WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

18,826

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

580

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

16

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Toshkent amaliy fanlar universiteti 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda talabalarni zamonaviy mehnat bozori talablariga amaliy tayyorlashga yo‘naltirilgan, jadal rivojlanayotgan ta’lim muassasasidir.

Universitet tarkibida 4 fakultet mavjud: Pedagogika va psixologiya, Iqtisodiyot, Tillar va adabiyot hamda Axborot texnologiyalari. 21 ta ta’lim yo‘nalishida ta’lim olib borilmoqda.

Universitetning alohida faxri – ikkinchi kursdan boshlab nazariy ta’lim va majburiy amaliyotni o‘zaro uyg‘unlashtirgan "4+2" va "5+1" ta’lim modelidir. Talabalar 4-5 kunni auditoriyalarda, har haftada 1-2 kunni yetakchi kompaniya, muassasa va tashkilotlarda amaliyotda o‘tkazadi.

Ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida universitet Toshkent shahrida 7 ta zamonaviy kampus, jihozlangan auditoriyalar, IT laboratoriyalar, kutubxonalar, "coworking" va "lounge" zonalarga ega.

Universitet faoliyati O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq berilgan 2022 yil 14 iyundagi 029914-sonli litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Bugungi dunyoda talab yuqori bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga asoslanib, pedagogika, iqtisodiyot, filologiya va axborot texnologiyalari sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlamoqda.

 

Xorijiy talabalar uchun

Toshkent amaliy fanlar universitetida ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Xorijiy talabalar uchun ingliz tilidagi dasturlar va tayyorlov kurslari hozircha mavjud emas.

Universitet xorijiy talabalarga turar joy topishda yordam berishga tayyor, va kelajakda talabalar yotoqxonalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Zarurat tug‘ilganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida viza rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tishda yordam ko‘rsatilishi mumkin.

Universitetning keyingi rivojlanish doirasida xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash ofisini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Xalqaro hamkorlik

Toshkent amaliy fanlar universiteti ta’lim va ilmiy sohalarda xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Universitet bir qator xorijiy ta’lim muassasalari, jumladan, Anhalt University of Applied Sciences (Germaniya), Estonian Entrepreneurship University of Applied Sciences (Estoniya) va Sungkonghoe University (Koreya Respublikasi), shuningdek, Polsha va Latviya universitetlari bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan.
Hozirgi vaqtda akademik almashinuv dasturlarini, qo‘shma ta’lim tashabbuslarini va xalqaro loyihalarda ishtirok etishni rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish universitetning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Toshkent amaliy fanlar universiteti mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni amaliy tayyorlashga yo‘naltirilgan.

O‘quv jarayoniga muntazam ravishda o‘tkaziladigan professional amaliyot integratsiya qilingan bo‘lib, talabalar o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini o‘qishning dastlabki yillaridan boshlab real sharoitlarda rivojlantirish imkoniyatiga ega.

Universitet talabalari respublika miqyosidagi tanlovlar va rag‘batlantirish dasturlarida ishtirok etadi. 2024 yilda yetti nafar talaba Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi.

Universitetda talabalarining professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Karera markazi faoliyat yuritadi.

 

Fakultetlar

Tarix va filologiya fakulteti 2023- yilda tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi. Hozirgi kundafakultetda 110 nafarga yaqin professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. 

Pedagogika fakulteti 2022- yilda tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi. Hozirgi kundafakultetda 160 nafardan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda fakultetda 665 nafar talaba tahsil oladi, shundan 366 nafari bitiruvchilar hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari fakulteti 2022- yilda tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 2 ta kafedra faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda fakultetda 55 nafarga yaqin ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda fakultetda 367 nafar talaba tahsil oladi, shundan 214 nafari bitiruvchilar hisoblanadi.

Iqtisodiyot  fakulteti 2023- yilda tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda fakultetda 75 nafarga yaqin ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda fakultetda 663 nafar talaba tahsil oladi, shundan 349 nafari bitiruvchilar hisoblanadi.

Ta'lim yo'nalishlari

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Axborot xavfsizligi 60610200 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 70410201 Bakalavr Magistr
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410100 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Ingliz filologiyasi 60230101 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili 70310201 Magistr
Kiberxavfsizlik Bakalavr
Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 Bakalavr
Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi 60610300 Bakalavr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (tillar bo‘yicha) 70230101 Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Psixologiya 70310301 Magistr
Texnologik ta’lim 60111300 Bakalavr
Turizm va mehmondo'stlik 71010101 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr
Xalqaro Moliya va Bank Ishi Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari davlat stipendiyalari g‘oliblari bo‘lishdi ✨

Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari davlat stipendiyalari g‘oliblari bo‘lishdi ✨ 🏆 Ushbu yutuq ularning bilimga bo‘lgan intilishi, mehnati va qat’iyatining yana bir yorqin isbotidir. ✅ Tarix va filologiya fakultetidan: — Salimova Xidoyotxon xorijiy til yo'nalishi, 4-kurs talabasi. — Fayzullajonova Ruhshona xorijiy til yo'nalishi, 3-kurs talabasi. ✅ Iqtisodiyot fakultetidan: — Utemuratova Rayxana bank ishi yo'nalishi, 4-kurs talabasi. — Ahmedova Nodira bank ishi yo'nalishi, 4-kurs talabasi. G‘olibalarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 💙