish va sifatni ta’minlash loyihalari.

Qo‘shma va ikki diplomli dasturlar

Universitet bir qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan:

  • Japan Digital University (Yaponiya);
  • Moskva Davlat Lingvistika Universiteti (Rossiya);
  • Belarus Davlat Chet Tillar Universiteti;
  • Dalian Texnologiya Universiteti (Xitoy).

Mazkur dasturlar talabalarga xalqaro darajada tan olingan diplomlarga ega bo‘lish, xorijiy tajriba orttirish hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyatini yaratadi.

Xalqaro akademik muhit

Universitetda bugungi kunda 87 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 300 nafardan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

Universitet muntazam ravishda xalqaro yozgi va qishki maktablar, madaniy almashinuv dasturlari, qisqa muddatli til kurslari hamda akademik mobillik loyihalarini tashkil etib kelmoqda.

Strategik xalqaro hamkorlar

Universitet quyidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi:

  • British Council;
  • DAAD (German Academic Exchange Service);
  • Alliance Française;
  • KOICA (Korea International Cooperation Agency);
  • JICA (Japan International Cooperation Agency);
  • TIKA (Turkish Cooperation and Coordination Agency);
  • Erasmus+ dasturi;
  • Xorijiy davlatlarning elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari.

Mazkur hamkorliklar universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlash, ta’lim sifatini takomillashtirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Global rivojlanish sari

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali ta’lim va ilm-fan sifatini oshirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash hamda global miqyosda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga strategik maqsad qilib qo‘ygan.

🌍 Yetakchi universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik

👨‍🏫 87 nafar xorijiy professor va mutaxassis

🎓 300+ xorijiy talabalar

🤝 Akademik mobillik va global imkoniyatlar

🌐 Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar orqali xalqaro taraqqiyot sari

 
 
 
 
 
 
 

Til kurslari

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha mamlakatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir.

Universitetda quyidagi tillar o‘qitiladi:

  • Ingliz tili
  • Nemis tili
  • Fransuz tili
  • Ispan tili
  • Italyan tili
  • Xitoy tili
  • Yapon tili
  • Koreys tili
  • Arab tili
  • Rus tili
  • Turk tili va boshqa xorijiy tillar

Shuningdek, universitet huzuridagi Til markazida xorijiy fuqarolar uchun o‘zbek va rus tillari bo‘yicha tayyorlov hamda intensiv kurslar tashkil etiladi.

Kurslar turli darajalarda (boshlang‘ich, o‘rta va ilg‘or) olib boriladi hamda tinglovchilarga kundalik va akademik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

{}dfgd

Fakultetlar

Ingliz tili birinchi fakulteti

Fakultet tarixi:

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish 

chora tadbirlari to‘g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq Birinchi va Ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida Ingliz tili birinchi, Ingliz tili ikkinchi, Ingliz tili uchinchi fakultetlar tashkil topdi. Hozirda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari va 2 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 174 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar :

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi

Ingliz tilining integrallashgan kursi №1 kafedrasi

Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi

Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Fakultet yutuqlari :

  • Joriy yilning 14-martida Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi va Ingliz tili integrallashgan  kursi 1 kafedrasi bilan hamkorlikda “Til va til ta’limini tadqiqining metodologik asoslari” mavzusida  Respublika ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
  • Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram hisoblanadi. Shu munosabat bilan fakultetimizda ham bir qator tadbirlar tashkil etildi va universitet miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda qatnashildi. Navruz bayrami  18 – mart sanasida nishonlandi  va fakultetimiz o‘ziga biriktirilgan hududda sayl tashkil etdi. Saylda talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi, 1-bosqich tyuterlari bilan hamkorlikda ishlar bajarildi. 1 fakultetga chekiga tushgan Samarqand viloyatining milliy taom va urf odatlarini namoyishi yuqori darajada va ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.

 

Xalqaro hamkorliklar:

1.Ruminiya “Alba Iuliya” universiteti

2.Shvetsiyaning “Lund” universiteti

3. Turkiyaning “Burdur Mehmet Akif Ersoy” universiteti

INGLIZ TILI IKKINCHI FAKULTETI

Fakultet tarixi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23-maydagi PQ-1971 sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. 2019 yil 28 avgustdagi Universitet kengashi qarori bilan Ingliz tili ikkinchi fakultetiga o’zgartirildi.

Ingliz tili № 2 fakulteti tarkibida 6 ta kafedra ya’ni 4 ta mutaxassislik va 2 ta nomutaxassislik kafedralar (Ingliz tili amaliy fanlar №2, Ingliz tili integrallashgan kursi №2, Ingliz tili nazariy aspektlari №2, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №2, Oʻzbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat va sport) faoliyat olib bormoqda.

Ingliz tili ikkinchi fakultetda AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo, Osaka universitetlari, Pekin chet tillar universiteti, Turkiyaning Ankara, Istanbul, Gazi, Karabyuk universitetlari, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universiteti, Qozon federal universiteti, Qozog’iztonning Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetlari, Turkmanistonning Turkmaniston Milliy xorijiy tillar instituti bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq 2021 yil Universitet tasarrufida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. Hozirda Ingliz tili uchinchi fakultetida 4 ta mutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 8 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajalariga ega. Talabalarning mustaqil ta’lim ko’nikmalarini shaklantirishlari uchun fakultetda internet tarmog’iga ulangan 6 ta kompyuter xonalari hamda axborot resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan. Fakultet tasarrufidagi kafedralar: Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi Ingliz tilining integrallashgan kursi №3 kafedrasi Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi Ingliz tilini o’qitish metodikasi №3 kafedrasi

Ingliz filologiyasi fakulteti O'zbеkiston davlat jahon tillari Ingliz filologiyasi fakulteti 2019 yilda tashkil etilgan. Fakultetda ayni paytda 4 mingdan ziyod talaba , kunduzgi va kеchki shaklda tahsil olmoqda. Fakultetda ilmiy daraja va unvon hamda xorijiy til sеrtifikatiga ega bo'lgan 118 nafar profеssor-o'qituvchi saboq bеrib kelmoqda. Ulardan 4 nafari filologiya fanlari doktori, 14 nafari PhD ilmiy darajasiga ega. Ingliz filologiyasi fakulteti tarkibidagi kafedralar: 1.Ingliz tili funksional leksika kafedrasi; 2.Ingliz tili amaliy aspektalari kafedra; 3. Ingliz tilini o'qitish va ta'lim texnologiyalari; 4. Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi.

Sharq filologiyasi fakulteti Fakultet tarixi: Sharq filologiyasi fakulteti O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2021-yil 29-iyuldagi 318-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Hozirda kunda fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo’lib, ularda 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedralar soni: 4 ta 1.Xitoy filologiyasi kafedrasi; 2. Koreys filologiyasi kafedrasi; 3. Yapon filologiyasi kafedrasi; 4. Zamonaviy axborot tehnologiyalari kafedrasi; Bizning hamkorlarimiz: Yapon tili 1. O‘zbekiston-Yaponiya elchixonasi, 2. JICA halqaro hamkorlik agentligi, 3. Yaponiya raqamli universiteti, 4. Yaponiya Tachibana universiteti, 5. Yaponiyaning Tsukuba universiteti, 6. Yaponiyaning Soka universiteti, 7. Yaponiyaning Bunkyo Gakuin universiteti, 8. Yaponiyaning Vakayama universiteti, 9. Yaponiyaning Toyo universiteti, 10. Yaponiyaning Kobe shahar chet tillar universiteti, 11. Yaponiyaning Xokkaydo-Higasikava til maktabi, 12. Yaponiyaning Hokkaido HUMEN UP loyihasi Koreys tili Koreyaning Seul milliy universiteti, Yevxa, Sunchon, Pusan chet tillar, Chung Ang, Doksong, Tongmyong universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedraning xalqaro hamkorligi: 1. Seul milliy universiteti 2. Jungbu universitet 3. Chung-Ang universitet 4. Sun Kyung Kvan universitet 5. KOICA tashkiloti 6. KOREA Foundation 7. Soongsil universiteti 8. Sunchin universiteti 9. Semyung universiteti 10. Busan chet tillari universiteti Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasining Pekin chet tillari universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti, Tyanszin chet tillari universiteti, Shanxay chet tillari universiteti, Shenyan pedagogika universiteti, Sharqiy Liaodong universiteti, Dalian politexnika universiteti, Shanxay pedagogika universiteti, Sinjiang pedagogika universiteti, Nankin politexnika instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Roman-german filologiyasi fakulteti Fakultet tarixi: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-1875 sonli qarori hamda 2013 yil 23 maydagi “O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” gi PQ–1971 sonli qarori asosida nemis, fransuz, ispan filologiyasi fakultetlari negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2017 yil 2- sentabrdan filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi, 2023-yil 27-oktabr sanasidan boshlab esa ta’limning kechki shaklida tahsil oluvchi filologiya va tillarni o’qitish (nemis,fransuz va ispan tili) ta’lim yo’nalishi ham fakultet tarkibiga kiritildi. Hozirda fakultetda 6 ta kafedra faoliyat olib boradi: 1. Nemis tili nazariy fanlar 2. Nemis tili amaliy fanlar 3. Fransuz tili nazariy fanlar 4. Fransuz tili amaliy fanlar 5. Ispan tili nazariy fanlar 6. Ispan tili amaliy fanlar Fakulteting xalqaro hamkor universitetlari: Roman-german filologiyasi fakulteti quyidagi xalqaro e’tirof etilgan reytingi yuqori xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan:

1. Buenos Aires universiteti (Argentina),

2. Mar de Plata (Argentina),

3. UAEMex universiteti (Meksika),

4. Pontificia Bolivariana universiteti (Kolumbiya),

5. University of Sao Paulu USP (Braziliya),

6. University of Campinas UniCamp (Braziliya)

7. Universidad Federal de Paraná (Braziliya)

8. Castilla la Mancha universiteti (Ispaniya),

9. Complutense de Madrid universiteti (Ispaniya),

10. Malaga universiteti (Ispaniya),

11. Granada universiteti (Ispaniya),

12. Almeriya universiteti (Ispaniya),

13. Valladolid universiteti (Ispaniya)

14. Granada universiteti (Ispaniya)

15.Salamanka universiteti(Ispaniya)

16.Leon universiteti(Ispaniya)

17.Saragosa universiteti(Ispaniya)

18.Rioxa universiteti(Ispaniya)

19.Xaen universiteti(Ispaniya)

20.Sevilya universiteti(Ispaniya)

21.Uelva universiteti(Ispaniya)

22.Kordoba universiteti(Ispaniya)

23.Kadis universiteti(Ispaniya)

24. Alikante universiteti(Ispaniya)

25. Mursiya universiteti(Ispaniya)

26. Mayns universiteti(Germaniya)

27. Boxum Rur universiteti(Germaniya)

28. Frayburg universiteti(Germaniya)

29. Xaydelberg pedagogika universiteti(Germaniya)

30. Mannxaym Nemis tili instituti(Germaniya)

31. Gyote instituti(Germaniya)

32. Versal Akademiyasi Cyerji-Pontuaz universiteti(Fransiya)

33. Sent-Mart-Shavan ta’lim kompleksi(Fransiya)

34. Shimoliy Sorbonna universiteti (Fransiya)

35. Puatye universiteti (Fransiya)

36. STRALANG xususiy instituti (Fransiya)

Fakultet yutuqlari: Erasmus+ (Credit Mobility) - Kredit almashinuv dasturi boʻyicha xalqaro hamkor universitetlar bilan 9 ta loyiha mavjud: Kordoba universiteti, Rioxa universiteti, Xaen universiteti, Kadis universiteti, Alikante universiteti, Sevilya universiteti, Mursiya universiteti, Castilla la Mancha, Puatye universiteti. Ushbu loyihalar doirasida fakultetning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari nufuzli oliy talim muassasalarida malaka oshirib kelmoqda..       

Rus filologiyasi fakulteti Fakultet tarixi: 1992-yilda Toshkent chet tillar pedagogika instituti va Respublika rus tili va adabiyoti instituti birlashgandan so‘ng O‘zDJTU tashkil etildi, uning tarkibida rus filologiyasi fakulteti faoliyat ko‘rsata boshladi. Fakultet tashkil topgandan buyon oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim tizimi hamda jamiyatning boshqa sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘rin tutib kelmoqda. Fakultet rus filologiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash an’analarini davom ettirmoqda, ko‘p yillik tajribani zamonaviy o‘qitish usullari va ilmiy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirmoqda. Fakultetda “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)”, “Ozga tilli guruhlarda (rus tili)”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili)”, “Lingvistika”, “Adabiyotshunoslik”, “Ona tili va adabiyoti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. Rus filologiyasi fakulteti tarkibidagi kafedralar: Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi; 2. Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi; 3. Hozirgi zamon rus tili kafedrasi. Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida fakultetda 2023—2024-yillar davomida xalqaro oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu oliy oʻquv yurtlari orasida Oʻsh davlat universiteti (Qirgʻiz Respublikasi), Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozogʻiston Respublikasi), M.V. Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Belarus davlat universiteti (Belarus Respublikasi) hamda M.A. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti (Qozogʻiston Respublikasi) bor.

Xalqaro jurnalistika fakulteti Fakultet tarixi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevralda qabul qilingan “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi. Dastlabki yillarda professor G’.Salomov, dotsent S.Umirov, A.Nurmatov, H.Saidov, T.Qahhor, Y.Mamatova, I.Ismailova, Sh.Xolmatova, N.Nomozova, F.Mo‘minov, X.Do‘stmuhammad, H.Akbarov, S.Sodiq, M.Sa’diy, N.Toshpolatov, A.Karimov, X.Maxamadaliyev, N.Qosimova, T.Eshbek, I.Abduxoliqov kabi tajribali pedagoglar fanning turli sohalaridan saboq berishdi. Akademik B.Nazarov, xalq yozuvchisi O.Xoshimov, fan doktori F.Mominova, fan nomzodlari O.Toshboyev, O.Osarov, I.Rahmatullayeva, P.Allamberganova, sport sharhlovchisi A.Imomxojayev, Tajribali publitsist E.Shukur, Sh.Ubaydullayev va boshqalar garchi qisqa muddat-yarim, chorak hajmda, soatbay asosda ishlasalar ham mazmundor saboqlari, kitob maola, eshittirish, korstuvlari bilan o‘zlaridan yaxshi iz qoldirishdi. Dastlabki yillarda amerikalik olimlardan Nikolas Daniloff, Richard Sheyfer, Erik Fridman, Alfred Kupers va boshqalar jurnalistikaning turli sohalaridan ma’ruzalar o‘qishdi. AQSHning Boston shahridagi Nordistern universiteti fakultet kutubxonasiga 100ga yaqin kitob sovg‘a qildi. Bir guruh olimlarimiz Boston shahriga borib malaka oshirib qaytishgan. Xalqaro jurnalistika fakulteti tarkibidagi kafedralar: 1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar; 2. Medialingvistika va kommunikatsiya; 3. Ijtimoiy fanlar; 4. Siyosiy fanlar; 5. Lingvistika va ingliz adabiyoti. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriat yо‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Jurnalistika tarixi, Jamoatchilik bilan aloqalar asoslari, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari, Jurnalistikada mediasavodxonlik va fakt cheking, Kreativ va tanqidiy fikrlash, Jurnalistika etikasi va huquqi, Kopirayting va zamonaviy matnlar, Media bilan ishlash, Audiovizual jurnalistika: radiojurnalistika, Tahliliy jurnalistika , Ixtisoslashgan jurnalistika, Axborot xizmati va internet, Inqirozli vaziyatlarda PR, PR matnlar yaratish mahorati, Raqamli mediatexnalogiya, Reklama nazariyasi va amaliyoti, Tarmoqli PR, Diplomatiya asoslari va xalqaro munosabatlar, OAV sotsiologiyasi va psixologiyasi, Axborot xizmatida interteyment, Siyosiy PR, Media bilan ishlash, Xalqaro jurnalistika tizimi, Jurnalistikada media savodxonlik va fakt checking, Davlat boshqaruv organlar bilan aloqalar, Marketing kommunikatsiyalarida PR, Internet PR, Kreativ va tanqidiy fikrlash, Rekreativ jurnalistika, Mediadizayn asoslari, Ijtimoiy loyihalar yaratish texnologiyalari, Diplomatiya asoslari va xalqaro munosabatlar, Parlament jurnalistikasi, Media huquqi va etikasi Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar va Sotsiologiya bakalavriat yо‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi: “Siyosatshunoslikka kirish”, “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya”, “Qiyosiy konstitutsiya”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat xizmati va personal boshqaruv”, “Amaliy siyosatshunoslik”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Kratologiya”, “Partologiya”, “Geosiyosat”, “Fuqarolik jamiyati asoslari’, “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati”, “Jahon siyosati”, “Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi”, “Sotsiologiya tarixi”, “Umumiy sotsiologiya”, “Oila va gender sotsiologiyasi”, “Davlat xizmatchisi etikasi va imidji”, “Ijtimoiy siyosat”, “Ijtimoiy statistika”, “Mehnat va bamdlik sotsiologiyasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi”, “Ta’lim sotsiologiyasi”, “Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor’, “Diplomatiya asoslari”, “Xalqaro munosabatlar tarixi”, “O‘zbekiston tashqi munosabatining huquqiy asoslari’, “Xalqaro mintaqashunoslik”, “Diplomatik xizmat, protokol va etiket”.

Fakultet tarixi: Tarjimonlik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 12 maydagi 401-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil qilinganligi hamda xalq xo‘jaligining turli sohalarida xalqaro aloqalarning kengayib borayotganligi va bunda malakali tarjimonlarga talab ortganligini inobadga olib O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1994 yil 24 oktyabrdagi 93-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan va unga universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli talabalar suhbat asosida tarjimonlik yo‘nalishiga o‘qishga tanlab olingan. Fakultetda 5 ta mutaxassislik va 2 ta fakultetlararo kafedralar mavjud: Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi Fakultetdagi mavjud yo’nalish va mutaxassisliklar Fakultetda bakalavr bosqichida tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, fransuz, nemis, arab, italyan, turk tillari) hamda gid hamroxligi va tarjomonlik faoliyati (ingliz tili) yo’nalishlari hamda magistratura bosqichida sinxron tarjima (ingliz tili) va qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz, italyan tillari) mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Bakalavr ta’lim yo’nalishlari: Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili) Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) Magistratura mutaxassisliklari: Sinxron tarjima (ingliz tili) Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (italyan tili) Fakultetning xalqaro xamkor oliy ta’lim muassasalari Germaniya oliy ta’lim muassasalari: Bohum Ruhr universiteti, Myunhen til va tarjima instituti, Haydelberg univsersiteti, Mayns yoxanes Gutenberg universiteti, Magdeburg universiteti Italya oliy ta’lim muassasalari: Milan IULM universiteti Venetsiya universiteti Urbino universiteti Perudja xorijliklar universiteti Siena xorijliklar universiteti Jazior Xalq Demakratik Respublikasi oliy ta’lim muassasalari: Al-Wadiy universiteti Jazior – 2 universitet Varaqla universiteti Biskra universiteti Pedagogika oliy maktabi Bundan tashqari, Tarjimonlik fakuleteti Turkiyaning Anqara universiteti, Omon sultonligining Nizva universiteti, Xindistonning Banastali Vidyapitx universitetilari bilan xalqaro aloqalar o’rnatgan bo’lib, barcha universitetlar bilan akademik almashinuv, professor-o’qituvchilarni malaka oshirishi, hammualliflikda darslik va o’quv qo’llanmalar tayyorlash, hamkorlida o’quv dasturlarini tuzish kabi yo’nalishlarda ishlab kelmoqda.

Kechki ta'lim fakulteti 2024-yildan buyon faoliyat olib boradi. Talabalar soni 1607 tani tashkil etadi. Fakultetda malakali professor-o'qituvchilar faolioyat olib boradi. Bitiruvchilar umumta'lim maktablari, oliy ta'lim muassasalari davlat organlari hamda turli  xalqaro diplomatik vakolatxonalar va tashkilotlarda faoliyat olib boradi.    

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 Magistr
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 60320200 Bakalavr
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Turk tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 60230100 Bakalavr
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati:Ingliz tili 71010501 Bakalavr
Ingliz filologiyasi 60230101 Bakalavr
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 Bakalavr
Jurnalistika 60320100 Bakalavr
Jurnalistika 70320101 Magistr
Jurnalistika (xalqaro jurnalistika) 60320100 Bakalavr
Kompyuter lingvistikasi 60230400 Bakalavr
Lingvistika (Xitoy tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (arab tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (fransuz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (ispan tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (koreys tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (nemis tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Lingvistika: koreys tili 70230101 Magistr
Lingvistika: xitoy tili 70230101 Magistr
Lingvistika: yapon tili 70230101 Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 Magistr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201 Magistr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201 Magistr
Sinxron tarjima (ingliz tili) 70230202 Magistr
Siyosatshunoslik 60310100 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili) 60230100 Bakalavr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr
Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha) 60111800 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 70110901 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Bekmurodov Bobur Mansurovich

Bobur Mansurovich Bekmurodov 2008-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tarjimon-filolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2010-yilda Toshkent moliya institutida iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha ikkinchi oliy maʼlumot oldi. 2005-2006-yillarda AQShning „Akademik rivojlanish uchun hamkorlik“ dasturining Oʻzbekistondagi talabasi boʻlgan. 2018-yilda Jon Smit stipendiyasini (Birlashgan Qirollik) tugatdi. U oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi. 2006-2007-yillarda investitsiya loyihalari boʻlimi mutaxassisi, UAC Bank Ipak yoʻli marketing va mijozlar siyosati boʻlimining 2-toifali mutaxassisi; 2007—2011-yillarda tanlov koordinatori, „Kelajak ovozi“ yoshlar tashabbuslari markazining hududiy boʻlimlari koordinatori; 2011—2013-yillarda Yoshlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish Respublika markazi direktori; 2013—2015-yillarda Korporativ rivojlanish, moliyaviy moliyaviy yechimlar boʻyicha direktor; 2015—2017-yillarda „Mega Venture“ MChJ qoʻshma korxonasi asoschisi; 2017—2019-yillarda Taraqqiyot strategiyasi markazi bosh koordinatori, ijrochi direktor oʻrinbosari; 2018—2020-yillarda xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tumani Kengashining deputati; 2019—2020-yillarda ijro etuvchi direktor, „Yuksalish“ harakati raisi oʻrinbosari; 2020-yil 27-iyuldan „Yuksalish“ harakati raisi. 2019-yil dekabr oyida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida 126-sonli Beshkent saylov okrugidan (Qashqadaryo viloyati) Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi. Deputat (Wayback Machine saytida 2021-06-15 sanasida arxivlangan) sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi va „Yuksalish“ Umummilliy Harakati raisi Oʻzbekistonning rivojlanishi. Yaxshi boshqaruvni targʻib qilish, notijorat sektorning salohiyatini oshirish va mahalliy jamoalarning boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirishga hissa qoʻshadi. 2020-yil yanvaridan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi. (Wayback Machine saytida 2021-04-23 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi. 2020-yildan — Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiya aʼzosi. 2024-yil oktabr oyida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi 63-Qashqadaryo viloyat saylov okrugidan (Qashqadaryo viloyati) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.

Toʻxtasinov Ilxomjon Madaminovich

Ilxomjon Toʻxtasinov 2001–2005-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavriat, 2005–2007-yillarda magistratura, 2007–2010-yillarda esa aspirantura bosqichida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2010-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida katta oʻqituvchi sifatida boshlagan. 2012–2013-yillarda universitetning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani, 2013–2015-yillarda Ingliz tili fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2015–2016-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajargan. 2016–2023-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida ishlagan. Shu bilan birga, 2021–2022-yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili sifatida ham faoliyat olib borgan. 2023-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Kholikov Bakhodir Alikulovich

Kholikov Bakhodir Alikulovich 2011-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan, mutaxassisligi lingvistika (ingliz tili). Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta ilmiy xodimi, O‘zbekiston milliy universiteti o‘qituvchisi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, universitet Kengashi kotibi, dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri, prorektor lavozimlarida ishlagan. Vazirlar Mahkamasi Bosh vaziri kotibiyatining Davlat tilini rivojlantirish departamentida ishlagan. 2024-yildan boshlab Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ulugʻbek Azizov

Ulugʻbek Azizov 2000-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2009-yilda Yaponiyaning Tsukuba universitetida magistrlik darajasini, 2015-yilda esa Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻqituvchi va dekan oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining AQSh va Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik masalalari boʻlimida uchinchi kotib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida katta oʻqituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016–2020-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori — prorektori lavozimida ishlagan. 2020–2022-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Xalqaro Ijtimoiy Innovatsiyalar universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Ashurov Alisher Abdimavlonovich

Ashurov Alisher Abdimavlonovich 1995 - 1999 yilarda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Pedagogika InstitutidA (bakalavr), 2001 - 2003-yillarda O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti magistratura bosqichida o'qigan. Mehnat foliyati davomida u 1999-2016-yillar oralig'ida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Pedagogika Instituti o’qituvchisi, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti “Fonetika va fonologiya” kafedrasi o’qituvchisi ,O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Magistratura fakulteti dekan muovini, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 1 – Ingliz filologiyasi fakulteti dekan muovini, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti “Nazariy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Gumanitar va Iqtisodiy Fanlar” kafedra mudiri, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshidagi akademik litsey direktori bir vaqtning o’zida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 2016-yildan hozirgi kungacha Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.

Normurodova Nozliya Zarilovna

Normurodova Nozliya Zarilovna 2009-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U 2016-yilda Ispaniyaning Barselona universiteti sayyor lektori, 2017- yilda Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan tanlov g‘olibasi, Rahbar ayollar yozgi maktabi ishtirokchisi, Xalqaro Erasmus+ ofisi yoshlar siyosati yo‘nalishidagi xalqaro loyiha (Italiya) g‘olibasi, Gozo vazirligi tomonidan tashkil etilgan Gender tengligi bo‘yicha xalqaro Erasmus+ loyihasi g‘olibasi, Anqara Xoja Bayram Vale universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan magistratura qo‘shma dasturi koordinatori bo'lgan. N.Normurodova 2016-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgan ilk kunlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tavsiyasi bilan avval “Ingliz filologiyasi”, so‘ng “Madaniyatlararo muloqot va turizm” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2025-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimidai ishlab kelmoqda.

Nurmukhamedov Ulugbek

Nurmukhamedov Ulugbek 2006-yilda Tarjima nazariytasi va amaliyoti mutaxassisligi bo'yicha magistratura bosqichida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan va Illinois Urbana-Champaign universiteti (TESOL yoʻnalishi) magistratura bosqichi bitiruvchisi. Shimoliy Arizona universiteti Northern Arizona Universityda Amaliy tilshunoslik yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ikkinchi tilda soʻz boyligini oʻrganish, tilni baholash (Language Assessment), korpus lingvistikasi hamda akademik oʻqish va yozishkabi yo'nalishlarda ilmoy faoliyat olib boradi. U Shimoliy-Sharqiy Illinois universitetida TESOL dasturi talabalariga dars beradi va tilshunoslik fanidan onlayn kurslar tashkil etadi.AQShdagi oʻzbek diasporasi faollaridan biri boʻlib, Chikagodagi oʻzbek maktabi tadbirlarida jamoat ishlari va tanlovlarni olib boradi.

Rahmatulla Nazarov

Rahmatulla Nazarov 2024-yil fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U 2021-yildan boshlab O‘zbekistonning Minsk shahridagi Elchixonasida maslahatchi va Muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlagan, keyinchalik esa elchi etib tayinlangan. Ta’lim: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi. Mehnat faoliyati: 1995-yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga attashe lavozimiga ishga qabul qilingan. Vazirlikning turli boshqarma va departamentlarida, jumladan departament boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. O‘zbekistonning Belgiya va Qirg‘izistondagi diplomatik vakolatxonalarida diplomatik faoliyat olib borgan. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) masalalari bo‘yicha milliy koordinator vazifasini bajargan. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimida ishlagan. Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi sifatida ham faoliyat yuritgan. Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi lavozimida ishlagan. Rahmatulla Nazarov rus, ingliz va fransuz tillarini erkin biladi.

Mirzahakim Tuxtamirzayev

Mirzahakim Tuxtamirzayev sobiq Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini hozirgi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati: Mirzahakim Tuxtamirzayev O‘zbekiston televideniyesining taniqli sport sharhlovchilaridan biri sifatida keng jamoatchilikka ma’lum. U «O‘zbekiston futboli», «Sport» va «Sport plyus» nashrlarida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, «Bunyodkor» futbol klubida matbuot kotibi lavozimida ishlagan. UzReport TV, Futbol TV, Sport TV va boshqa sport telekanallari bilan hamkorlik qilgan. 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati hamda 2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati uchrashuvlariga sport sharhlovchisi sifatida izoh bergan.

Imomkhujayev Diyor

Imomkhujayev Diyor 2007—2011-yillar davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavr yoʻnalishida tahsil oldi. 2018-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasida bosh direktor maslahatchisi sifatida ish boshladi va shu yil ikkinchi mutaxassislik uchun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol fakultetiga oʻqishga kirdi. 2021-yil futbol mutaxassisi sifatida mazkur oliygohni tamomladi. 2005-yil „Navroʻz“ radiosiga ovoz rejissori boʻlib ishga kirgan Diyor, 2008-yildan boshlab efirga ham chiqa boshladi. Axbor Imomxoʻjayev oʻzi mualliflik qilgan „Futbol chorrahalari“ mualliflik eshittirishini jonli efirda nabirasiga topshirdi. Haftaning har yakshanba kunlari futbolga bagʻishlangan 1 soatlik eshittirishdan tashqari, keyinchalik kuniga ikki mahal sport yangiliklarini ham efirga olib chiqdi. Parallel ravishda Xalqaro jurnalistika fakultetida tahsilini davom ettirdi. 2011-yilda mashhur nashr kun.uz saytiga asos solinishida Diyor Imomxoʻjayev bevosita ishtirok etdi. Jahon tillari universitetining 5 nafar talabasi Muhrim Aʼzamxoʻjayev („Daryo“ nashri bosh muharriri) boshchiligida „Kun“ nashriga asos solishdi. Aynan shu yili Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot kotibi, Osiyo futbol konfederatsiyasi mutaxassisi Sanjar Rizayev Muhrim Aʼzamxoʻjayev va Diyor Imomxoʻjayevni Oʻzbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmatiga taklif qildi. Ammo yarim yildan keyin, 2011-yilning sentyabr oyida Diyor Jakarta milliy universitetiga 1 yillik grantga ega boʻldi va Indoneziyaga yoʻl oldi. 2013-yilda „Sport“ teleradiokanalida ish boshladi. Zafar Imomxoʻjayevning „Futbol sharhi“ mualliflik koʻrsatuvida faoliyat olib bordi. 2015-yilda oʻzining „Sokker-klub“ mualliflik dasturini efirga olib chiqdi va shu loyiha sabab, Milliy teleradiokompaniya bilan xayrlashishiga toʻgʻri keldi. 2015-yilda „Lokomotiv“ futbol klubi matbuot xizmatidan ish taklif etildi. 2 oylik faoliyatdan keyin, Muhrim Aʼzamxoʻjayev taklifi bilan „Daryo“ internet nashriga oʻtdi. 2016-yildan boshlab parallel ravishda Championat.asia nashri bilan ham hamkorlik qildi. Shuningdek, 2016-2020-yillar oraligʻida „UzReport“ va „Futbol-TV“ telekanalida Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasi kabi musobaqalarni sharhlab bordi. 2018-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori maslahatchisi sifatida Diyor Imomxoʻjayevni ishga taklif qildi. 2019-yildan boshlab u bosh direktor oʻrinbosari sifatida ishlay boshladi. 2020-yilning 1-iyun sanasidan eʼtiboran OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktoriga aylandi. 2026-yildan hozirgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasining aʼzosi. Diyor Imomxoʻjayev Telegram tarmogʻida oʻz kanaliga ega boʻlib, futbol va kasbiy faoliyati doirasidagi chiqishlarini shu kontent orqali amalga oshiradi. Hozirgacha mazkur kanal OAV uchun tashkilot rahbari pozitsiyasining birinchi manbasi boʻlib xizmat qiladi.

Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna

Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna 2006-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan va ta’lim tizimida o‘z faoliyatini boshlagan. Dastlab A.Navoiy nomidagi Respublika Nafis san’at litseyida tarbiyachi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik Respublika o‘quvchilar saroyida faoliyat yuritgan. 2010-2012-yillarda Toshkent shahridagi 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 2012-2013-yillarda 268-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2013-2015-yillarda Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limida kichik guruh rahbari, 2015-2016-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi va “Qalqon” jurnali tahririyatida faoliyat yuritgan. 2016-yildan boshlab u yana ta’lim tizimida o‘z faoliyatini davom ettirib, Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limida xorijiy tillar metodisti, bosh inspektor-metodist lavozimlarida ishlagan. 2017-2019-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida ta’lim sifati monitoringi bo‘limida bosh inspektor-metodist bo‘lgan. 2019-2020-yillarda Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida direktor o‘rinbosari sifatida ilg‘or xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo‘yicha ishlagan. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ta’lim sifati monitoringi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2021-2022-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligida O‘quv jarayonini metodik ta’minlashni takomillashtirish bo‘limida bosh mutaxassis, keyinchalik ushbu bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan. 2023-2025-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2025-yildan boshlab Respublika ta’lim markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Aloyev Bahromjon Jo‘raboyevich

1963-yil 20-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Namangan viloyatida tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Ta'lim 1980–1985 – Toshkent davlat chet tillar instituti 1985–1989 – Moskva davlat chet tillar instituti 1990–1993 – Moskva davlat lingvistika universiteti (aspirantura) 1994–1995 – Fransiyaning Eks-an-Provans shahridagi Korxonalarni boshqarish instituti hamda Ruan Oliy savdo maktabida Yevropa Ittifoqi dasturi doirasidagi malaka oshirish kurslari 1997–1998 – Parij xalqaro diplomatiya akademiyasi ("Xalqaro munosabatlar" mutaxassisligi) Mehnat faoliyati 1989–1990 – Toshkent davlat chet tillar institutida fransuz tili o‘qituvchisi 1993–1995 – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida katta o‘qituvchi 1995–1996 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi 1996–1999 – O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Elchixonasi uchinchi kotibi 1999–2001 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi 2001–2006 – O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi birinchi kotibi, maslahatchisi 2006–2008 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i 2008–2012 – O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 2009–2012 – O‘zbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 2012–2014 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i 2014–2016 – O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Muvaqqat ishlar vakili (Maslahatchi) 2016–2022 – O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 2018–2022 – O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 2019–2022 – O‘zbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 2022–2023 – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari 2023-yil 29-dekabrdan – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Diplomatik darajasi — Favqulodda va Muxtor Elchi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan. Fransuz va ingliz tillarini mukammal biladi.

Muhrim A'zamxo'jayev

Muhrim A'zamxo'jayev 2012-yilda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Jurnalistika yo'nalishi bo'yicha bakalavr bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Shu yili O'zbekistonning mashhur internet nashrlaridan biri — Kun.uz saytining asoschilaridan biri sifatida faoliyat yuritib, 2015-yilgacha ushbu nashr rivojiga hissa qo'shgan. 2015–2021-yillarda O'zbekiston Milliy axborot agentligida media menejer, shuningdek, mamlakatning yetakchi internet nashrlaridan biri bo'lgan Daryo.uzda muharrir lavozimida ishlagan. 2022–2025-yillarda Gazeta.uz internet nashrida muharrir sifatida faoliyat olib borgan. 2026-yildan buyon Daryo.uz internet nashrining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.

Aziza Qurbonova

Aziza Qurbonova taniqli o‘zbek jurnalisti va blogeridir. U ijtimoiy tarmoqlarda "Mikrofon ko‘targan ayol" loyihasi muallifi va blogeri sifatida keng tanilgan. Maktabni tamomlagach, 2009-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat bosqichini, 2011-yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlagan. 2013–2014-yillarda Bolajon telekanalida, 2013-yilda hamda 2014–2017-yillarda Yoshlar telekanalida, 2017–2018-yillarda esa O‘zbekiston 24 telekanalida faoliyat yuritgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Media markazida faoliyat olib bormoqda. 2021-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Talabalar fikri

Yuldashev Xusanboy Ibragimovich

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1992-yilda ikki ta’lim muassasasi – Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti (1949-yilda tashkil etilgan) va Respublika rus tili va adabiyoti instituti (1963-yilda tashkil etilgan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. U 75 yillik tarixga ega. Universitetda 23 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi. Ularga 1000 dan ortiq professor-o'qituvchilar dars o’tib kelmoqda. Universitetning turli fakultetlarida 84 nafar chet ellik talabalar tahsil olmoqda. Ma’ruzalar o‘qish, til o‘rgatish, seminar va treninglar tashkil etish maqsadida xorijiy universitetlardan malakali professor-o‘qituvchilar taklif etilgan. Universitet tarkibida 9 ta fakultet, 47 ta kafedra, bitta litsey, uchta kasb-hunar kolleji mavjud. Respublikamizdagi 100 ta umumta’lim maktablariga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatamiz. Quyidagi fakultetlar mavjud: 1) Ingliz tili fakulteti №1 2) Ingliz tili fakulteti №2 3) Ingliz tili fakulteti №3 4) Ingliz filologiyasi fakulteti 5) Roman-German filologiyasi fakulteti 6) Sharq tillari fakulteti 7) Rus filologiyasi fakulteti 8) Tarjimonlik fakulteti 9) Xalqaro jurnalistika fakulteti Universitet mamlakat yoshlari, shuningdek, chet el fuqarolari uchun bakalavr, magistratura, PhD va DS (Fan doktori) dasturlarini taklif etadi. Universitet dunyoning 130 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan va talabalar, oʻqituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, turli xalqaro loyihalar, jumladan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi boʻyicha hamkorlik qilmoqda. 2020-yilda yapon hamkorlari bilan hamkorlikda ikki diplomli dasturlarni taqdim etadigan Yaponiya raqamli universitetini ochdik. Xuddi shu dasturni biz 2019-yildan buyon Moskva davlat lingvistik universiteti va Rossiyaning Adige davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirmoqdamiz. Batafsil maʼlumot uchun www.uzswlu.uz saytimizga tashrif buyuring.