WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Xorazm viloyati Filial Veb-sayt

172

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

15

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

1

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi «Lazgi»ni asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashkil etilgan bo‘lib, filialning asosiy vazifalari:

kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;

talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;

soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;

b) «Lazgi» bo‘limining asosiy vazifalari:

«Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

fan-ta’lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta’minlash;

«Lazgi» ijro yo‘li namunalari «Oltin fondi»ni yaratish;

an’anaviy «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;

«Lazgi» ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

«Lazgi» ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Filial huzurida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi:

«Lazgi»ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;

«Lazgi» ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;

«Lazgi»ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;

«Lazgi» bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish qarorda ko‘zda tutilgan.

Ushbu filial o‘z ish faoliyatini 2021-2022 yilida boshlagan bo‘lib, ayni damda filialga Botirov Shonazar Xusainovich direktor qilib tayinlangan. Filial veb sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi manzillari 

Murojaat uchun telefon raqami 

+99893 411 94 12

+99897 790 60 70

Murojaat va takliflar uchun

@direktorUzdxaufshbotirov

Instagram sahifa

www.instagram.com/uzdxauf.uz/

Facebook sahifa

https://www.facebook.com/uzdxauf.uz 

Telegram sahifa

https://t.me/urganchxoreografiyaakademiya 

Xorijiy talabalar uchun

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali da talabalar uchun hamma sharoitlar mavjud .Xususan xorijlik talabalar uchun hamma sharoitlar mavjud ,masalalan talabalar uchun yotoqxona tashkil qilingan , talabalrni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun kutubxona tashkil qilingan .

Ayniqsa talabalar yotoqxonasi hozirgi zamon talablariga mos ravishda jihozlangan.

Filialga qarashli 1 ta 150 oʼrinli talabalar turar joyi mavjud .

Filialning Talabalar turar joyi binosi eshik deraza romlari zamonaviy plastik romlardan boʼlib soz xolatda, yoritgichlar energiya tejovchi lampalar oʼrnatilgan. Talabalar turar joyida lift mavjud emas.

TalabaTJ binolari xonalari 2 yarusli krovatlar stol stul va yumshok mebellar bilan toʼliq jixozlangan.

Talabalar turar joyibinosida WiFi kurilmasi oʼrnatilan va ishlab turibdi. Talabalar turar joyi oʼquv binoning 4 qavatida joylashgan. Shu sababli talabalar oʼquv binosining mavjud kutubxona va kompьyuter xonalaridan foydalanadilar. Kutubxona va kompyuter xonalarida zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlangan va internet tarmogʼiga ulangan va limit chegaralanmagan.

Talabalar turar joyi binosida xozirda 19 nafar talaba istiqomat qiladi. Talablar oshxonasi mavjud. Oshxonada 3 ta muzlatkich va 2 ta elektroplitalar, ovqatlanish uchun stol va stullar mavjud. Issiq va sovuq suv kanalizatsiya bilan taʼminlangan.

Talabalar turar joyi binosida 2 ta yuvinish, 1 ta kir yuvish va quritish va 2 ta xojatxona xamda dush xonalari mavjud boʼlib, soz xolatda ishlab turibdi.

Talabalar turar joyi da 1 tadan aloxida dazmollash va kir yuvish xonalari mavjud. Kir yuvish xonasida 3 ta kir yuvish mashinalari mavjud.

Viza olish tartibi:

1. Ta’lim muassasasiga qabul qilinish

Talaba vizasini olish uchun birinchi navbatda chet ellik fuqaro:

  • O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyalangan oliy ta’lim muassasasiga (OTM) rasman qabul qilingan bo‘lishi kerak.

  • OTM tomonidan ruxsat xati yoki taklifnoma tayyorlanadi va Tashqi ishlar vazirligi (TIV)ga yuboriladi.

🔹 2. TIV tomonidan tasdiqlash

  • O‘zbekiston OTM tomonidan yuborilgan taklifnoma asosida Tashqi ishlar vazirligi chet eldagi elchixona yoki konsullikka vizani rasmiylashtirish uchun ruxsat xatini yuboradi (telex orqali).

  • Bu jarayon odatda 7–14 ish kuni davom etadi.

🔹 3. Elchixona yoki konsullikda viza olish

Talaba:

  • O‘z mamlakatidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qiladi.

  • Kerakli hujjatlar:

    • Amaldagi pasport (kamida 6 oy amal qilishi kerak)

    • 2 dona biometrik rasm (3,5x4,5 sm)

    • OTMdan ruxsat xati / taklifnoma

    • Viza anketa (elchixona saytida yoki bevosita olinadi)

    • Tibbiy sug‘urta (ba’zi hollarda)

    • Konsullik yig‘imi (o‘rtacha 40–60 USD)

🔹 4. O‘zbekiston hududiga kirish

Viza bilan O‘zbekistonga kelgan talaba:

  • Ta’lim muassasasiga borib, ro‘yxatdan o‘tish (registratsiya) qiladi.

  • 10 kun ichida yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar bo‘limida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishi shart (yashash joyi yotoqxona, kvartira yoki boshqa bo‘lishi mumkin).

🔹 5. Vizani uzaytirish

  • Talaba vizasi odatda 3 oydan 1 yilgacha muddatga beriladi.

  • O‘qish davomiyligiga qarab, viza O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan uzaytiriladi.

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filialining Xalqaro aloqalar bo‘limi filial  faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy bo‘limlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali nomidan uning ravnaqi, missiyasi va asosiy maqsadlari, xorijiy mamlakatlardagi joylashgan xareografiya akademiyalari va oliy raqs maktablari  bilan hamkorlikda sohaga doir barcha yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan faoliyatlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi.

Xalqaro hamkorlik faoliyati keng qamrovli bo‘lib, o‘z ichiga strategik va joriy tezkor tadbir (ta’lim dasturlari va  ilmiy tadqiqot dasturlari hamda ilmiy muassasalar, xalqaro jamg‘armalar va donorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorliklar) lar majmuasini qamrab olgan holda filialni yetakchi xorij universitet va institut hamda tashkilotlari bilan bog‘lab beruvchi rasmiy bo‘g‘in hisoblanadi. Shu o‘rinda xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, turli biznes sohalari tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash, ta’lim va ilmiy dasturlarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar jamoasini internatsionallashtirish, talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlar va loyihalarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, ilg‘or xorijiy muassalarning yetuk mutaxassislarini oliy ta’limning o‘quv va ilmiy jarayoniga jalb etish, filialning moddiy texnika bazasini modernizatsiya qilishni tashkil etish, filialdagi mavjud o‘quv va ilmiy-texnik salohiyatni yanada rivojlantirishga sharoitlar yaratish  kabi yo‘nalishlar xalqaro bo‘limining asosiy vazifalari doirasiga kiradi

2022-yilning oktabr oyida Qozog‘iston Respublikasi Qozoq milliy  xoreografiya  akademiyasi bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.Bu hamkorlikdan maqsad ikkala oliy ta’lim muasasalari o‘rtasida talabalar va professor o‘qituvchilari alamshinuvni tashkil qilish va ikki tomonlama qo’shma o’quv dasturini tashkil qilish.

Xitoy  Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan 2022-yil 25-oktyabrdan 13-noyabrgacha  kunlari “Семинар для ректоров из развивающихся стран” mavzusi bo‘yicha (rus tilida) online seminarda  filialning  direktori Shanazar  Xusainovich  Botirov ,O‘quv  ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari Odilbek Raximovich Allaberganov, direktorning birinchi o’rinbosari Atabek  Sharipboyevich  Saparbayev, Xalqaro  bo’lim boshlig’i  Nodirbek  Dilmurotovich  Ummataliyevlar  qatnashdilar va sertifikat bilan taqdirlandilar.Shu seminar mobaynida  Xitoy   Xalq Respublikasining    Shenyan pedogogika  universiteti bilan xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.   

Hozirda  bizning  filialimizda   Qozoqistonning Qozoq milliy xoreografiya akadimayasiga akademik mobillik bo‘yicha talabalar va professor o‘qituvchilar almashinuvini tashkil qilishni reja qilganmiz ya’ni shu yilning fevral oyida bitta talabamiz Qozoqiston milliy xoreografiya akademiyasida akademik mobillik dasturi bo’yicha bir semestr  o’qish uchun jo’nab ketyabdi .Shu yilning aprel oyida Qozoq milliy xoreografiya akademiyasida bo’lib o’tadigan  xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda  filialning professor-o’qituvchilarini qatnashishi reja qilingan .

2023-il 4-mayda Xorazm Ma’mun akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Beruniy va Ibn Sino-ikkinchi ming yillikning taqdirini o‘zgartirgan daholar: Ma’mun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada filialning Lazgi bo‘limi rahbari B.Shaxanov o‘z maqolasi bilan ishtirok etdi. Qozog’iston Millliy xoreografiya akademiyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bitta talabamiz akademik mobillik dasturi bo’yicha 2024- yilning 26-fevralidan 22-iyunigacha oquv mashg’ulotlarida qatnashish uchun Astana shahriga  jo’nab ketdi.

Shu yilning 26- fevral sanasidan to 22-iyun sanasigacha Akademiyamizning 3-bosqich talabasi Shamurotov Rasul akademik mobillik dasturi boyicha Qozog’istonning Astana shaxridagi Qozog’iston milliy xoreografiya akademiyasida taxsil olish uchun jo’nab ketdi.

Filialning 5 nafar xodimi  Xalqaro Belgiya Akademiyasining onlayn seminarida ishtirok etib sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

 

2025-yilning mart oyida 2-kurs talabasi Djumabayeva Maqpal “European Stars” xalqaro onlayn tanlovining xoreografiya yo‘nalishida ishtirok etib, birinchi darajali diplomga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u 2025-yil 25–30-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l shahrida o‘tkazilgan  Xalqaro Do‘stlik festivalida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Talabamiz 2025-yil 25–30-avgust kunlari Turkiya Respublikasi Afyonkarahisar shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro xalq raqslari festivali”da ham munosib natija ko‘rsatib, faxrli o‘rinni egalladi.

2025-yil 14–17-noyabr kunlari Hindistonda o‘tkazilgan “Lazgi va Hind raqslari festivali”da filial professori Gavhar Matyoqubova hamda 4-bosqich talabalar Sapaeva Risolat, Raimboeva Xilola va 1-bosqich talabasi Masharipova Bibimaryam ishtirok etdilar. Ushbu festivalda Gavhar Matyoqubova “Lazgi raqsining onasi” sertifikati bilan taqdirlandi.

2025-yil noyabr oyida Hindistonda o‘tkazilgan “International Literary Meet-2025” xalqaro adabiy uchrashuvida filial professori Gavhar Matyoqubova va talaba Bibimaryam Masharipova ham ishtirok etdilar.

2025-yil 26-mart kuni Belarus davlat madaniyat va san’at universiteti bilan o‘zaro tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, qo‘shma seminarlar, master-klasslar, mahorat darslari tashkil etish, ilmiy maqolalar va o‘quv adabiyotlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli kelishuvlar imzolandi.

2025-yilning 10-dekabr oyida Oltoy davlat madaniyat instituti bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ijodiy jamoalarning o‘zaro tajriba almashuvi, qo‘shma loyihalar va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

2023 yil 7-8 avgust   kunлари  Qadimiy va navqiron Samarqand shahrida “Zamonaviy uzluksiz ta’lim sifatini oshirish: intellektual ta'lim-tarbiya, innovatsiya va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida xalqaro “Ta’lim iftixori” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda filialning iqtidorli talabalari U.Doulov va R.Abdujabborova o‘zlarining milmiy maqolalari bilan ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar va  “Ta’lim iftixori” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, maxsus guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar

2023 yil 9-14-oktabr sanalarida  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Eng faol talaba” oyligi o‘tkazildi.

14 –oktabr kuni mazkur oylik  davomida talabalar o‘rtasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, viloyat miqyosida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishida o‘z hissasini qo‘shgan,  viloyat va Respublikada o‘tkazilgan festivallar va ko‘rik tanlovlarda faol ishtirok etgan iqtidorli talabalarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

Bunday tadbirlarni tashkil qilinishi talabalarni  o‘z ustida muntazam ishlashi, mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tajribasini o‘stirishi va ijodiy yuksalishida muxim ahamiyat kasb etadi. Oylik davomida talabalar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan 2-bosqich talabasi Oyniso Boboxonova Shovot tumani madaniyat bo‘limining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandi.

Fotolavhalar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2023 yil  25-noyabr sanasida  O'zDXA Urganch filiali Xoreografiya jamoalari rahbari kunduzgi va sirqti ta'lim yo'nalishi 2-bosqich kunduzgi bo‘lim talabaси  Ismoilova Muxlisa hamda 2-bosqich sirtqi bo‘lim talabasi Sapayeva Risolatlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ko'rik tanlovi viloyat bosqichida raqs san'ati yo'nalishi bo'yicha ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlovning ushbu bosqichida ishtirok etgan filial talabalari o‘zlarining jozibali raqslari bilan hay’at a’zolarining va tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.  M.Ismoilova tanlovdagi faol ishtiroki uchun “Fahriy yorliq” va Sapaeva Risolat tanlovning I-darajali Diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. R.Sapaeva tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                              

 

            O‘zDXA Urganch filiali talabalarining 2024 yil 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Raqs ko‘rik-tanlovidagi ishtiroki  va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2024 yil, 23 yanvar kuni ko‘rsatuv berildi. Ko‘rsatuvda ko‘rik-tanlovda yakka raqs yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan 1-bosqich talabasi Djumabaeva Maqbal ishtirok etdi. Ko‘rsatuv davomida talaba  “Ona siymosi” va “Zavqing kelur” nomli raqslarni  ijro etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ЎзДХА Урганч филиали талаба ёшларини дарсларда бўш вақтларини мазмунли ўтказиш, ёшлар ўртасида маънавий-маърифий,  тарбиявий ва тарғибот тадбирларини тизимли равишда ўтказиш ўқув йилининг иккинчи ярим йиллигида ҳам давом эттирилади.

 

 

2024 yil 5-6 феврал kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalarining  2024 yil 5-6 феврал kunlari "Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor yoshlarni saralash va rag‘batlantirish" bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovining  Respublika bosqichidagi ishtirok этдилар. Kо‘rik-tanlov qizgin ruhda о‘tdi. Tanlovda filialning 18  nafar talabalari  ishtirok etdilar va nufuzli o‘rinlarni egallab qaytdilar.

 

Tanlovda о‘zlarining jozibli raqslarini namoyish qilgan va hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi raqs ijrochilari deb  e’tirof etilgan filialning 1-bosqich talabasi Djusabaeva Maqbal, 2-bosqich talabasi G Nasirova va 1-bosqich talabasi S. Sultanniyazovlar  faol ishtirok etib, fahrli o‘rinlarni egallab qaytdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zDXA Urganch filiali talabalari B.Masharipova va R.Sapaevalar Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan  A.Navoviy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy o‘quvlari” mavzusidagi ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, 1 va 2 o‘rinni egallab qaytdilar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                 

 

 

 

 

 

 

 

 

2024 yil 19 fevral kuni Respublika Marxabo talantlar kurik tanlovining Urganch  shaxar bosqichi buldi.  Tanlovda O‘zDXA Urganch filialidan 7 nafar iqtidorli  talabalar o‘z aqslari ishtirok etdilar. Tanlovda eng yaxshi raqs ijrochilari deb filial talabalari e’tirof etildilar. Tanlovda  1chi o‘rnni 1kurs talabalri M..Djumabaeva, S Seyitniyazov va  F. Tursinbaevalar,  2-o‘rinni 3 bosqich talabasi  Muxlisa Ismailova, 2-bosqich talabasi  Sarvar Yusupov, 3-o‘rinni 3- bosqich talabasi Roza Abdujabborova va 2-bosqich talabasi A. Asanovalar egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2024 yil 27-fevral kuni 5-muhim tashabbusning 4-tashabbusi doirasida “Mening sevimli kitobim”  ko’rik tanlovi tashkil etish to’g’risidagi topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi va “Qizlarjon ” klubi tomonidan “ Mening sevimli kitobim” mavzusida

 

2024 yil 28-fevral kuni  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida filial direktori Botirov Shonazar Xusainovich tashabbusi bilan  tashkil qilingan «ENG YAXSHI BALETMEYSTER» ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ti tomonidan Tanlovda g‘olib bo‘lgan 5 nafar ishtirokchilarga  tanlovning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan 2- bosqichiga yo‘llanma brildi. 2-bosqich talabasi Eshmo‘minova Zebiniso tanlovdagi faol ishtiroki filial ma’muriyati tomonidan  uchun “Fahriy yorliq” bilan taqdirlandi.

2024 yil 5- mart  sanasi Uzbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali uchun kuvonchli Kun buldi .Chunki akademiyamizning  2-boskich italabasi  iktidorli kizimiz Risolatxon Sapaeva  Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor buldi.

 

Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida Qozog‘istonlik buyuk baletmeytr Zaurbek Maldagalievich Raybaev xotirasiga bag‘ishlab “Yosh xoreograflar” xalqaro ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlovni 1-bosqichida filialning 1-bosqichtalabasi Djumabaeva Maqpal va 2-bosqich talabasi Yusupov Sarvarlar ONLAYN tartibda ishtirok etib, goliblikni qo‘lga kiritdilar va tanlovning 2-bosqichida OFLAYN  tarzda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

2024-yil 27-30-mart kunlari Chimkent shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovaning 70 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘nglingda bo‘lsin!” hamda “Raqslarda millat tarixi” xalqaro ko‘rik tanlovi o‘tkazilayotganligi sababli tanlovda ishtirok qilish uchun filialning 103-22-guruh talabasi Masharipova Bibimaryam Allabergan qizi vasirtqi bo‘lim 2-bosqich talabasi Sapaeva Risolat Rustam qizi ishtirok etib, Oliy o‘rin, Grand Pri o‘rinni egalladi.

 

 

 

 

 

Fakultetlar

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Xoreografiya fakulteti tо‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali (keyingi о‘rinlarda - filial) 1 ta fakultet, 1 ta kafedra, 1 ta bakalavriat yо‘nalishi mavjud hamda 156 nafar (bakalavriat kunduzgi 48 nafar, sirtqi 109 nafar) talaba tahsil olmoqda.

Filialning ilmiy salohiyati 30 foizni tashkil etadi.

 

Ta'lim yo'nalishlari

Xoreografiya (Xoreografiya jamoalari rahbari) 60211600 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Boboqulova Dilnoza Uralboyevna

“Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibi

Doulov Ulug‘bek Hayitbayevich

“Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibi

Baxtiyarov Muxammadali Alisher o‘g‘li

2024-2025 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi 30 yoshdan oshmagan talabalar uchun ta’sis etilgan “Xorazm viloyati Hokimi stipendiyasi” sohibi

Ismoilova Muxlisa Shuxrat qizi

2024-2025 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi 30 yoshdan oshmagan talabalar uchun ta’sis etilgan “Xorazm viloyati Hokimi stipendiyasi” sohibasi.

Abdujabbarova Ro’zioy

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” final bosqichi “Just dance” fidjital raqs turida “Eng kuchli plastika sohibasi” nominatsiyasi sohibasi.

Talabalar fikri

Zinatdinova Aida Zafar qízí

Men, Zinatdinova Aida Zafar qizi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabasiman. Filialimizda ta'lim sifati yuqori, ustozlar malakali va har bir talabaga alohida e'tibor bilan yondashadilar. Zamonaviy sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlar bizning bilim hamda mahoratimizni oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu dargohda tahsil olayotganimdan mamnunman va filial jamoasiga kelgusida yanada katta yutuqlar tilayman.

Kamalova Kamila Kulniyazovna

Men, Kamalova Kamila Kulniyazovna, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida tahsil olayotganimdan mamnunman. Bu maskan bizga san’at yo‘nalishida chuqur bilim olish, o‘z ustimizda ishlash va ijodiy qobiliyatlarimizni namoyon etish uchun keng imkoniyatlar bermoqda. Filialdagi samimiy muhit, ustozlarning tajribasi va mashg‘ulotlarning mazmunli tashkil etilishi bizning rivojlanishimizga katta yordam bermoqda. Men uchun ushbu dargohda o‘qish katta tajriba va unutilmas jarayon bo‘lib, kelajakdagi kasbiy faoliyatim uchun muhim qadamdir.

Bekchanova Nodira

Men, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 202-guruh 3-kurs talabasi Bekchanova Nodira, ustozlarimizning bilim va tajribasini yuqori baholayman. Darslar juda samarali va qiziqarli tashkil etilgan bo‘lib, har bir mashg‘ulot menga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni chuqur egallash imkonini beradi. Akademiyadagi iliq va qo‘llab-quvvatlovchi muhit menga o‘z ustimda ishlashga va ijodiy salohiyatimni rivojlantirishga ilhom beradi. Shu bilan birga, kursdoshlar bilan hamkorlik va hamjihatlik ham o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi. Umuman olganda, men akademiyada o‘qish jarayonidan juda mamnunman va kelajakda o‘z kasbiy faoliyatimda olgan bilimlarimni muvaffaqiyat bilan qo‘llashga tayyorman.

Dosjanova Dina

Men, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 1-kurs talabasi Dosjanova Dina, ustozlarimizning bilim va tajribasini yuqori baholayman. Darslar samarali va qiziqarli tarzda olib boriladi, har bir mashg‘ulotda nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham chuqur o‘rganish imkoniyati mavjud. Akademiya muhiti do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lib, bu meni har kuni o‘qishga va ijodiy faoliyatimda o‘sishga ilhomlantiradi.

3-kurs 202-guruh talabalari

Biz, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 3-kurs talabalari, ustozlarimizning bilim va tajribasini juda qadrlaymiz. Har bir dars nafaqat nazariy bilimlarni beradi, balki sahnadagi raqs harakatlarini puxta o‘zlashtirish va ijodiy ifoda imkoniyatini yaratadi. Filialimizdagi muhit do‘stona va iliq, hamkasblarimiz va ustozlarimiz har doim yordam berishga tayyor. Shu bilan birga, filialimiz yangi raqs texnikalarini sinab ko‘rish, ijodiy g‘oyalarni amalga oshirish va o‘z qobiliyatimizni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu bizni har kuni yangi raqs qadamlarini o‘rganishga, mashg‘ulotlarda faol qatnashishga va sahnada o‘z ijodiy salohiyatimizni yanada rivojlantirishga undaydi.