Toshkent Farmatsevtika Instituti
3,626
Talabalar
134
Xorijiy talabalar
265
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
18
Kafedralar
1937
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Toshkеnt farmatsеvtika instituti O`zbеkiston Rеspublikasi Sog`liqni saqlash xalq komissariatining 155-son buyrug`i bilan 1937-yil 16-iyulda tashkil qilingan. Bu voqеa Farmatsеvtika bo`yicha mutaxassislarni nafaqat O`zbеkistonda, balki ba’zi O`rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo`ldi. Oliy Farmatsеvtik ta’lim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorash bo’yicha dastur tayyorlandi.
1937-yildan boshlab dirеktor vazifasini Е.U.Shurpе, P.F.Arxangelskiy, A.S.Valinskiy bajarishgan. 1938-yilda R.A.Nеdrit dirеktor bo`lgan. So`ng 2001-yilgacha rеktor vazifasini K.X.Tagirov, profеssor D.S.Soxibayev, akadеmik U.X.To`raqulov, profеssorlar N.R.Raximov, M.A.Azizov, X.X.Xolmatov, I.B.Zokirov, Е.R.Toshmuxamеdov, akadеmik S.I.Iskandarov, professorlar A.N.Yunusxo`jayev, X.K.Djalilov, I.I.Alimdjanovlar bajarishgan va hozirgi kunga kelib tibbiyot fanlari doktori K.S.Rizayev bajarib kеlmoqda.
O`zbеkiston Rеspublikasining mustaqillikni qo`lga kiritgani Toshkеnt farmatsеvtika instituti uchun ham tarixiy voqеa bo`ldi. Institut rеspublikada bosqichma-bosqich o`tkazilayotgan islohotlar bilan hamqadam bo`lib, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq qilish ustida, moddiy-tеxnik bazani yangilash hamda o`quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda o`quv rеjalari, standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda ham tinmay mеhnat qilmoqda. Bugungi kunda institutda farmatsеvtlarning malakasini oshirish fakultetlari, kasbiy ta’lim, farmatsiya, sanoat- farmatsiya va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika instituti bilan ochilgan qo’shma fakultetlar faoliyat yuritmoqda.
O`z faoliyati davri mobaynida institut farmatsеvtik ta’limning yangi konsеpsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish bilan bir qatorda farmatsiyaning dolzarb muammolari bo`yicha ham maqsadga yo`naltirilgan tadqiqotlar olib boryapti.
Zamonaviy noyob uskunalar bilan jihozlangan dori vositalarni standartlashtirish ilmiy markaz tashkil qilingan bo`lib, bu markazning asosiy ish yo`nalishi dori vositalarining sifat nazorati, ularni standartlashtirish, o`ziga xos famakologik xususiyatlarini o`rganish, klinik davrgacha bo`lgan tadqiqotlarni o`tkazish O`zbеkiston hududida dori vositalarini qayd qilish uchun normativ-tеxnik hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat. Qisqa muddat ichida 10 ga yaqin prеparat ishlab chiqarishga tatbiq etildi.
Institut ilmiy-pеdagogik kadrlarni magistratura va doktorantura orqali muvaffaqiyatli tayyorlamoqda, PhD va doktorlik dissеrtatsiyalarini himoya qilish bo’yicha ilmiy kеngash tashkil qilingan.
1992-yildan institutda Rеspublikamizda farmatsеvtika fani va amaliyotining ko`zgusiga aylangan “Farmatsevtika jurnali” muntazam ravishda nashr qilina boshladi. Jurnalning www.farjur.uz nomli web-sayti yaratilgan.
Institut Umumjahon sog’liqni saqlash tashkilotining Yevro bo’limi bilan Markaziy Osiyo davlatlari uchun farmatsеvtika ta’limini isloh qilish bo`yicha maxsus loyihada Rossiya, Qozog’iston, Ukraina, Pokiston, Hindiston, Xitoy oily o’quv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Bugungi kunda institutda ulkan ta’mirlash ishlari olib borildi. Talabalar sifatli bilim olishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek zamonaviy ko’rinishda, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan yangi talabalar turar joyi barpo etilib foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga institut hududida talabalar uchun “Book-café”, “Til markazi”, “O’quv amaliyot kompleksi” va yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Xorijiy talabalar uchun
Matn
Xalqaro hamkorlik
Markaziy Janubiy universiteti (Xitoy) https://en.csu.edu.cn/
Ostona tibbiyot universiteti
(Qozog'iston) https://www.astanamedicaluniversity.com/
S. D. Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston milliy tibbiyot universiteti (Qozogʻiston https://kaznmu.edu.kz/eng/
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Matn fwunfinweifowe534ysys5eytesrrestestrestesrtrse vrtere
Fakultetlar
Toshkеnt Farmatsеvtika instituti 1937-yilda Toshkеnt Tibbiyot instituti bazasida tashkil etildi. Shu yili institutga 50 nafar talaba oqishga qabul qilindi. Talabalarga Toshkеnt tibbiyot instituti kafеdralarining profеssor-oqituvchilari dars bеrdilar. 1945-yilgacha fakultеtda alohida dеkanat faoliyat korsatmagan. 1945-yildan boshlab mazkur fakultеtga I.I. Ivеnskiy rahbarlik qila boshladi. Kеyinchalik fakultеt dеkani sifatida Tolagan Abrolov va Alеksandra Nikolayevna Tatarеnko faoliyat ko’rsatgan. Keyingi yillarda quyidagi professor-o’qituvchilar fakultet dekani lavozimida ishlaganlar:
Fakultet dekanlari shajarasi
- 1953-1959 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi H.X Xolmatov;
- 1959-1976 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.Yu.Ibodov;
- 1976-1978 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi E.R.Toshmuhamedov;
- 1978-1981 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent A.Yu.Ibodov;
- 1981-1989 yillar – dotsent O’.A.Axmedov;
- 1989-1990 yillar – dotsent A.H.Halimov;
- 1990-1991 yillar – kimyo fanlari doktori X.R.Rahmatullayev;
- 1991-1995 yillar – dotsent H.K.Jalilov;
- 1995-1999 yillar – kimyo fanlari nomzodi N.Q.Olimov;
- 1999-1999 yillar – farmatsevtika fanlari doktori H.M.Komilov;
- 1999-2000 yillar – farmatsevtika fanlari doktori O’.A.Axmedov;
- 2000-2001 yillar – kimyo fanlari doktori, professor O.A.Shobilolov;
- 2001-2003 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi Z.A.Yuldashev;
- 2003-2005 yillar – farmatsiya fanlari nomzodi, dotsent A.H.Halimov;
- 2005-2007 yillar – dotsent Z.Osmonov;
- 2007-2012 yillar – farmatsevtika fanlari doktori Z.A.Yuldashev;
- 2012-2015 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi A.Q.G’aniyev;
- 2015-2019 yilla – qishloq xo’jalik fanlari nomzodi A.A.Nurmuxamedov.
Farmatsiya fakulteti institutning nufuzli fakulteti bo’lib, uning tarkibida sakkizta kafedra, Axborot texnologiyalari markazi, Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi, video-audio markazi va axborot-resurs markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Bu yil fakultetda 1200 dan ortiq talaba va 50 ta magistratura talabalari tahsil olmoqda. Talabalarga farmatsevtika sohasining yetuk olimlari fan doktori-professorlar, fan nomzodlari-dotsentlar va yuqori malakali katta o’qituvchilar dars berishmoqda.
Professor-o’qituvchilar olib borgan izlanishlarning natijalari nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalarida, xalqaro anjumanlarda va Respublikamizda chop etiladigan qator jurnallarda, jumladan, “Farmatsevtika jurnali”da muntazam chop etib kelinadi. Ilmiy-pedagogik xodimlar muntazam ravishda o’z malakalarini oshirib boradilar. Ular ta’lim berishning ilg’or pedagogik usullarini doimo o’quv jarayoniga tatbiq etishlari natijasida fakultetda ta’lim olayotgan talabalarning bilim saviyasi sezilarli darajada ijobiy tomonga o’zgarib bormoqda.
Farmatsiya fakultetida fakultet Ilmiy kengashi faoliyat ko’rsatadi. Kengashga kafedra mudirlari, institut jamoat tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislar jalb etilgan. Kengash faoliyati fakultet oldida turgan dolzarb muammolarni yechishda muhim o’rin tutadi. Farmatsiya fakultetida tahsil olgan talabalar farmatsiya sohasining turli jabhalarida va kimyo tahlil laboratoriyalarida mehnat qiladilar. Talabalarga bilim berish hozirgi zamon ilg’or pedagogik texnologiyalari asosida olib borilmoqda.
O’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha axborot-resurs markazida yetarli miqdorda ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar mavjud. Fakultet kafedralarida talabalarning tajribalar o’tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu jumladan, iqtidorli talabalar bilan alohida dastur asosida ish olib borilmoqda. Talabalarimiz davlatimiz tomonidan ta’sis etilgan turli Davlat stipendiyalariga sazovor bo’lmoqdalar.
Talabalarimiz olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalari bilan Xalqaro anjumanlarda ishtirok etib yuqori o’rinlarni egallab kelishmoqda. Ular o’quv, ishlab chiqarish amaliyotlarini shahar korxonalarida va Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanida joylashgan “Dorishunos” o’quv amaliyot bazasida o’tkazadilar.
Farmatsiya fakultetida 4 ta yo’nalish mavjud bo’lib, ular quyidagilardan tashkil topgan:
5510500-Farmatsiya turlari bo’yicha:
- Dorixona ishi;
- Klinik farmatsiya;
- Farmatsevtik tahlil.
5111000- Kasb ta’lim (5110500-farmatsiya).
Sanoat farmatsiya fakulteti tarixi
Toshkent farmatsevtika instituti “Sanoat farmatsiyasi” fakultetini mustaqilligimiz mevasi deyishimiz mumkin. Chunki, mustaqillik farmatsevtika sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi uchun, sohada yangi yo‘nalishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Aslida, mustaqilligimizning birinchi yillarida dorivor o‘simliklarning xalq tabobati va farmatsevtika sanoatidagi ahamiyatini inobatga olib, 1992-yilda Toshkent farmatsevtika institutining farmatsiya fakulteti tarkibida “Agrobiotexnologiya” mutaxassisliklari tashkil qilingan va 1994-yil 1-sentabrida alohida “Agrobiotexnologiya” fakulteti sifatida ajralib chiqqan edi. Fakultet biotexnologiya va agronomiya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlar edi. Keyinchalik, respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi, ta’lim sohasida, jumladan, farmatsevt kadrlar tayyorlash tizimini tubdan o‘zgarish va takomillashtirishni taqozo etdi. Bu esa, o‘z navbatida, institutda bir qator yangi ta’lim yo‘nalishlarini va magistratura mutaxassisliklarini tashkil qilinishiga asos bo‘ldi. Xususan, 2003–2004 o‘quv yilidan “Sanoat farmatsiyasi” – yo‘nalishining “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”ga kiritilishi hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yilishi natijasida 2003-yil 17-sentabr 100-sonli institut buyrug‘i asosida “Agrobiotexnologiya” fakulteti nomi “Sanoat farmatsiyasi” fakulteti deb o‘zgartirildi.
Fakultet dekanlari shajarasi
-
1953-1959 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi H.X Xolmatov;
-
1994-1996 yillar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, dotsent A.Abzalov;
-
1996-1998 yillar – professor E.Ergashev;
-
1998-1999 yillar – professor S.Nabiyev;
-
1999-2001 yillar – dotsent I.Inog‘omov;
-
2001-2005 yillar – dotsent N.Osmanov;
-
2005-2015 yillar – dotsent A.A.Nurmuxamedov;
-
2015-2019 yillar – dotsent X.Sh.Ilxomov;
Sanoat farmatsiyasi fakulteti tarkibida “Sanoat farmatsiyasi”, “Biotexnologiya” va 2015-2016 o‘quv yilidan boshlab yangi “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi. Ushbu ta’lim yo‘nalishlarini bitiruvchilari dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda faoliyat ko‘rsatishlari belgilangan. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy muammolarni yuqori saviyada hal eta oladigan, malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash respublikamizdagi Sanoat farmatsiyasi fakulteti oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi.
Respublika Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining oxirgi yillardagi qator qarorlari, qonunlari va buyruqlarida, Respublikamizda dori vositalarining ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish masalalari qo‘yilmoqda. Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyada mahalliy dori vositalarining raqobatbardoshligini oshirish va eksport qilishga yo‘naltirilgan dori vositalarining ishlab chiqarish hajmini ilmiy-texnika yutuqlari va xalq xo‘jaligi bilan integratsiyasi asosida ko‘paytirish va sog‘liqni saqlash sohasini 50% gacha mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash, buning uchun esa respublikamiz har bir viloyatlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, farmatsevtika sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash choralari belgilangan.
Sanoat farmatsiyasi fakulteti sanoat farmatsiyasi va biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnolog, muhandis-texnolog kvalifikatsiyasini oladilar. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari esa, dori ishlab chiqarish korxonalardagi asbob-anjomlar metrologiyasi va standartizatsiyasini nazorat qilib, dori vositari sifatiga javob berishadi.
Hozirgi vaqtda professor-o‘qituvchilar tomonidan fakultetda 1082 nafar talabaga ta’lim berib kelinmoqda. Talabalar 2-3 kurslarda qator umumkasbiy fanlar, jumladan muhandislik grafikasi va amaliy mexanika fani asosida materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi hamda mashina detallari, umumiy kimyoviy texnologiya, kimyo texnologiyasi asosiy jarayonlari va uskunalari kabi muxandislik fanlari o‘qiganidan so‘ng yuqori kurslarda maxsus fanlar: ishlab chiqarishni loyhalash, jihozlash, sanoat iqtisodi, molekular biotexnologiya, biofaol moddalar texnologiyasi, dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kabi zarur bo‘lgan mutaxassislik fanlari o‘qitiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, 2018-2019 o‘qv yilidan boshlab fakultet negizida yangi “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” mutaxassislik kafedrasi tashkil qilindi. To‘liq kursni tamomlagan talabalar dori sanoati uchun texnolog, muhandis-texnolog, dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonini, texnologik jarayonlarni standartlovchi va mahsulot sifatini boshqaruvchi mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Bundan tashqari, bitiruvchilar o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarida ishlashlari mumkin. Shu bilan birga ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlangan bakalavrlar, immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi va dorilarning sanoat texnologiyasi magistratura mutaxassisliklarida o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin.
2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Sanoat farmatsiyasi fakulteti tarkibida quyidagi 8 ta kafedralar tashkil etildi.
-
Dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi, kafedra mudiri prof. Xaydarov Vosil Rasulovich.
-
Biotexnologiya kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Yusupova Nasiba Farxadovna.
-
“Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Jalilov Fazliddin Sodiqovich.
-
“Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Nuraliyeva Xafiza Otayevna.
-
“Organik va biologik kimyo” kafedrasi, kafedra mudiri prof. Karimov Aminjon.
-
Ijtimoiy fanlar, kafedra mudiri dotsent Ismailov Kamolatdin Kurultayevich.
-
Fizika, matematika va AT kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Shadmanov Kamolitdin Kazakbayevich.
-
Tillar kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Tuychiyeva Saodat Melikuziyevna.
Mazkur kafedralarda jami 10 dan ortiq fan doktorlari va professorlar, 60 dan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar, 80 dan ortiq katta o‘qituvchi va assistentlar talabalarga bilim bermoqdalar. Fakultetga tegishli kafedralar professor-o‘qituvchilaridan prof. V.R.Xaydarov, F.Jalilovlar mos ravishda 2015-2016 va 2016-2017 o‘quv yillarida Oliy ta’lim muassasalari Respublika pedagoglari ko‘rik-tanlovlarida sovirinli o‘rinlarni olishgan.
Institut rahbariyati tomonidan fakultetda o‘quv jarayoni va o‘quv uslubiy ta’minotni modernizatsiya qilish borasida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, fakultetda mavjud barcha ma’ruza xonalari statsionar proektorlar bilan jihozlangan, bu esa o‘z navbatida ma’ruzalarni axborot texnologiyalari qo‘llangan holda (taqdimot, virtual laboratoriya, animatsiya va boshqalar) o‘qishni ta’minlaydi. Fakultetda o‘quv ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, nafaqat ma’ruza, balki amaliy mashg‘ulotlar ham zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar – video qurilmalar, kompyuterlar va turli ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash orqali olib boriladi. Oxirgi yillarda fakultetga tegishli fizika, biotexnologiya laborotoriyalari yangi asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Fakultetga qarashli kafedralardagi barcha ta’lim yunalishlarining o‘quv rejasidagi fanlar bo’yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan va institut axborot resurs markaziga joylashtirilgan. Barcha fanlar darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlangan, bu darslik va o‘quv qo‘llanmalar kafedralar professor-o‘qituvchilar tomonidan ilg‘or horij adabiyotlari asosida yaratilayotgan yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan boyitilmoqda.
Fakultetning barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan kafedralari, respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari, yetakchi ilmiy-tekshirish institutlari, dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik dasturi asosida, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlari va amaliyotni o‘tkazib kelmoqdalar va o‘quv ishlari bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari ham olib boriladi.
Bundan tashqari mutaxassislik kafedralari chet ellardagi turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda. Bunga misol qilib “Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti F.To‘xtaevni 2016-yili 6 oyga Koreya Respublikasi “Changwon national universiti” universitetida malaka oshirganini, M.G.Ismailova va F.X.To‘xtaevlar 2018 yil iyun-avgust oylarida Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib kelganliklarini, qolaversa, Dorilarning sanoat texnologiyasi magistratura mutaxassisligini a’lo baholarga bitirib, Dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi xodimi bo‘lgan M.Shamsuddinovani 2 yilga ilmiy ishini tugatish uchun yuqorida nomi keltirilgan universitetga hamkorlik asosida ketganini ko‘rsatish mumkin.
Bundan tashqari, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga yetuk professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladilar. Ular talabalarni mustaqil ravishda ilmiy izlanishlar olib borishga, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga va zamonaviy ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatadilar. Iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlari bilan birga o‘zlari bajargan ilmiy tadqiqot ishlarini “Farmatsevtika jurnali”da chop etish imkoniyatiga egalar va ilmiy ishlarini magistraturaga kirib davom ettirishmoqda. Shuni ta’kidlash mumkinki, Sanoat farmatsiyasi fakultetini bitirgan bir qancha talabalar chet ellardagi turdosh oliy o‘quv yurtlari magistraturalariga kirib o‘qishlarini davom ettirishgan. Masalan, fakultetimizning avvalgi o‘quv yillarida bitirgan iqtidlorli talabalardan R.Movlyanova, I.Shukurov, A.Abdunasimov, S.Qaxxorovlar Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Koreyadagi turdosh oliy o‘quv yurtlari magistraturasiga tanlov asosida o‘qishga kirib, ilmiy faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
Fakultet kafedralari talabalarga bilim berish saviyasini oshirish maqsadida nafaqat tanishuv va o‘quv amaliyotlarini, balki ba’zi dars jarayonlar ham olib borish maqsadida “Dentafill”, “Remedy group”, “Remedy” MChJXK, “Nika Farm” OAJ, “Ziyonurfarm” QK, Mikrobiologiya instituti, Botanika bog‘i, O‘zFA qoshidagi “Genomika va bioinformatika markazi”, O‘zstandart agentligi qoshidagi Metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘limi hamda boshqa ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tekshirish institutlari bilan shartnomalar tuzilgan holda amaliyotlar va darslar olib borishmoqda.
Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tarixi
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967-yil 6-maydagi 211-sonli qaroriga binoan 1969-yil mart oyidan boshlab, Toshkent Farmatsevtika instituti qoshida provizorlar malakasini oshirish fakulteti (PMOF) tashkil etildi.
Fakultet dekanlari shajarasi
- 1967-1971 yillar – farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent T.M.Abralov;
- 1972-1984 yillar – dotsent N.M.Axmedxodjayeva;
- 1985-1986 yillar – professor E.R.Toshmuhamedov;
- 1987-1995 yillar – dotsent O.V.Bondarenko;
- 1995-2004 yillar – dotsent R.Z.Ziyayev;
- 2004-2011 yillar – professor M.M.Miralimov;
- 2011-2018 yillar – farmatsevtika fanlari doktori, professor X.S.Zaynutdinov;
PMOF tinglovchilariga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar dars berganlar. Jumladan, Farmatsiya ishini tashkil qilish fanidan professor E.R.Toshmuhamedov, dotsentlar: T.M.Abralov, V.A.Zaxarov, R.Z.Ziyayev, M.T.Radjabov, O.V.Bondarenko, O.X. Xonxodjaev, M.Ya.Stepanova, A.A.Karakozova, texnologiyadan professor Z.M.Umanskiy, dotsentlar T.K.Kasimova, E.A.Yudovich, A.Sh.Xamzina, Z.N.Nazirov; farmatsevtik kimyodan dotsentlar Yo.Q.Qodirov, A.Yu.Ibodov, E.A.Puchinyan, L.A.Xabibullayeva, N.F.Drebensova, N.M.Axmadxodjaeva; farmakologiyadan professor M.N.Maxsumov, dotsent B.X.Xodjayev; farmakognoziyadan professorlar R.L.Xazanovich, T.P.Pulatova, dotsentlar A.YA.Ibragimov, N. Alimxodjaeva, K.K. Yunusova, I.A.Xarlamov; toksikologik kimyodan professor L.T.Ikromov, dotsentlar B.O.Olimxonov, A.Yu.Toshpulatov, T.M.Mirxaitov va boshqalar dars berganlar.
Ulardan keyingi davrda fakultetda tinglovchilarga professorlar M.M.Miralimov, X.M.Yunusova, X.U.Aliyev va O.O.Abidov, dotsentlar A.M.Komilov, M.M.Malikov, A.Q.Ganiyev, M.X.Nurmuxamedova, G.S.Yusupova, X.K.Abdullayeva, O.M.Ernazarov, X.Q.Olimov, katta o‘qituvchilar Sh.Sh.Shamsiev, Z.X.Zufarova va boshqalar ta’lim berganlar.
Hozirgi kunda fakultetda professorlar X.S.Zaynutdinov, M.A.Tojiyev, Z.Salixodjayev, dotsentlar A.M.Tuxtayeva, R.T.Tullyaganov, U.J.Akramov, G.M.Ismoilova, N.A.Abduraxmanova, X.K.Bekchanov, U.X.Usmanov hamda katta o‘qituvchilar M.Z.Islamova, va Sh.T.Salyamova, faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Fakultet faoliyat ko‘rsata boshlaganida to‘rt mutahassislik, ya’ni provizor – tashkilotchi, provizor – texnolog, provizor – analitik va ximik – ekspert mutahassisliklari bo‘yicha malaka oshirish sikllari tashkil etilgan.
1994-yilda qo‘shimcha ravishda «Gomeopatiya dori vositalari texnologiyasi va sifati» sikli (yo‘nalishi) tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1995-yil 23-oktyabrdagi 501-sonli buyrug‘i provizorlarning malakasini oshirishda katta burilish yasab, unga muvofiq PMOF da 3 ta sikl (yo‘nalishi) tashkil etilgan
-
- “Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar”;
-
- “Dori tayyorlash texnologiyasi”;
-
- “Dori sifatini nazorat qilish”;
O‘qish muddati barcha sikl (yo‘nalish)larda bir oy qilib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1997-yil 24-iyundagi 302-sonli “Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari o‘qituvchilari malakasini oshirishni yanada takomillashtirish haqida” gi buyrug‘iga binoan institut malaka oshirish fakultetida 2000–2001 o‘quv yili tibbiyot bilim yurti farmatsevtika bo‘limi o‘qituvchilari malakasini oshirish sikli (yo‘nalishi) tashkil etilgan. O‘zR SSV 2001-yil 5-sentyabrdagi 400-sonli «Davolash-profilaktika muassasalari ishini yaxshilash to‘g‘risida» gi buyrug‘ini bajarish maqsadida 2001-yil 27-sentyabrda institutning 128-sonli «Davolash-profilaktika muassasalari dorixonalari xodimlarining malakasini oshirish to‘g‘risida» gi buyrug‘i chiqdi. Shu buyruq asosida PMOF da maxsus «Shifoxona dorixonasi ishini tashkil qilish» sikli (yo‘nalishi) tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001-yil 19-noyabrdagi 06/283 sonli xatiga binoan institut provizorlar malakasini oshirish fakultetida sud-tibbiyot ekspert kimyogarlari uchun 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab “Spetsializatsiya” sikli (yo‘nalishi) tashkil etildi. Malaka oshirish yo‘nalishlari dasturlari 144 soatlik (4 o‘quv xaftasi) hajmida qilib qayta ishlandi. 2006-2007 o‘quv yilida FMOF da «O‘zfarmsanoat» kontserni farmatsevtika korxonalari mutaxassislarining malakasini oshirish sikli (yo‘nalishi) tashkil qilindi. Shu o‘quv yilidan boshlab muntazam ravishda chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda Good manufacturing practice (GMP), Good pharmacy practice (GPP), Good storage practice (GSP) va Good laboratory practice (GLP) standartlari bo‘yicha sikl (yo‘nalish) tashkil qilinib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2010-yil 29-iyunda 2118-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 18-iyundagi 191-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risida” gi Nizom asosida 2010-yil fakultetda 42 soatlik “Dorixona muassasalaridan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish tartib qoidalari” yo‘nalishi tashkil etildi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalarida seminarlar o‘tkazildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, amaliy farmatsiya xodimlariga yaqindan yordam berish va fakultet ishini oqilona tashkillashtirish maqsadida 1996-yildan boshlab viloyat “Dori–darmon” AK viloyat bazalari, institut hududiy bazalari va viloyat markazlarida, ko‘chma (sayyor) sikllar tashkil etib kelinmoqda. Ko‘chma (sayyor) sikllarda mashg‘ulotlar qat’iy reja asosida olib borilmoqda. Bozor munosabatlari sharoitida mutaxassislarning malakasini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish, dorixona muassasalari ishini yaxshilash – aholiga sifatli mahsulot etkazib berishda asosiy sifat kafolati bo‘lib kelmoqda.Toshkent farmatsevtika instituti provizorlarni malaka oshirish fakultetida xorijiy mamlakatlarda provizorlar malakasini oshirish fakulteti tajribalaridan kelib chiqqan holda hamda iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni echish maqsadida 1996 yildan boshlab, har o‘quv yilida 5 tadan ko‘chma sikllar tashkil etib kelingan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2005-yil 18-maydagi 226-sonli “Farmatsevt kadrlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan farmatsevt kadrlarning diplomdan keyingi malakasini oshirish bo‘yicha muvaqqat nizom, undagi lavozim nomenklaturalari bilan tasdiqlandi.
Bugungi kunda Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tarkibida quyidagi yo'nalish mavjud:
- “Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar”;
- “Farmatsevtika amaliyotining dolzarb mavzulari”;
- “Dori turlari texnologiyasi”;
- “Dori vositalarini sifatini nazorat qilish”;
- “Steril dori tayyorlash texnologiyasi”;
- “Dorivor o‘simliklardan farmatsevtika amaliyotida foydalanishning dolzarb muammolari”;
- “Sud kimyogar – ekspertlarining ixtisoslashuvi”;
- “Tibbiyot kollejlari farmatsiya bo‘limi pedagoglarining malakasini oshirish”;
- “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi”.
“Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” yo‘nalishi 2015-2016 o‘quv yilida tashkil etilib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi (ilk) malaka oshirish sikli 2016-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan. Bundan tashqari fakultetda “Davolash – profilaktika muassasalari va dorixonalarda fitobarlar faoliyatini tashkil etish” va “Dori vositalari va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi” yo‘nalishlarini tashkil etish rejalashtirilgan. O‘quv jarayonida kompyuter dasturini qo‘llashga katta e’tibor beriladi. Shu maqsadda o‘quv qo‘llanmalari va elektron darsliklar yaratilgan.
Amaliyotga masofaviy ta’lim usuli tatbiq qilinmoqda. Buning uchun «Internet» da www.farmaseft.uz sayti ochilib, saytga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha elektron axborot ta’lim resurslari joylashtirilgan, ma’ruzalar multimediyalarni qo‘llab malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha masofadan o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Tizim turli o‘quv (ta’lim) resurslaridan foydalanish va o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasiga qarab adaptiv o‘qitishni tashkil qilish imkonini beradi. O‘zR OO‘MTV tomonidan o‘tkazilgan “Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida pedagogik va AKT ni qo‘llash muammolari” ilmiy amaliy konferensiyada www.farmaseft.uz – masofaviy ta’lim tizimi asosida tinglovchilarga saboq berish uslubining taqdimoti o‘tkazilgan bo‘lsa, 2008-yil 8-fevralda O‘zR OO‘MTV tomonidan o‘tkazilgan amaliy uslubiy seminarda ushbu uslubni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
www.farmaseft.uz saytida «Farmatsevtika amaliyoti dolzarb mavzulari» va «Steril dorilar tayyorlash texnologiyasi» yo‘nalishlari bo‘yicha farmatsevtlar malakasini oshirish sikllari yo‘lga qo‘yilib, o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari, test savollari, amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanmalar joylashtirilgan.
Xozirgi kunda www.farmaseft.uz sayti faoliyatiga kushimchalar kiritila boshlandi. Xususan, sayt tarkibiga «Elektron dekanat» (E-dekanat) funksiyasini ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda. E-Dekanat funksiyasi quyidagi afzalliklarga ega: talabgorlar malakani oshirish sikllariga yozilish uchun fakultet dekanatiga shaxsan kelib hujjatlarni taqdim etishlari shart emas, internet orqali talabnomani yuborish imkoniyati mavjud, o‘qish harajatlarini to‘lash uchun shartnomalarni elektron pochta yoki faks orqali olishi mumkin, dars rejalari va jadvallari bilan internet orqali tanishish mumkin. Bularning hammasi, natijada tinglovchilarning mablag‘ va vaqtlarining tejalishiga olib keladi.
Fakultetda fmoflib – Intranet elektron kutubxona bazasi yaratilgan. Jami elektron manbalar – 62 ta (3,69 Gb), shundan, elektron darslik va qo‘llanmalar 52 ta, o‘quv adabiyotlarining ma’ruza matnlari – 43 ta, elektron o‘quv-uslubiy majmualar – 4 ta, taqdimotlar – 39 ta. Shulardan 2 ta darslik “Организация фармацевтического дела”, “Независимый Узбекистан” elektron darsliklari o‘zining mazmuni, sifati, salohiyati bilan uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi asosida yaratilgan elektron darsliklarning III, IV toifali elektron darsliklar guruhiga kiradi. 43 ta elektron darslik va qo‘llanmalar I, II toifali elektron darsliklar guruhiga kiradi. Fakultet elektron kutubxona bazasidan institut yagona lokal tarmog‘iga ulangan barcha kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
1969-1994 yillarda PMOF bo‘yicha 8000 ga yaqin mutaxassis-provizorlar, shu jumladan 3327 provizor-tashkilotchi, 2774 provizor-texnolog, 1256 provizor-analitik, 559 sud-tibbiyoti byurosi ximik-ekspertlari o‘z malakalarini oshirishgan. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu yillarda provizor-tashkilotchi, provizor-texnolog, provizor-analitiklar sikliga malaka oshirish uchun asosan O‘zbekistondan mutaxassislar kelgan bo‘lsa, ximik-ekspert lavozimida ishlovchilar esa sobiq ittifoqning barcha respublikalaridan kelishgan. 1996-yildan boshlab PMOF da har yili 500 ga yaqin mutaxassis-provizorlar malaka oshirish kursini o‘tganlar. 1986-1994 yillarda 4000 dan ortiq mutaxassis o‘z malakasini oshirgan. 2005-2012 yillarda fakultetda malaka oshirgan tinglovchilarning soni 7111 nafarni tashkil etdi. 2012-yildan boshlab har yili 1000 nafardan ortiq mutaxassislar o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar. 2007-2009 yillarda Internet tarmog‘i orqali ta’limning masofaviy shaklida 550 mutaxassis o‘z malakasini oshirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009-yil 1-iyundagi 162-sonli “O‘zbekiston Respublikasidagi farmatsevt kadrlar malakasini oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan, mulkchilik turidan qat’iy nazar, barcha farmatsevt kadrlar “Bank ma’lumotlari” ni to‘plash borasida ijroni ta’minlash, farmatsevtlar malakasini oshirish muntazamligini va toifa belgilashni takomillashtirish maqsadida shu yildan boshlab fakultetda malaka oshirgan farmatsevt kadrlar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron tarzda to‘plab borish yo‘lga qo‘yilgan.
Yangi 2018-2019 oquv yilidan boshlab Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti tarkibida Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi, hamda 10 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi. FMOF nomi Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti deb ozgartirildi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Davolash Ishi (60910200) | Bakalavr |
| Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish (70910802) | Magistr |
| Toshkent Farmatsevtika Instituti Dorilarning sanoat texnologiyasi | Magistr |
| Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya (60910800) | Bakalavr |
| Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiyasi (60910800) | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Toshkent Farmatsevtika Instituti
42 000 000 so'm
yiliga
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Toshkent Farmatsevtika Instituti
42 000 000 so'm
yiliga
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Davolash Ishi
42 000 000 so'm
yiliga
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Toshkent Farmatsevtika Instituti
42 000 000 so'm
yiliga
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Toshkent Farmatsevtika Instituti
42 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
To'xtayev Zafar Shaxatamovich
Yunusxo`jayev Ahmadxo`ja
Ashurov Abduraxmon Akbaralievich
Ibodov Аli Yusupovich
Xojiasror Masudovich Komilov
Yunusova Xolida Mannanovna
Nazarova Zarifa Alimdjanovna
Xaydarov Vosiljon Rasulovich
Tillayeva Gulnora Urunbayevna
Fayzullaеva Nodira Sultanovna