Toshkent davlat agrar universiteti
15,000
Talabalar
25
Xorijiy talabalar
549
O'qituvchilar
10
Fakultetlar
40
Kafedralar
1930
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Toshkent davlat agrar universiteti haqida
Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Universitet tarkibida 8 ta fakultet va 26 ta kafedra mavjud bo‘lib, 32 ta bakalavriat va 44 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim beriladi. Hozirgi kunda 14 485 nafar talaba tahsil olmoqda.
TDAUning asosiy vazifalari qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda agrar sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Universitetda 562 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shulardan 271 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, 45 nafari fan doktori hisoblanadi. Bu esa 71,2 foiz ilmiy salohiyatni tashkil qiladi.
TDAU AQSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik olib boradi. Universitetda 20 dan ortiq zamonaviy laboratoriyalar mavjud bo‘lib, har yili 50 dan ortiq ilmiy loyiha amalga oshiriladi.
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 127 nafar talaba, shundan 22 nafari magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Memorandumlar asosida esa 16 nafar talaba, shulardan 1 nafari magistrant sifatida o‘qimoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Tilni o‘rganish va integratsiya imkoniyatlari
Chet ellik talabalar uchun tilni tushunish va universitet muhitiga tez moslashish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois universitetda ularning o‘quv jarayonini yengillashtirish, akademik va ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Bu imkoniyatlar talabalarning o‘zlarini universitet jamoasining to‘laqonli a’zosi sifatida his etishlari hamda yangi muhitga muvaffaqiyatli moslashishlariga xizmat qiladi.
Universitetda “Chet tillari” hamda “Amaliy ingliz tili” kafedralari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur kafedralar tomonidan zamonaviy metodikalar asosida quyidagi tillar bo‘yicha kurslar tashkil etilgan:
-
Ingliz tili
-
Nemis tili
-
Turk tili
-
Xitoy tili
-
Yapon tili
-
Rus tili
Til kurslari boshlang‘ichdan yuqori darajagacha tashkil etilib, talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Xalqaro hamkorlik
Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro hamkorlik yo‘lidagi yutuqlari
Toshkent davlat agrar universiteti bugungi kungacha 40dan ortiq xorijiy universitetlar hamda agrar sohadagi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik va turli loyihlarda ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa, Amerika va boshqa mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro imzolangan shartnoma va memorandumlar doirasida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malakaviy salohiyatini oshirish uchun tashkil etilayotgan xizmat safarlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini tadbiq qilish kabi vazifalar bajarib kelinmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarining USAID tashkilotining “Agrobiznesni rivojlantirish” loyihasi yuzasidan 7 nafar agrar universitet talbalari amaliy ko‘nikmalarni xorijiy tajriba bilan yanada boyitish maqsadida Amerikaning Missuri universitetiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Qozog‘istonning S.Seyfulin nomidagi Agrotexnika universitetidan 28-nafar talaba Toshkent davlat agrar universitetiga 2 haftalik tashrifi davomida universitetning qulayliklari, dotsent va professor o‘qituvchilar qo‘lida tahsil olib, nafaqat ilmiy balki, milliy madaniy meroslarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ularga universitetimizning yotoqhoasida va o‘quv binolarda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Bundan tashqari Abilqas Sagʻinov nomidagi Qozog‘iston texnika universitetidan ikki nafar magistrantlar ham universitetimizga tashrif amalga oshirishdi. Xitoy Xalq Respublikasidan ikki nafar bakalar Wu Yuee hamda magsitr talabasi Liu Changxin besh yildan buyon bizning universitetimizda tahsil olib kelmoqdalar.


Toshkent davlat agrar universiteti bugungi kunda Qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha 6 ta xorijiy mamlakatlarning 9 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining Irkutsk davlat agrar universiteti, Volgagrad davlat agrar universiteti, boshqird davlat agrar universiteti, Kazan veterinariya medisina akademiyasi. Belorus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti, Polsha Respublikasining VSB universiteti, Litva Respublikasining Vitautas Magnus universiteti, Vengriyaning Mate universiteti hamda Turkiya Respublikasining Ege universiteti.
Ushbu Qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha jami 160 dan ortiq talabalar turli magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
Shuningdek, 2024/2025 o'quv yilidan boshlab Latviya Respublikasining Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti, Xitoy xalq Respublikasining Shimoliy g‘arbiy o‘rmon va qishloq xo`jaligi universiteti va Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat agrar universitetlari bilan hamkorlikda yangi qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Toshkent davlat agrar universitetida iqtidorli talaba yoshlar juda ko'plab bo'lib, talabalar teatr studiyalari tanlovining Respublika bosqichida 3-o'rinni, "Yoshlar innovatsion qishloq xo'jaligi" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida 1-o'rinni egalladi.Respublika Oliy ta’lim muassasalari ichida universitetning birinchi prorektori S.Islamov vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi, "Ashula va raqs" ansambli tuzildi, “Munozara” o’yinining respublika bosqichida talabalarimiz faol ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan talabalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan nomzodlarning hujjatlarini vazirlikka taqdim etish tartibiga muvofiq o‘z hujjatlarini tayyorladi. Shuningdek: Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida jami talabgor talabalar soni 93 nafarni tashkil etganligi, shundan 13 ta stipendiya yoʻnalishlari boʻyicha 31 nafar тanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh yigit, qizlar orasidan 75 balldan yuqori ball toʻplagan ishtirokchilar ichidan eng yuqori ball toʻplagan номзодлар рўйхати шакллантирилди.
2023/2024-oʻquv yili uchun “Ilmiy Kengash”, “Mustaqillik”, “Rektor stipendiyasi” “Iqtidorli talaba”, “Toʻlepbergen Qayipbergenov”, “Abduvali Imomaliyev”, “Yosh texnolog”, “Majidxon Baxodirov”, “Mahmud Mirzayev”, “Erkin Shayxov”, “Yosh oʻrmonchi”, “Karim Rahmonberdiyev”, “Ubaydulla Nosirov” nomli ichki stipendiyalarga talabgor talabalar ilmiy-tadqiqot, startap, fan sinovlari va suhbatlardan movofaqiyatli oʻtgan nomzodlar га жорий йилнинг 1-sentyabrdan (10 oy) davomida bazaviy stipendiyaga nisbatan qoʻshimcha 50 foiz miqdorda stipendiya tayinlash boʻyicha universitet Ilmiy Kengashiga tavsiya etildi. jami 8 nafar tashqi stipendiatlar va 2 nafar "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibalari mavjud.
Fakultetlar
Fakultet tarixi
O‘rta Osiyo universiteti tarkibidagi Qishloq xo‘jaligi fakulteti negizida 1930-yil O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti faoliyat boshladi. Shu yili Agronimiya yo‘nalishi tashkil etilgan, hozirgi kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi mutaxassis agronomlarni tayyorlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan Agronomiya fakulteti Agrobiologiya fakulteti deb qayta nomlandi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
- Dehqonchilik va melioratsiya asoslari.
- O‘simlikshunoslik va moyli ekinlar.
- Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
- Professorlar – 6 nafar
Dotsentlar – 28 nafar
Katta o‘qituvchilar – 4 nafar
Assistentlar – 37 nafar
Fakultetdagi taʼlim jarayoni bosqichlari
Bakalavriat:
- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
Magistratura:
- Agronomiya
O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar:
- 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik
03.00.13 – Tuproqshunoslik
03.00.14 – Agrokimyo
06.01.08 – O‘simlikshunoslik
Fakultet tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-avgustdagi 563-sonli farmoyishiga asosan Toshkent davlat agrar universitetida Meva sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida 2010-yil 1-oktyabrdan Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti tashkil etilgan.
Fakultet tarkibidagi kafedlalar
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
- Ekologiya va botanika
- Tillar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
- Professorlar – 5 nafar
Dotsentlar – 17 nafar
Katta o‘qituvchilar – 7 nafar
Assistentlar – 29 nafar
Fakultetdagi ta’lim jarayoni bosqichlari
Bakalavriat:
- Mevachilik va uzumchilik
- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
- Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish;
- Agrobiotexnologiya
- Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik
Magistratura:
- Sabzavotchilik va polizchilik
- Mevachilik
- Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash
- Kartoshkachilik
- Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
- Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar:
- sabzavotchilik
- mevachilik va uzumchilik
Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi 2004-yil 3-sentyabrdagi 415-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan hamda Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish fakulteti deb nomlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan O‘simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti deb qayta nomlandi.
Fakultet tarkibidagi kafedlalar
- Agrokimyo va tuproqshunoslik
- O‘simliklar karantini va himoyasi
- Qishloq xo‘jalik fitopatalogiyasi va agrobiotexnologiya
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
- Professorlar – 7 nafar
Dotsentlar – 21 nafar
Katta o‘qituvchilar – 12 nafar
Assistentlar – 35 nafar
Fakultetdagi ta‘lim jarayoni bosqichlari
Bakalavriat:
- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
- O‘simliklarni himoya qilish
- O‘simliklar va qishloq xo‘jalik maxsulotlari karantini
Magistratura:
- Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)
- Agrokimyo
- O‘simliklar himoyasi (usullar bo‘yicha)
- Entomologiya
- Fitapatalogiya
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar:
- O‘simliklarni himoya qilish
- Tuproqshunoslik
- Agrokimyo
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma‘lumotli yuqpri malakali kadrlar bilan ta‘minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 311-son qaroriga asosan “O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar” fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ- 3704-sonli qaroriga asosan O‘rmon xo‘jaligi va manzarali bog‘dorchilik fakulteti deb qayta nomlandi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
- O‘rmonchilik va landshaft dizayn
- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
- Dorivor o‘simliklar
- Gumanitar fanlar
Professor-O‘qituvchilar tarkibi
- Professorlar – 5 nafar
- Dotsentlar -19 nafar
- Kata o‘qituvchilar -13 nafar
- Assistentlar – 22 nafar
Fakultetdagi ta‘lim jarayoni bosqichlari
Bakalavriat:
- O‘rmonchilik
- Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish
- Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
Magistratura:
- O‘rmonchilik
- Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi
- Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli dizayn
- Manzarali bog‘dorchilik
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar:
- O‘rmonchilik ekinlari seleksiyasi urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish
FAKULTET TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4421-sonli qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti tashkil etildi.
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash;
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash;
- Tillar.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI
- Professorlar - 5 nafar
- Dotsentlar – 11 nafar,
- Katta o‘qituvchilar – 9 nafar
- Assistentlar – 53 nafar
FAKULTETNING TA’LIM JARAYONI BOSQICHLARI
BAKALAVRIYAT:
- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ( tarmoqlar bo‘yicha);
- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha);
MAGISTRATURA:
- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
- Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya;
- Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari);
- Biotexnologiya (mahsulot turi bo‘yicha).
DOKTORANTURA:
- Qishloq xo‘jalik, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari.
- Mikrobiologiya va virusologiya;
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash.
Fakultet tarixi
“Zooinjeneriya” fakulteti 1979-yili tashkil etilgan. 1994-yil “Ipakchilik” fakulteti Zootexniya fakulteti bilan qo‘shilib “Zoomuhandislik va ipakchilik” fakultetiga o‘zgargan, O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qarorigi asosan “Zootexniya va ipakchilik”, O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan Ipakchilik va tutchilik fakulteti deb qayta nomlandi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
- Umumiy zootexniya va veterinariya
- Ipakchilik va tutchilik
- O'zbek tili va adabiyoti
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
- Professorlar – 4 nafar
Dotsentlar – 20 nafar
Katta o‘qituvchilar – 8 nafar
Assistentlar – 37 nafar
Fakultetdagi ta‘lim jarayoni bosqichlari
Bakalavriat:
- Ipakchilik va tutchilik
- Baliqchilik
Magistratura:
- Ipakchilik
- Tutchilik
- Baliqchilik
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar:
- Ipakchilik
Hozir biz siz bilan "Zooinjeneriya" fakulteti haqida yaqindan tanishamiz.
- "Zooinjeneriya" fakulteti 1979 - yil tashkil topgan boʻlib,
- Ushbu fakultetda:
- Ipakchilik va tutchilik,
- Umumiy zootexniya va veterinariya,
- O'zbek tili va adabiyoti kafedralari mavjud.
Shu bilan birgalikda fakultetda;
- 11 nafar professor,
- 18 nafar dotsent,
- 7 nafar katta o'qituvchi,
- 24 nafar assistentlar,
- 4 nafar guruh tyutorlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek Bakalavriat ta'lim tizimida siz,
- Ipakchilik va tutchilik,
- Zooinjeneriya (baliqchilik),
- Zooinjeneriya (asalarichilik),
- Zooinjeneriya (qorako'lchilik),
- Zooinjeneriya(qoramolchilik)
- Zooinjeneriya (parrandachilik),
- Suv bioresurslari va akvakultura,
- Veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari bo'yicha) ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Magistratura taʼlim tizimida esa;
- Ipakchilik va tutchilik,
- Baliqchilik ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
- Hamda tayanch doktorantura ta'lim tizimida:
- Ipakchilik,
- Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi,
- Qishloq xo'jaligi hayvonlarini urchitish, ko'paytirish va ularning seleksiyasi. Qorako'lchilik,
- Ixtiologiya,
- Gidrobiologiya ixtisosliklari mavjud.
Bu yo'nalishlarni tamomlab siz,
- O'zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi;
- O'zbekipaksanoat uyushmasi va hududiy agropilla boshqarmalari;
- O'zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi va hududiy boshqarmalari;
- O'ZBEKBALIQSANOAT uyushmasi;
- Baliqchilik ilmiy tadqiqot institutlari va baliqchilik xo'jaliklari hamda sohalarga taalluqli bo'lgan barcha klasster va fermer xo'jaliklari;
- Qorako'lchilik uyushmasi;
- O'zbekiston asalarichilari uyushmasi;
- O'zbeknaslxizmat uyushmasi va ularni joylardagi bo'limlari;
- Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Shuningdek,
Veterinariya laboratoriya markazlari, viloyat hokimiyatlarida, klasterlarda ish boshqaruvchi, korxonalarda ish boshqaruvchi hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasining viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari boshqaruv tizimi va boshqa qishloq xo‘jalik tashkilotlarida rahbar vazifalarida ham ishlashingiz mumkin.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
- Agroiqtisodiyot va turizm
- Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit
- Axborot tizimlari va texnologiyalari
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
- Professorlar – 6 nafar
Dotsentlar – 26 nafar
Katta o‘qituvchilar – 23 nafar
Assistentlar – 45 nafar
Fakultetdagi ta’lim jarayoni bosqichlari
Bakalavriat:
- Agrobiznes va investitsion faoliyat
- Agrologistika
- Agrosanoatda buxgalteriya hisobi
Magistratura:
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar:
- Agrosanoat majmui iqtisodiyoti
- Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 22-dekabrdagi 290-sonli buyrug‘iga asosan ilovada ko‘rsatilgan qismlar asosida "Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va raqamli transformatsiyalash maxsus fakulteti" tashkil etildi. Unga ko‘ra:
Toshkent davlat agrar universiteti va Mississipi davlat universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Akademiya WSB qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Boshqirdiston davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturi -ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Grodno davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturi -ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Grodno davlat agrar universiteti magistratura qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Qozon davlat veterinariya meditsina akademiyasi qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Qozon davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Vitautas Magnus universiteti (Agronomiya yo‘nalishi) qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Vitautas Magnus universiteti (O‘rmonchilik yo‘nalishi) qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Vitautas Magnus universiteti (Agronomiya mutaxassisligi) qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Vitautas Magnus universiteti (O‘rmonchilik mutaxassisligi) qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Saratov davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Debresen universiteti qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Toshkent davlat agrar universiteti va Don davlat texnika universiteti qo‘shma ta’lim dasturi - ko‘rish
Ta'lim yo'nalishlari
| Agronomiya 60810400 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Biotexnologiya 60710200 | Magistr |
| Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 | Bakalavr |
| Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 | Bakalavr |
| Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Veterinariya meditsinasi 60840100 | Bakalavr |
| Veterinariya sanitariya ekspertizasi 60840300 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent davlat agrar universiteti
O‘simliklar himoyasi va karantini
12 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Iqtisodiyot
14 450 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Logistika
15 160 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Iqtisodiyot
14 450 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Logistika
14 450 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Buxgalteriya hisobi
14 450 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Logistika
14 450 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Veterinariya meditsinasi
13 090 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Iqtisodiyot
14 450 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Logistika
12 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
O'rmonchilik
12 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Ekologiya
12 400 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Ganiyev Shuxrat Madaminovich
Teshayev Shuxrat Jo‘raqo‘lovich
Raximov Jo‘rabek Raximovich
Sultonova Shahnoza Abduvaxitovna
Ergashev Ibrohim
Tog‘ayev Botir