Geologiya fanlari universiteti
2,094
Talabalar
15
Xorijiy talabalar
48
O'qituvchilar
6
Fakultetlar
16
Kafedralar
2020
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Geologiya fanlari universiteti (GFU) 2020 y. 8 iyundagi №PQ-4740-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga binoan tashkil topgan.
№PQ-4740-sonli 2020 y. 8 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq GFU quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:
- geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashishtirish;
- geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash, Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yo‘nalishlarini amaliyot bilan real integratsiyasi uchun sharoit yaratish;
- tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish;
- kadrlar tayyorlash tizimida moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy o‘quv yurtlariga jalb qilish.
GFU - bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasidir.
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Davlat geologiya muzeyi Universitet tarkibiga kiradi.
2021-yil yanvar oyida Toshkent shahridagi Olimlar shaxarchasida joylashgan Universitet kampusi qurilishi yakunlandi. Talabalar shaharchasida piyoda masofada o‘quv binosi, yotoqxonalar, kutubxonalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutining yuqori qavati oshxonadan iborat.
Universitet geologiya tadqiqotlari, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyatni yo‘lga qo‘ygan holda ilg‘or ilmiy-texnik baza bo‘lgan Geo-Innovatsion texnologiyalar markazini tashkil etdi. Bu yerda mineral xom ashyoni o‘rganishning eng ilg‘or uslublari va texnologiyalariga ega bo‘lgan malakali kadrlarning yangi avlodi shakllanadi va kelajakda mineral resurslardan foydalanish va materiallarning ko‘payishiga hurmat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ixtirochilik g‘oyalari va loyihalarini shakllantirish uchun noyob tadqiqot maydonchasi, ijodiy izlanish va yangilik muhiti yaratiladi.
Xorijiy talabalar uchun
Mavjud stipendiyalar
Bizda alohida xorijiy talabalar uchun stipendiyalarimiz mavjud emas,universitening quyidagi stipendiyalari xorijiy talabalar uchun ham amal qiladi:
-H.M.Abdullayev stipendiyasi
-Akademik I.X.Xamrabayev nomidagi stipendiya
Viza olish tartiblari
-Xorijiy talabalar uchun universitet va talaba o'rtasida shartnoma tuzuladi,shartnoma imzolangandan so'ng universitet shartnomani talabaga beradi,talaba shartnomani o'z mamlakatidagi viza markaziga taqdim etadi va asosida viza 1yillik yoki ko'p yillik beriladi,talaba o'qishga qabul qilinganidan so'ng hemis dasturidan shartnoma yangilab qo'yiladi
Yo'riqnomalar
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish:
a) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Xorijiy fuqarolar xohishlariga ko‘ra:
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
-oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim olishlari mumkin.
Xorijiy fuqarolar o‘qish davrida ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan shartnomalar va kontraktlarda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasiga oila a’zolari va boshqa qarindoshlari bilan kelishlari mumkin.
Geologiya Fanlar Universitetida
-18ta Markaz va bo'limlar
-2ta Fakultet va 1ta qo'shma ta'lim markazi
-Kutubxona
-10ta Kafedra
-10dan ortiq yo'nalish bo'yicha ta'lim olishingiz mumkin
-400 nafar talabaga mo'ljallangan talabalar turar joyi mavjud


Yotoqxona




Kutubxona



Xalqaro hamkorlik
Geologiya fanlari universiteti (GFU) O'zbekiston Respublikasining geologiya, geofizika, geoekologiya va boshqa tegishli fanlar sohasidagi yetakchi ilmiy-ta'lim markazlaridan biri hisoblanadi. GFU 2020-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning qaroriga muvofiq O'zbekiston geologiya tarmog'ida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari asosida tashkil etilgan.
GFU jahonning yetakchi muassasalari bilan xalqaro ilmiy va ta'lim hamkorligida faol ishtirok etib, O'zbekistonning iqtisodiy, ta'lim va ilmiy-texnikaviy rivojlanishi manfaatlari yo'lida qo'shma loyihalarni amalga oshirmoqda.
Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgan kunidan boshlab, 23 ta jahonning yetakchi universitetlari va 6 ta ilmiy markazlar bilan hamkorlik shartnomalari va o'zaro anglashuv memorandumlarini tuzdi, jumladan:
|
Buyuk Britaniya, London |
|
|
1 |
Rossiya va Markaziy Yevrosiyo mineral tadqiqotlari markazi, tabiiy tarix muzeyi |
|
Germaniya |
|
|
2 |
Frayberg konchilik akademiyasi texnik universiteti |
|
Italiya Respublikasi |
|
|
3 |
PISA universitetlari |
|
Ispaniya Qirolligi |
|
|
4 |
Ilmiy tadqiqotlar bo'yicha oliy kengash davlat agentligi, Ispaniya geologiya va mineral resurslar instituti orqali |
|
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
5 |
Tomsk Davlat milliy tadqiqot universiteti |
|
6 |
Sergo Orjonikidze nomidagi Rossiya davlat geologiya-qidiruv universiteti |
|
7 |
Novosibirsk davlat universiteti |
|
8 |
Ural davlat konchilik universiteti |
|
9 |
Qozon federal universiteti |
|
10 |
M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti |
|
11 |
Sibir federal universiteti |
|
12 |
Federal davlat ilmiy muassasasi “Rossiya fanlar akademiyasining Ural bo'limi KOMI ilmiy markazi" Federal tadqiqot markazi |
|
13 |
“НАНОЭКОХИМ” MCHJ |
|
Belarus Respublikasi |
|
|
14 |
Belorussiya milliy texnik universiteti |
|
15 |
A. S. Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti |
|
Qozog'iston Respublikasi |
|
|
16 |
L. N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti |
|
17 |
Evroosiyo texnologiya universiteti |
|
Qirg'iziston Respublikasi |
|
|
18 |
I. Razzakov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti filiali |
|
19 |
M.M. Adishev nomidagi O‘sh texnologik universiteti |
|
Turkiya Respublikasi |
|
|
20 |
Turkiya Respublikasining CHUKUROV universiteti |
|
21 |
Turkiya Respublikasining YEDITEPE universiteti |
|
22 |
Turkiya Respublikasining Anqara universiteti |
|
Xitoy Xalq Respublikasi |
|
|
23 |
Xitoy konchilik va texnologiya universiteti (Pekin) |
|
24 |
Xitoy geofanlar universiteti (Vuhan) |
|
25 |
"BGRIMM Technology Group" MCHJ |
|
26 |
SEBINE Technology Inc. |
|
Koreya Respublikasi |
|
|
27 |
KANGWON milliy universiteti |
|
28 |
KYUNGWOON milliy universiteti |
|
Yaponiya |
|
|
29 |
Akita universiteti |
Hamkorlik doirasida GFU Rossiya, Belorussiya, Qozog'iston va Qirg'izistonning hamkor universitetlari bilan qo'shma ta'lim dasturlarini (QTD) joriy etgan.
Ushbu dasturlardan biri M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) bilan bakalavriat talabalari uchun ikki diplomlik 2+2 QTD joriy etdi. Ushbu dasturga asosan, talabalar ikki yil davomida GFUda va ikki yil davomida MDUda ta’lim olishadi va oliygohlarni tamomlagach, talabalar tanlangan mutaxassislik bo'yicha ikkita oliy ma'lumot diplomiga ega bo'ladilar.
Yana bir dastur – Tomsk davlat milliy tadqiqot universiteti (TDU) bilan magistrantlar mutaxassisligi bo’yicha ikki diplomlik 1+1 QTD bo'lib, unga asosan talabalar TDUda bir yil va GFUda bir yil davomida ta’lim olishadi. Shuningdek, 2024-2025 o'quv yilidan boshlab Belarus milliy texnika universiteti bilan ikki diplomlik 1+1 QTD joriy etish rejalashtirilgan.
Bunday qo'shma ta'lim dasturlari geologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga, GFU va jahonning yetakchi universitetlari o'rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, mintaqadagi integratsiya jarayonlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Shu qatorda, GFU Rossiya, Belarus va Qirg'izistonning hamkor universitetlari bilan professor-o'qituvchilar tarkibining akademik harakatchanlik dasturini amalga oshiradi. Ushbu dastur GFU o'qituvchilariga o'z malakalarini oshirish, tajriba va bilim almashish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlarda ishtirok etish va talabalarni xalqaro hamkorlikka jalb qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda GFUda TDUdan 4 nafar o'qituvchi va Qozon federal universitetidan bitta o'qituvchi masofaviy tarzda, geologiya va mineralogiya bilan bog'liq turli fanlar bo'yicha ma'ruzalar o'qiydilar. Shuningdek, Koreya Respublikasidan doktor KIM Sahng Yup “Mineralogiya, petrografiya va geokimyo” kafedrasiga, shuningdek, M. M. Adishev nomidagi O‘sh davlat texnika universitetidan (O‘shTU) “Foydali qazilmalar konlari geologiyasi” kafedrasiga jalb qilingan. Ular 4-bosqich va magistratura talabalari uchun ma'ruzalar o'tkazadi hamda o'quv dasturlari va metodik qo'llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
Xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, GFU geologiyaning turli sohalarida yetakchi universitetlar bilan samarali hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Ushbu hamkorlik fan va ta’lim sohasida zamonaviy talablar va muammolarga javob beradi, shuningdek, geologiya sohasi va jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Til kurslari
O'zbek tili va Ingliz tili kurslari mavjud
Talabalar uchun imkoniyatlar
1
Fakultetlar
Yer haqidagi fundamental fanlar bo‘yicha yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilaydi.
- Geologiya fanining nazariy va amaliy asoslari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim berish, Yerning tuzilishi, tarkibi, geodinamik jarayonlari va evolyutsion rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgatish;
- O‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish;
- Tog‘ jinslari, minerallar va foydali qazilmalar genezisi, joylashuvi hamda ularning iqtisodiy ahamiyatini ilmiy asosda o‘rganish;
- Geologik xaritalash, dala-amaliyot mashg‘ulotlari va laboratoriya tadqiqotlarini yuqori saviyada tashkil etish;
- Fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish hamda natijalarni amaliyotga tatbiq etish;
- Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy loyihalar, grantlar va konferensiyalarga jalb etish;
- Magistratura bosqichlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
- Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash;
- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik barqarorlik tamoyillarini targ‘ib qilish.
Zamonaviy geologiya sanoati, gidrogeologiya, ekologiya va yuqori texnologiyalar sohasida raqobatbardosh, tashabbuskor va har tomonlama bilimga ega mutaxassislarning biznes kompetensiyalari va shaxsiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta’limni rivojlantirish orqali jamiyatni kadrlar bilan ta’minlashga hissa qoʻshish.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy hamda geologiya sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, sun’iy intellekt usullarini va tabiiy fanlar bilan integratsiyalash orqali yuqori malakali, mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Zamonaviy geologiya sanoati va foydali qazilma konlarni geofizik usullar bilan izlash va qidirishda yuqori texnologiyalar sohasida raqobatbardosh, tashabbuskor va har tomonlama bilimga ega mutaxassislarning biznes kompetensiyalari va shaxsiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati va geologiya tarmoqlariga yetuk, bilimli, salohiyatli hamda zamon talablariga mos raqobatbardosh kadrlarni yetkazish, shu bilan birgalikda geologik-qidiruv, geodeziya va geoinformatika, kartografiya, kadastr va konchilik tashkilotlarini dunyo miqyosida raqobatbardosh tashkilotlarga aylantirishdir.
Iqtisodiy geologiya va tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar sohasida yangi bilimlarni shakllantirish va tarqatish, pirovardida O‘zbekitson iqtisodiyotining o'sishi va raqobatbardoshligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shish.
- “Geologiya – qidiruv ishlari iqtisodiyoti” (ta'lim shakli: kunduzgi) va -“Iqtisodiyot (faoliyat sohasi bo‘yicha)” (ta'lim shakli: kunduzgi va sirtqi) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash va chiqarish;
- “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash va chiqarish;
- Universitetning barcha yo‘nalishlari talabalarida insonparvarlik dunyoqarashi, ijtimoiy ong, vatanparvarlik, tanqidiy fikrlash elementlari, shaxsiy va kasbiy madaniyatni shakllantirish.
Ta'lim yo'nalishlari
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 | Bakalavr |
| Foydali qazilma konlarini qazish 70720801 | Bakalavr Magistr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr |
| Geofizika, foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari 70530505 | Magistr |
| Geokimyo, mineralogiya va petrologiya 70530512 | Magistr |
| Geologiya 60530500 | Bakalavr Magistr |
| Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) 60530500 | Bakalavr Magistr |
| Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi 60721300 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Konchilik ishi 60720800 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 70720902 | Magistr |
| Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi 70722401 | Magistr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
18 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Menejment
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Iqtisodiyot
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Konchilik ishi
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Iqtisodiyot
18 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Iqtisodiyot
12 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
ALIMOVA DILSHODA
SOATALIEVA NOZIMA ISOMIDDIN QIZI
ASROROV AZAMAT ASQARALI O‘G‘LI
XOLBOEV SARDOR BOBOQUL O'G'LI
ABDUG‘AFFOROV ABDUNOSIR ABDULATIF O‘G‘LI
XODJAEVA NIGINA ALISHER QIZI
RO‘ZIYEV ASILBEK SHAROFIDDIN O‘G‘LI
IMAMOV DILNIYOZ DILMUROD O'G'LI
ALIMOV ASLIDDIN AMRIDDIN O'G'LI
TOREXANOV SHERZOD BAXROMOVICH
BARATOV ABDULLA XASANOVICH
Talabalar fikri
SOATALIEVA NOZIMA ISOMIDDIN QIZI