Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
10,844
Talabalar
0
Xorijiy talabalar
164
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
45
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Universitet haqida
Navoiy innovatsiyalar universiteti (NIU) O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarga asoslangan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet oliy ta’lim xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshirib kelmoqda. Universitet bitiruvchilariga beriladigan diplomlar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat tomonidan tan olinadi.
Universitetning bosh kampusi Navoiy viloyati Karmana tumani, Toshkent ko‘chasi 39-uy manzilida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida kampuslari faoliyat yuritmoqda. Universitetda 10 000 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda, 160 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda hamda 21 dan ortiq bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Universitet tashkil topganidan buyon 1 000 nafardan ortiq bitiruvchilar mehnat bozoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati ta’lim, sanoat, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Universitet talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda universitetda zamonaviy kutubxona, elektron ta’lim resurslari, sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi, ma’naviy-ma’rifiy markazlar hamda talabalar turar joylari faoliyat yuritadi. Talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash masalalarini samarali tashkil etish maqsadida universitetda alohida bo‘lim tashkil etilgan.
Talabalar HEMIS axborot tizimi orqali o‘quv jarayonlarini boshqarish, elektron kutubxonadan foydalanish, masofaviy ta’lim elementlaridan foydalanish hamda o‘z akademik faoliyatini muntazam nazorat qilish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, xorijiy talabalar zamonaviy jihozlangan va barcha zarur qulayliklarga ega talabalar turar joylari hamda hostellarda istiqomat qilishlari mumkin. Universitet tomonidan ularga yashash va ta’lim olish uchun zarur sharoitlar yaratiladi hamda viza masalalarida amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Xalqaro hamkorlik
Navoiy innovatsiyalar universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Universitet Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa qator davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunga qadar universitet tomonidan 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan. Mazkur hamkorliklar talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, xalqaro stajirovkalar, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Universitetning xalqaro hamkorlik faoliyati talabalarning global ta’lim makonidagi integratsiyasini ta’minlash, ularning kasbiy va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajribani o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.
Til kurslari
Universitetda ta’lim jarayoni talabalar uchun qulay va samarali o‘quv muhitini yaratish maqsadida asosan o‘zbek tilida tashkil etiladi. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari hamda amaliyotga yo‘naltirilgan metodlar asosida olib boriladi.
Universitet xalqaro ta’lim muhitini rivojlantirish va xorijiy talabalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu munosabat bilan, xalqaro talabalar qabul qilingandan so‘ng, ta’lim jarayonini ingliz tilida tashkil etish ham rejalashtirilgan. Bu esa turli davlatlardan kelgan talabalar uchun qulay akademik muhit yaratish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish hamda talabalar o‘rtasida madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur yondashuv universitetning xalqaro nufuzini yanada oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish va talabalarga global mehnat bozorida raqobatbardosh bilim hamda ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Fakultetlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi universitetning yetakchi ilmiy-pedagogik bo‘linmalaridan biri hisoblanib, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada jami 38 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibida 3 nafar fan doktori (DSc) hamda 16 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega malakali mutaxassislar mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
Kafedra jamoasi tomonidan ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar keng joriy etilmoqda. Professor-o‘qituvchilar respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar hamda ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib, o‘z ilmiy salohiyatlarini muntazam ravishda oshirib bormoqdalar.
Kafedraning mavjud ilmiy salohiyati nafaqat sifatli ta’lim berish, balki ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi universitetning zamonaviy ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi yetakchi tarkibiy bo‘linmalardan biri hisoblanadi. Kafedra iqtisodiy bilimlar hamda axborot texnologiyalari sohasida chuqur nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda kafedrada jami 24 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning tarkibida 1 nafar fan doktori (DSc) hamda 9 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislar mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilarining umumiy ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
Kafedra jamoasi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, innovatsion yondashuvlar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Professor-o‘qituvchilar respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va turli ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib, o‘z ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib bormoqda.
Kafedraning mavjud ilmiy salohiyati yuqori sifatli ta’lim berish bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi universitetning ilmiy-pedagogik tizimida muhim o‘rin tutuvchi yetakchi tarkibiy bo‘linmalardan biri hisoblanadi. Kafedra aniq fanlar, muhandislik-texnika yo‘nalishlari hamda tabiiy fanlar sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada jami 30 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibida 1 nafar fan doktori (DSc) hamda 12 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega tajribali va salohiyatli mutaxassislar mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilarining umumiy ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
Kafedra jamoasi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, innovatsion yondashuvlar asosida darslarni tashkil etish hamda talabalarning ilmiy va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Professor-o‘qituvchilar respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar hamda ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib, o‘z ilmiy va kasbiy salohiyatlarini doimiy ravishda oshirib bormoqdalar.
Kafedraning mavjud ilmiy salohiyati sifatli ta’lim berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi universitetning yetakchi ilmiy-pedagogik bo‘linmalaridan biri bo‘lib, tilshunoslik, filologiya hamda zamonaviy tillarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Kafedra ta’lim jarayonini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etish, til o‘qitish metodikasini rivojlantirish hamda talabalarni chuqur lingvistik bilimlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda kafedrada jami 38 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibida 4 nafar fan doktori (DSc) hamda 9 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislar mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilarining umumiy ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
Kafedra jamoasi ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish hamda talabalarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Professor-o‘qituvchilar respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etib, o‘z ilmiy va kasbiy salohiyatlarini doimiy ravishda oshirib bormoqdalar.
Kafedraning mavjud ilmiy salohiyati nafaqat sifatli ta’lim berish, balki ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tilshunoslik va ta’lim integratsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Energetika muhandisligi 60710400 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr |
| Konchilik ishi 60720800 | Bakalavr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Marketing 60411200 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr Magistr |
| Tarix (Islom sivilizatsiyasi) 70220301 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Iqtisodiyot
26 500 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Tarix
26 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Marketing
24 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Buxgalteriya hisobi
24 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Iqtisodiyot
24 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
24 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Konchilik ishi
24 000 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Biologiya
21 500 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Tarix
21 500 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Psixologiya
21 500 000 so'm
yiliga
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
Pedagogika
21 500 000 so'm
yiliga