WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Navoiy viloyati Davlat Veb-sayt

10,689

Talabalar

16

Xorijiy talabalar

343

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

21

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti (NDKTU) yarim asrdan ortiq tarixga ega.

NDKTU tog'-kon sanoati uchun, shuningdek, mashinasozlik, elektroenergetika, energetika, kimyo texnologiyasi, jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar kabi tegishli tarmoqlar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi. Universitet professor-o‘qituvchilarining fidoyiligi, ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyasi, xorijiy hamkorlar bilan samarali hamkorligi bilan ta’lim muassasalari orasida alohida ajralib turadi. NDKTU ilmiy konferensiyalarni tashkil qiladi va faol qo‘llab-quvvatlaydi va bu orqali bilim va tajriba almashish uchun platforma yaratadi, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlash hamda talabalar va professor-o'qituvchilarga dolzarb munozaralar va loyihalarda qatnashish imkoniyatini beradi. Shuningdek, universitet tog'-kon ta'limi sohasida eng ilg‘or OTMlar bilan talabalar almashinuv dasturiga ega. Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetining oltin va uran qazib olish sohalaridagi tajribasi bizning o‘quv dasturimizga ajoyib mavqe beradi.

Universitet tarixi

  • 1963 –Toshkent politexnika instituti filiali
  • 1990 – Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti filiali
  • 1992 – Toshkent davlat texnika universiteti filiali
  • 1995 – Navoiy davlat konchilik instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi  PQ-186-son qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.

Xorijiy talabalar uchun

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti xorijiy talabalar uchun sifatli ta’lim olish va o‘qish davrida qulay sharoitlarda yashash imkoniyatlarini yaratadi. Universitet konchilik, metallurgiya, energetika, mashinasozlik, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash texnologiyalari hamda boshqa zamonaviy texnik va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni talabalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki zamonaviy uskunalar, ilmiy faoliyat va sanoat korxonalari bilan hamkorlik orqali amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.

Xorijiy fuqarolar universitetga o‘qishga kirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishlari mumkin. Buning uchun ariza, pasport, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan), zarur bo‘lganda hujjatlarning tarjimasi, fotosuratlar va tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi. Xorijiy talabalarni qabul qilish universitetning tegishli bo‘limlari orqali amalga oshiriladi va ular hujjatlarni rasmiylashtirish hamda o‘qish jarayoni bilan bog‘liq tashkiliy masalalarda yordam ko‘rsatadi. Xorijiy talabalar ta’limni asosan kontrakt asosida oladilar, o‘qish narxi esa tanlangan mutaxassislik va ta’lim bosqichiga bog‘liq bo‘ladi.

Universitetda ta’lim tillari o‘zbek, rus va ingliz tillaridan iborat bo‘lib, bu turli mamlakatlardan kelgan xorijiy talabalar uchun qulay ta’lim muhitini yaratadi. Bir nechta tillardan foydalanish talabalar uchun o‘quv jarayoniga moslashishni osonlashtiradi va qulay til muhitida bilim olish imkonini beradi. Zarur hollarda talabalarga qo‘shimcha til tayyorgarligi imkoniyatlari ham yaratilishi mumkin.

Talabalar uchun bo‘sh joylar mavjud bo‘lsa, universitet yotoqxonasida yashash imkoniyati taqdim etiladi. Yotoqxonalarda talabalar uchun qulay yashash sharoitlari yaratilgan bo‘lib, xonalar, umumiy foydalanish joylari va zarur qulayliklar mavjud. Xorijiy talabalar migratsiya talablari, ro‘yxatdan o‘tish va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarida ham qo‘llab-quvvatlanadi. Universitetda xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyat yuritadi va ushbu bo‘lim migratsiya hujjatlari hamda boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetda sport, o‘quv va ilmiy to‘garaklar, shuningdek turli talabalar klublari faoliyat yuritadi. Talabalar turli tadbirlarda ishtirok etishlari, o‘z qiziqishlarini rivojlantirishlari, ijodiy qobiliyatlarini oshirishlari va o‘quv dasturidan tashqari qo‘shimcha tajribaga ega bo‘lishlari mumkin.

Faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun universitetda zarur jihozlar bilan ta’minlangan sport majmuasi mavjud. Bu yerda talabalar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari, sport to‘garaklarida qatnashishlari va turli musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin. Ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyati uchun universitet zamonaviy laboratoriyalar va kompyuter xonalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular amaliy mashg‘ulotlarni bajarish, ilmiy izlanishlar olib borish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Universitet hududining barcha joylarida bepul internetdan foydalanish imkoniyati mavjud. Bu talabalar uchun o‘qish, mustaqil tayyorgarlik ko‘rish va ilmiy faoliyat olib borishda qulay sharoit yaratadi. Talabalar elektron resurslardan, zamonaviy texnologiyalardan va raqamli materiallardan foydalanib, topshiriqlar va loyihalarni tayyorlashlari mumkin.

Universitet talabalar uchun maslahat va psixologik yordam xizmatlarini ham taqdim etadi. Mutaxassislar talabalarga yangi ta’lim va ijtimoiy muhitga moslashishda, yuzaga keladigan masalalarni hal qilishda hamda o‘qish davrida zarur yordam olishda ko‘maklashadi.

Universitetning bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda. Bu ta’lim sifatini tasdiqlaydi va olingan diplomning xalqaro miqyosda tan olinishiga yordam beradi. Bu esa bitiruvchilarga nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham ish topish va professional faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida tahsil olish xorijiy talabalar uchun zamonaviy bilim olish, kasbiy rivojlanish va o‘qish davrida qulay sharoitlarda yashash imkonini beradi.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik zamonaviy universitet hayotining ajralmas qismidir. Ta'lim sohasi samarali va uyg‘un rivojlanish uchun u jahon ta'lim va ilmiy hamjamiyati tomonidan shakllantirilgan ustuvorliklarni hisobga olishi, ilmiy yutuqlarga tayanishi lozim. Universitetning xalqaro rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uning dunyodagi nufuzini ko‘tarilishini, xalqaro reytingda munosib o‘rin egallashi garoviga aylangan. Bu bilan birga xalqaro aloqalarni kengaytirilishi qo‘shimcha moliyalashtirish va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlik manbai hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyodagi globallashuv va integratsiya jarayonlarining jadallashish sur’atlarni inobatga olgan holda 2019-yil 8-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-son Farmoni ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu farmondagi vazifalarni izchil bajarishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-186-son qarorida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limining o‘rni yanada oshmoqda.

Universitetning xalqaro faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • O‘quv jarayoniga nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etish;
  • Universitetda xorijiy talabalar ulushini oshirish;
  • Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish va undagi talabalar eshtirokini ta’minlash;
  • Xalqaro loyihalar asosida xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oliy taʼlim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish;
  • Xalqaro reytingda birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD, DSc) olgan professor-o‘qituvchilarni sonini oshirish;
  • Xorijda professor-o‘qituvchilar va rahbar kadrlarni malakasini oshirishni yoki stajirovka o‘tashini ta’minlash va h.k.

Bugungi kunda universitet AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Chili, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gana, Turkiya, Rossiya, Belarussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarining 50-tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Hamkorlik doirasida har yili universitetimizga 20-dan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilinmoqda, 100-lab xorijiy universitetlarga talabalarning akademik mobilligi amalga oshirilmoqda, 11-ta qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanib kelmoqda, 30 tadan ortiq universitet yosh olimlari va tadqiqotchilari dunyoning turli nufuzli universitetlarga malaka oshirishlari uchun yuborilmoqda. Universitetimiz xodimlari xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelyaptilar. Bugungi kunga qadar universitetimiz Erasmus plyus, World bank, UniCEN, JSPS, JICA, Royal Society  va boshqa shu kabi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro loyihalarni amalga oshirishda chuqur tajribaga ega.

Til kurslari

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida xorijiy abituriyentlar uchun Foundation Course tayyorlov dasturi tashkil etilgan bo‘lib, u rus tilini o‘rganish hamda universitetda o‘qishga moslashishga qaratilgan.

Mazkur kurs bakalavriat bosqichiga kirishni rejalashtirayotgan, ammo rus tili bo‘yicha tayyorgarlikka muhtoj bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan. Bir yil davomida talabalar rus tilini intensiv ravishda o‘rganadilar, o‘qish, yozish, tinglab tushunish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shuningdek, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan akademik terminologiya bilan tanishadilar.

Dastur talabalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan rus tilini samarali o‘zlashtirish;

  • universitet ta’lim tizimiga moslashish;

  • mutaxassislik fanlarini o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rish;

  • erkin muloqot va akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Xorijiy talabalar uchun bakalavriat ta’limi 1+4 formatida amalga oshiriladi:

  • 1 yil — rus tilini o‘rganish bo‘yicha tayyorlov kursi (Foundation Course);

  • 4 yil — tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’limi.

Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar universitetda tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘qishni davom ettirishlari va o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etishlari mumkin.

Tayyorlov kursi uchun o‘qish narxi: yiliga 600 AQSh dollari.

Mazkur tayyorlov dasturi xorijiy talabalar uchun muvaffaqiyatli ta’lim olish hamda kelajakdagi professional faoliyatlari uchun mustahkam til va akademik asos yaratadi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

Talabalarning ilmiy texnikaviy hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali mutaxassislik va kasbiy ijodiy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi faoliyat yuritmoqda.

Iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarning asosiy maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi iqtidorli yoshlarni tayyorlash va tegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini, ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashishdan iboratdir.

Iqtidorli talabalar bilan ishlashni to'g'ri tashkil etish va individual yondashuv tufayli NDKTU talabalari universitetda o'qish davomida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Ular muntazam ravishda konferentsiyalar, olimpiadalar va musobaqalarda sovrinli o'rinlarni egallaydilar. Shu maqsadda universitetda qulay sharoitlar yaratilgan. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetda ilmiy-tadqiqot to‘garaklari, fan to‘garaklari, sport to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va jami 119 ta to‘garaklarda 2412 nafar talabalar jalb qilingan. Yoshlarni sportga keng jalb qilish va jismoniy tarbiyani ommalashtirish maqsadida universitet sport majmuasida tashkil etilgan. Talabalarga ingliz, nemis, fransuz va rus tillarini mukammal o‘rgatish uchun “O‘zbek va chet tillari” kafedrasida qo‘shimcha tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Fan, sport va ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklar nafaqat universitetda, shuningdek, talabalar turar joyida ham faoliyat yuritmoqda. Ilmiy-tadqiqot to‘garaklari universitet kafedralarida tashkil qilingan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida faoliyat olib bormoqda.

Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. O‘tgan yil davomida talabalar tomonidan 59 ta ilmiy maqola chop etildi, 179 nafar talaba ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashdi.

2023 yildagi yutuqlar qatorida quyidagilarni ta'kidlash lozim:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida 1 nafar talaba respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi.
  • “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Olima va tadqiqotchi ayollar” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida “Eng yaxshi ilmiy maqola muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha1 nafar talaba g‘olib deb topildi.
  • 1 nafar talaba “Солнечный свет” xalqaro onlayn olimpiadada ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi.
  • 1 nafar talaba “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya”si sovrindoriga aylangan.
  • 3 nafar talaba “Beruniy nomli davlat stipendiya”si sovrindoriga bo‘ldi.
  • 1 nafar talaba “Islom Karimov nomli davlat stipendiya”si sovrindori bo‘ldi.
  • 1 nafar talaba “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti” sovrindori bo‘ldi.

Fakultetlar

Energetika va mexanika fakulteti 1995-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda u Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi.

 

Birlamchi, tabiiy energiyani ikkilamchi energiyaga aylantirish orqali energiya ishlab chiqarishni ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanishni oqilona kengaytirish asosida mamlakatimizni elektrlashtirish, shuningdek, muqobil, ekologik toza va arzon energiya manbalarini izlab topish mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir.

 

Zamonaviy dunyoda, ya’ni yuqori texnologiyalar olamida, birorta ham texnologik jarayonni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi, bu esa texnologik jarayonning o'zini bevosita odam ishtirokisiz boshqarishga imkon beradi hamda eng mas'uliyatli qarorlarni qabul qilish huquqini insonda qoldiradi.

 

Mashinasozlikdagi texnologik innovatsiyalar ishlab chiqarilayotgan mashinalarning unumdorligi va sifatini oshirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli, mashina va asbob-uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko'rsatish ishlab chiqarishni ish holatida saqlashda hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun yangi zamonaviyroq uskunalarni joriy etishda juda muhim sanaladi.

 

Shunday qilib, fakultetda yuqoridagi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlaydigan 5 ta kafedra faoliyat yuritadi:

  • Energetika
  • Elektr energetikasi
  • Mashinasozlik texnologiyasi
  • Avtomatlashtirish va boshqarish
  • Muhandislik mexanikasi
  • Umumiy fizika

 

Bugungi kunda Energo-mexanika fakulteti kafedralarida 60 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, jumladan, 7 nafar fan doktori va 19 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 6 ta bakalavriat yo‘nalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

 

Bakalavr yo'nalishlari:

  • 60710500 - Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60710600 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • 60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv
  • 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish, ta’lim yo‘nalishlari
  • 60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)

 

Magistrlik mutaxassisliklari

  • 70711401 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo'yicha)
  • 70720801 - Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (Mashinasozlikda)
  • 70710601 – Elektr ta’minoti (tarmoqlar boʻyicha)
  • 70720601 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)

Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri rangli metallurgiya hisoblanadi. Sanoatda asosan ogʻir, nodir, noyob va radioaktiv metallar ishlab chiqariladi. Sanoatning yirik korxonalari Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlaridir. Chirchiqda volfram va tarkibida molibden boʻlgan rudalardan issiqqa chidamli va oʻtga chidamli metallar ishlab chiqarish zavodi faoliyat yuritmoqda. “O‘zmetkombinat” AIChB Markaziy Osiyodagi yagona qora metallurgiya korxonasidir.

 

Kimyo sanoati Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biridir. Hozirgi kunda “Maksam-Chirchiq”, “Navoiyazot” va “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatlarida azotli oʻgʻitlar: ammiakli selitra, karbamid va ammoniy sulfat ishlab chiqarilmoqda. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari “Ammofos”, “Samarqandkimyo” va “Qoʻqon superfosfat zavodi” tarkibida fosforli oʻgʻitlar, ammofos, suprefos, oddiy ammiaklangan superfosfat, ammoniy sulfofosfat va nitrokalsiy fosfat ishlab chiqariladi. Ularni Qizilqum fosforit zavodi xomashyo bilan ta’minlamoqda. “Elektroximzavod” AJ-QKda o‘simliklarni himoya qilish uchun turli xil kimyoviy vositalar ishlab chiqariladi.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, kimyo-metallurgiya fakulteti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, ushbu ikki iqtisodiy muhim tarmoq uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.

 

Bugungi kunda Kimyo-metallurgiya fakultetida 85 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, jumladan, 7 nafar fan doktori, 39 nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 5 ta kafedra mavjud:

  • Metallurgiya
  • Kimyoviy texnologiya
  • Iqtisodiyot va menejment
  • Oliy matematika va axborot texnologiyalari
  • Ijtimoiy va gumanitar fanlar

 

Bakalavr yo'nalishlari:

  • 60411700 - Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • 60712100 – Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)
  • 60710100 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turi bo'yicha)
  • 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

 

Magistrlik mutaxassisliklari:

  • 70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 70411701 - Logistika (yoʻnalishlar boʻyicha)
  • 70710101 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
  • 70710103 - Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha)
  • 70712101 - Metallurgiya (metall turlari bo‘yicha)
  • 70721503 - Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)

Qishloq-xo’jaligi fakulteti Navoiy regionida tuproq  va suv muammolari kuchayib borishi ortidan 2021 yilda Navoiy davlat konchilik instituti negizida paydo bo’ldi. Fakultetning asosiy vazifasi yosh kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda hozirda dolzarb bo’lgan iqlim o’zgarishlari chiqindi suvlarni tozalash va tuproq sho’rlanishini oldini olishdek yuksak vazifalar qo’yilgan.  O‘zbekiston Agrar sohasiga ixtisoslashtirilgan mamlakat bo’lib bugungi kunda 56 % yer maydonlariga ekinlar ekiladi. Navoiy regionining 65 % yer maydonlari ekilishga yaroqli bo’lganligi ushbu fakultetni aynan Navoiy viloyatida tashkil etish va kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun turtki bo‘ldi.

 

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori bilan 2021 yilda Navoiy davlat konchilik institutida 4-fakultet Qishloq-xo’jaligi fakulteti tashkil etildi. 

 

Bugungi kunda Qishloq-xo’jaligi fakultetida 25 dan ortiq o‘qituvchilar, jumladan, 3 nafar fan doktorlari va 9 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

  • “Agronomiya” kafedrasi
  • “ Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ” kafedrasi

 

Bakalavr yo'nalishlari:

  • 60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
  • 60811500 - Zooinjeneriya(turlari bo‘yicha)
  • 60710200 - Biotexnologiya
  • 60730300 - Qurilish muhandisligi:Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
  • 60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari  qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)
  • 60730300 - Qurilish muhandisligi: Bino va inshootlar qurilishi
  • 60711300 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

 

Magistrlik mutaxassisliklari:

  • 70710201 - Biotexnologiya (oziq-ovqat, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi uchun biopreparatlar)
  • 70711302 - Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 70730401 - Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo`yicha)
  • 70730301 - Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi boʻyicha)
  • 70730309 - Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari

Konchilik fakultetining tarixi O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatining paydo bo‘lishiga borib taqaladi. Mamlakatda tog'-kon sanoatining rivojlanishi yuqori malakali mutaxassislarni doimiy ravishda yetishtirishni talab etgan. Navoiy viloyatida yirik foydali qazilma konlari aniqlanib, o‘zlashtirila boshlaganligi tog‘-kon sanoati uchun kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun turtki bo‘ldi.

 

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1995-yil 7-iyuldagi “Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 1995-yilda Navoiy davlat konchilik instituti tashkil topgan vaqtga kelib, Konchilik fakulteti to'laligicha yo'lga qo'yilgan edi.

 

Bugungi kunda konchilik fakultetida 80 dan ortiq o‘qituvchilar, jumladan, 10 nafar fan doktor va 22 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 5 ta kafedra mavjud:

  • “Konchilik ishi” kafedrasi
  • “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi
  • “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va  texnologiyasi” kafedrasi
  • “O’zbek va chet tillari” kafedrasi
  • “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi

 

Bakalavr yo'nalishlari:

  • 60112400 - Professional ta`lim: konchilik ishi
  • 60721900 - Konchilik elektr mexanikasi
  • 60721500 – Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • 61020200 - Mehnat muhofazasi va texnika xafsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60722400 - Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi

 

Magistrlik mutaxassisliklari:

  • 70721901 - Konchilik mashinalari va jihozlari
  • 70722401 - Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi
  • 70721501 - Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha)
  • 70721902         Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

Ta'lim yo'nalishlari

Agronomiya 60810400 Bakalavr
Atrof-muhit muhandisligi 60711800 Bakalavr Magistr
Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) 70730301 Magistr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Biotexnologiya (mahsulot turi bo‘yicha) 70710201 Magistr
Elektr muhandisligi 60710500 Bakalavr
Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha) 70710601 Magistr
Energetika muhandisligi 60710400 Bakalavr
Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha) 70721503 Magistr
Ipakchilik va tutchilik 60810900 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Kimyo muhandisligi 60710100 Bakalavr Magistr
Konchilik elektr mexanikasi 60721200 Bakalavr
Konchilik ishi 60720800 Bakalavr
Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish 70721902 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr Magistr
Materialshunoslik 60720300 Bakalavr
Metallurgiya muhandisligi 60711200 Bakalavr Magistr
Metrologiya va standartlashtirish 60710800 Bakalavr
Mexanika muhandisligi 60712300 Bakalavr Magistr
Mexatronika va robototexnika 60711000 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji 70730401 Magistr
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari bo‘yicha) 60730400 Bakalavr
Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi 70722401 Magistr
Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi 60721400 Bakalavr
Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 Bakalavr
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 Bakalavr
Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari 70730309 Magistr
Qurilish muhandisligi 70730301 Bakalavr
Qurilish muhandisligi 60730300 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr Magistr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 Bakalavr
Zooinjeneriya 60810800 Bakalavr
Zooinjeneriya: asalarichilik 60811500 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Fayziyev Ulugʻbek Gʻaniyevich

Yirik o‘zbek tadbirkori, "Zarafshan Golden Group" ko‘p tarmoqli kompaniyasi asoschisi, davlat arbobi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi. Ta’limi: 1998 yilda Navoiy davlat konchilik institutini tamomlagan. 2010 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini "Iqtisodchi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Tadbirkorlik faoliyati: Faoliyat boshlanishi: 1996 yilda atigi 6 nafar xodimdan iborat bo‘lgan kichik xususiy "Fayz" korxonasini tashkil qilgan. Keyinchalik Zarafshon shahridagi 49-sonli avtokorxonaning xususiylashtirilgan aksiyalarini sotib olib, uning texnik bazasini to‘liq yangilagan. Konsorsium tashkil etilishi: "Zarafshan Golden Group" xoldingini tashkil qilgan. Ushbu kompaniya Navoiy viloyati va Toshkent shahridagi yirik qurilish kompaniyalaridan biriga aylangan. Biznes ko‘lami: Bugungi kunda ushbu brend ostida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, qurilish materiallari (gazbeton, g‘isht, ohak) ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati va eko-turizmni rivojlantirish ("Ekobog‘" loyihasi, Karmana tumanida) bilan shug‘ullanuvchi 18 dan ortiq korxonalar birlashgan. Davlat va siyosiy faoliyat: Senator: 2020 yil yanvar oyida Oliy Majlis Senati (to‘rtinchi chaqiriq) a’zosi etib saylangan. Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tarkibiga kirgan. Hokimlikdagi faoliyati: 2021 yil 13 noyabrdan 2023 yil 23 oktabrgacha Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Davlat mukofotlari: 2019 yilda O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qo‘shgan katta hissasi uchun "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Ergashev Dilmurod Bekmuradovich

Navoiy shahar hokimi Ma’lumoti: oliy 2000 y. Navoiy davlat konchilik instituti (kunduzgi) Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: kimyoviy texnologiya va biotexnologiya. MЕHNAT FAOLIYATI 1997-2000 yy. - Navoiy davlat konchilik instituti talabasi 2000-2001 yy. - “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi 13-sulfat ammoniy syexi smena ustasi 2001-2006 yy. - “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi nitron zavodi 101-kimyoviy syexi smena boshlig‘i, syex boshlig‘i o‘rinbosari - texnik rahbari 2006-2008 yy. - “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati 50-syex menejment boshqarmasi yetakchi muhandis- iqtisodchisi 2008-2010 yy. - “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati nitron zavodi 101-kimyoviy syex boshlig‘i 2010-2014 yy. - “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati nitron ishlab chiqarishi boshlig‘i o‘rinbosari, ishlab chiqarish boshlig‘i 2014-2014 yy. - “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati organika sintezi va nitron tolasi ishlab chiqarishi nitron tolasi ishlab chiqarishi boshlig‘i o‘rinbosari – texnik rahbari 2014-2015 yy. - “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati 50-syex kapital qurilishni butlash bo‘limi boshlig‘i 2015-2015 yy. - “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati organika sintezi va nitron tolasi ishlab chiqarishi boshlig‘i 2015-2017 yy. - “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan shoʻba injiniring kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori 2017-2020 yy. - Karmana tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 2020-2021 yy. - “Navoiy kon metallurgiya kombinati” DK kapital tamirlash boshqarmasi boshlig‘ining sanoat ob’yektlari qurilishi bo‘yicha o‘rinbosari 2021-2023 yy. - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘ining sanoat ob’yektlarini qurish bo‘yicha o‘rinbosari 2023 y. - h. v. - Navoiy shahar hokimi

Yusupov Ural Sadullayevich

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari Ta’lim muassasalari va yo‘nalishi: Navoiy davlat konchilik instituti (bakalavriat), Rossiya davlat geologiya-qidiruv universiteti nomidagi S. Ordjonikidze (kunduzgi magistratura, Moskva shahri). Texnik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Milliy tadqiqot texnologik universiteti “MISiS”ning Olmaliq filiali. Karyerasi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vazirlikka tayinlangunga qadar turli mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2024-yil oktabridan boshlab O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Mardonov Baxtiyor Teshayevich

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Ma’lumoti: oliy (1986–1992), Toshkent politexnika institutining Navoiy filiali (hozirgi nomi — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti) Mutaxassisligi: mashinasozlik texnologiyasi Ilmiy darajasi va unvoni: texnika fanlari doktori, professor Ma’muriy faoliyati: 1999–2007 — Navoiy davlat konchilik instituti energiya-mexanika fakulteti dekan o‘rinbosari 2007–2009 — Navoiy davlat konchilik instituti energiya-mexanika fakulteti dekani 2009–2018 — Navoiy davlat konchilik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori 2018–2022 — Navoiy davlat konchilik instituti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori 2022 – hozirgi vaqtgacha — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori

Umarov Farxodbek Yarkulovich

Olmaliq shahridagi Milliy tadqiqot texnologiya universiteti «MISIS» filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor, Yevroosiyo konchilik fanlari akademiyasi akademigi. Ta’lim Bakalavriat: Navoiy davlat konchilik institutini “Konchilik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Magistratura: Toshkent davlat texnika universitetida (TDTU) “Foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish” mutaxassisligi bo‘yicha tahsilni davom ettirgan. Ilmiy va mehnat faoliyati Karyera boshlanishi: Kasbiy mehnat faoliyatini Navoiy davlat konchilik institutida boshlagan. Ilmiy darajalar: Nomzodlik va keyinchalik doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari karer qiyaliklarining barqarorligi hamda foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish texnologiyalariga bag‘ishlangan. E’tirof: 2018-yil noyabr oyida Yevroosiyo konchilik fanlari akademiyasi (YEFKA) prezidiumi qaroriga binoan akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik) unvoni berilgan. U ushbu akademiyada bu maqomga ega bo‘lgan eng yosh olimlardan biri bo‘lgan. Mukofotlar: 2023-yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligining ta’lim va ilmiy-texnologik rivojlanishga qo‘shgan katta hissasi uchun beriladigan nufuzli medal bilan taqdirlangan. Hozirgi ish joyi: 2018-yil oktabr oyida rahbariyat qarori bilan Milliy tadqiqot texnologiya universiteti «MISIS»ning Olmaliq filiali direktori lavozimiga tayinlangan.

Tursunov Kobul Beknazarovich

Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari. Ta’limi 1993-yil — Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filialini tamomlagan (mutaxassisligi: muhandis-quruvchi). 2004-yil — Buxoro davlat universitetini tamomlagan (mutaxassisligi: iqtisodchi). 2005-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Siyosiy faoliyati va asosiy lavozimlari Senatdagi faoliyati: 2015-yilda ilk bor Oliy Majlis Senatiga (III chaqiriq) saylangan. Keyinchalik IV chaqiriq (2020-yil) Senatiga qayta saylangan, 2024-yil noyabr oyida esa Navoiy viloyatidan yangilangan Senat tarkibiga yana kirgan. Hudud rahbariyati (hokimlik): 2012-yildan 2016-yilgacha Nurota tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yil 25-dekabrdan 2021-yil noyabrigacha Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. Hozirgi faoliyati: Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida moliyaviy sohadagi qonun ijodkorligi, jumladan Hisob palatasi faoliyati shaffofligini ta’minlash va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida faol ish olib bormoqda.

Xasanov Jaxongir Tolibovich

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, boshqaruv aʼzosi Ma’lumoti 2000-yilda Navoiy davlat konchilik instituti, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyati 2000-2010-yy. — “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2010-2021-yy. — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi boshqarmasi Moliya-iqtisod boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i. 2022-2023-yy. — “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori. 2023-2025-yy. — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari, boshqaruv aʼzosi. 2026-y. — h.v. — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, boshqaruv aʼzosi.

Ravshanov Atabek Fayzullayevich

“NKMK” AJ bosh muhandisi, boshqaruv aʼzosi. Ma’lumoti 2001-yilda Navoiy davlat konchilik instituti bakalavriati va 2004-yilda mazkur institut magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyati 2004-2013-yy. — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” shaxtasi konchilik uchastkasi kon ishchisi, kon ustasi, uchastka boshlig‘i o‘rinbosari, uchastka boshlig‘i, shaxta bosh muhandisi. 2018-2021-yy. — “NKMK” DK Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” koni boshlig‘i. 2021-2022-yy. — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati “Muruntov” koni boshlig‘i. 2022-y. — h.v. — “NKMK” AJ bosh muhandisi, boshqaruv aʼzosi.

Talabalar fikri

Yermekbayev Nurlan

Do'stlar, Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tanlang, fikrimcha bu eng yaxshi ta'lim muassalardan biri! Men bu yerda 3 yildan beri o'qiyman va bu yer menga juda yoqadi!!!

Narbayeva Akniyet

Salom! Mening ismim Akniet. Men 4-kurs talabasiman. Barchaga Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tanlashni maslahat beraman! Bu mukammal ta'lim sifati, yaxshi jihozlangan laboratoriyalari va ulkan axborot resurs markaziga ega bo'lgan juda zamonaviy universitet. Ishonchim komilki, siz ham men kabi bu yerda o‘qishni yoqtirasiz!

Turayev Jaloliddun Yunis o'g'li

Mening ismim Jaloliddin, Turkmanistondanman! Men singlim bilan NDKTUda 4 yildan beri o‘qiymiz. Bizga universitet va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi juda yoqadi. Barchaga ezgu tilaklarimni bildiraman!

Xamrayeva Mehri Baxadurovna

Hammaga salom! Mening ismim Mehri, men Turkmanistondanman. Men Navoiy davlat kon-texnologiya universitetining 1-bosqich talabasiman. Bu ajoyib universitetni hammaga tavsiya qilaman!

Askarova Kamila Alisherovna

Hammaga salom! Mening ismim Kamila, men Rossiya Federatsiyasi fuqarosiman. Men 4-kurs talabasiman, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” yo‘nalishida tahsil olaman. O‘zbekistonlik do‘stlarim tavsiyasi bilan ushbu universitetni tanladim va bundan afsuslanmadim!

Yerteleuova Aynur Jesimiratovna

Salom, mening ismim Aynur, men Qozog'iston Respublikasi fuqarosiman! Men “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha 4-kurs talabasiman. Sizga chin dildan ushbu universitet talabasi bo'lishni maslahat beraman. Bu yerda sifatli ta’lim olasiz va zamonaviy laboratoriyalar mavjud!

Xasanova Rushana Ne'matovna

Assalomu aleykum! Ismim Rushana, 2-kurs talabasiman. Men Rossiya Federatsiyasi fuqarosiman. “Metallurgiya” yo‘nalishida tahsil olaman. Menga ushbu universitetda o'qish yoqadi. Bu yerda o'qish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. Tan olinishim kerakki bu yerda yangi do'stlar orttirdim, kursdoslarim esa ajyib insonlar!