WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali

Toshkent shahri Filial Veb-sayt

2,573

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

140

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

9

Kafedralar

2019

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktabrdagi 840-sonli qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. 2020-2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayoni boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-son qaroriga asosan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali maqomi berildi. Filialda hozirgi kunda bakalavriat bo‘yicha bosqichida kunduzgi 9 ta, masofaviy ta'lim 2 ta, kechki ta’lim yo‘nalishlarida 5 ta, xususan, Veterinariya meditsinasi, Veterinariya sanitariya ekspertizasi, Veterinariya farmasevtikasi, Zooinjeneriya, Biotexnologiya, Agronomiya, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi kabi yo‘nalishlarda, magistratura bosqichi bo‘yicha 13 ta yo‘nalishda talabalar ta’lim olishmoqda. Jami talabalar soni 2573 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari 28 nafar tayanch doktorantlar va 50 nafar mustaqil izlanuvchilar o‘z ilmiy ishlari bilan shug‘illanmoqdalar. Oliygoh o‘z faoliyatini boshlaganiga oz fursat bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi kunda ta’lim, ilmiy, xalqaro hamkorlik, sport sohalarida ko‘plab yutuqlariga erishib kelmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida chet ellik talabalarning sifatli ta'lim olishi, qulay yashashi va ijtimoiy hayotga tez moslashishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Filialda zamonaviy jihozlangan o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, kompyuter xonalari hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i talabalar ixtiyoriga taqdim etilgan. Chet ellik talabalar uchun malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar olib boriladi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy seminarlar va to‘garaklar muntazam tashkil etiladi. Shuningdek, chet ellik talabalarning O‘zbekiston madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishishlari uchun turli ekskursiyalar va ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar o‘tkazib boriladi.

Filial rahbariyati hamda mas'ul bo‘limlar chet ellik talabalarni o‘qish, yashash, huquqiy masalalar va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida doimiy qo‘llab-quvvatlaydi. Talabalar uchun xavfsiz va qulay ta'lim muhiti yaratish filial faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro hamkorlik

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib, xorijiy oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirib bormoqda.

Filial tomonidan Latviya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Polsha, Qozog‘iston, Qirg'iz Respublikasi  va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, malaka oshirish kurslari hamda akademik mobillik dasturlari muntazam amalga oshirilmoqda.

 

Til kurslari

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talabalar uchun ingliz tili va rus tili kurslari faoliyat yuritmoqda. Kurslar zamonaviy o‘qitish metodlari asosida tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi. Darslar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajadagi tinglovchilar uchun tashkil etilgan bo‘lib, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanish hamda kundalik muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Talabalar uchun imkoniyatlar

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida 2021-yilda bo‘lim qoshida tayanch doktarantura ochilgan. Tayanch doktaranturada mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlat tadqiqotchilari ham qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

2023 yilga kelib kelib tayanch doktarantlar soni 43 nafarga yetdi. Ularning orasida nafaqat mahalliy va millliy yo‘nalishda balki global darajadagi muammolar yuzasidan ham ilmiy mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda bo‘lim universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tarkibida soha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarini tayyorlash maqsadida faoliyat yuritadi.

Fakultetlar

“Veterinariya meditsinasi” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2011-yil 3-noyabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan Oliy ta'lim muassasasining fakultet to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘grisidagi” 2019-yil 3-oktyabrdagi 840-sonli qarori asosida Filial boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Fakultetda 60840100-Veterinariya meditsinasi, 60840300-Veterinariya sanitariya ekspertizasi, 60840200-Veterinariya farmasevtikasi, 70840302-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyaasi, mikrobiologiyasi va immunologiyasi, 70840301-Veterinariya sanitariyasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash gigiyenasi, 70840102-Veterinariya jarrrohligi, 70840105-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi, 70840303-Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasaliklari,  70840101-Hayvonlarga tashxis qo‘yish va davolash, 70840103-Veterinariya farmokologiyasi va toksikologiyasi mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 29 avgustdagi 464-I-son O‘zbekiston Respublikasini qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 3 oktabrdagi 840-sonli qaroridan kelib chiqib Samarqand veterinariya meditsinasi isnstitutining Toshkent filialini “Texnologiyalar” fakultetining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Fakultetda 60810800-Zooinjeneriya, 60710200 - Biotexnologiya, 60520200 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 60812100 – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, 60810400 – Agronomiya   ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr talabalari, 70810801-Parrandachilik, 70810802-Qishloq xoʻjalik hayvonlarining seleksiyasi va naslchilik, 70830101-Baliqchilik, 70710201-Beotexnologiya, 70520202-Ekologiya mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 3 oktabrdagi 840-sonli qaroridan kelib chiqib Samarqand veterinariya meditsinasi insituti Toshkent filialining  “Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi negizida 2023-yilda tashkil topgan.

Fakuletda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida 60310100 - Iqtisodiyot,  60410200 - Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr talabalari, 70410201-Buxgalteriya hisobi   mutaxasisligi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

Ta'lim yo'nalishlari

Agronomiya 60810400 Bakalavr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Biotexnologiya (mahsulot turi bo‘yicha) 70710201 Magistr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 70410201 Bakalavr
Ekologiya 70520202 Magistr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 Bakalavr
Veterinariya farmatsevtikasi. 60840200 Bakalavr
Veterinariya jarrohligi 70840102 Magistr
Veterinariya meditsinasi 60840100 Bakalavr
Veterinariya sanitariya ekspertizasi 60840300 Bakalavr
Veterinariya sanitariyasi, veterinar-sanitarlik ekspertizasi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash gigiyenasi 70840401 Magistr
Zooinjeneriya 60810800 Bakalavr