WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

2,440

Talabalar

8

Xorijiy talabalar

297

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

15

Kafedralar

1997

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 1954-yilda Toshkent shahrida teatr dekoratsiyasi va rangtasvir yo‘nalishi negizida tashkil etilgan. 1997-yilda institut mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Bugungi kunda institut O‘zbekistonda tasviriy san’at, amaliy san’at, dizayn, muzeyshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Institut talabalar uchun professional rassom, dizayner, san’atshunos, muzey mutaxassisi va ijodiy soha vakili sifatida shakllanish imkonini beradi. O‘quv jarayoni amaliy mashg‘ulotlar, nazariy bilimlar, ijodiy izlanishlar hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalar uyg‘unligiga asoslangan.

Talabalarga O‘zbekistonning taniqli rassomlari, dizaynerlari, san’atshunoslari va tajribali professor-o‘qituvchilari ta’lim beradi. Ular yosh ijodkorlarga o‘z iste’dodini rivojlantirish, mustaqil ijodiy fikrlash va zamonaviy mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarni egallashda yordam beradi.

 

Xorijiy talabalar uchun

Institutning Xalqaro hamkorlik bo'limi xorijiy talabalariga viza/ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarni tayyorlashda, kerak bo'lsa, MRDI yotoqxonasiga joylashtirishda yoki yashash uchun boshqa joy topishda yordam beradi.

Xalqaro hamkorlik

Ta'lim sohasida xalqaro faoliyatni rivojlantirishdan koʻzlangan umumiy maqsad xalqaro tajribani hisobga olgan holda milliy ta'lim tizimini takomillashtirish va nufuzini koʻtarish, Oʻzbekiston oliy ta'lim muassasalarining xalqaro miqyosda akademik va ilmiy reytinglarni oshirish boʻlib kelmoqda. Institutimiz ham ushbu maqsadda xalqaro faoliyatni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelgan va bugungi kunda bir qator, hususan Janubiy Koreya, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya Federasiyasi, Yaponiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Xitoy, Finlyandiya, Belgiya, Qozogʻiston, Polsha, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Tailand kabi xorijiy davlatlarning  oliy ta'lim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar bilan almashinuv, ijodiy koʻrgazmalar, art rezidensiyalar, ilmiy konferensiya va seminarlar, on-layn  videokonferensiyalar oʻtkazish, stajirovka oʻtash va malaka oshirish, birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish va shu kabi boshqa yoʻnalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.  Institutimiz tomonidan oxirgi yillarda  Britaniya Kengashining Creative Spark va Change Academy, Erasmus+ CBHE “MUSAE”, UNESCO “Innovation through tradition: scientific practical research in handicrafts of Uzbekistan to develop innovative family business”, Yaponiyaning Samarqand qogʻozi tadqiqotlari loyihasi  kabi loyihalar samarali amalga oshirib kelingan.

Erasmus+ ICM doirasida Ruminiyaning University of Art and Design in Cluj-Napoca va Ispaniyaning  Escuela superior de diseno region de Murcia oliygohlarida institut talabalari bir semestrga moʻljallangan talaba mobilligida qatnashib kelmoqdalar.

Institutda 2 ta Tailandning Chanapatana xalqaro dizayn instituti va Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti bilan qoʻshma dasturlar tuzilgan. Qirgʻiziston Respublikasi, Rossiya federasiyasi , Qozogʻiston Respublikasi, Janubiy Koreya va Ukrainadan 8 ta bakalavr yoʻnalishi talabalari tahsil olmoqda.

Professor-oʻqituvchilar Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy universiteti, Qozogʻiston Respublikasi Muxtor Auezov nomidagi  Janubiy-Qozogʻiston Universiteti, Malayziyaning Pendidikan Sulton Idris universiteti, Koreyaning Kemyong universiteti, Turkiyaning Karabuk universiteti, Kyutaxya Dumlupinar universitetilariga taklif etilib, ma'ruza va seminar, mahorat darslarini oʻtib kelmoqdalar. Oʻz oʻrnida institutning oʻquv va ilmiy faoliyatiga Malayziya, Ispaniya, Polsha, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQShning ilgʻor universitet professorlari jalb etilmoqda.

Davlatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, tashkilotlari hamda doʻstlik jamiyatlari bilan ta'lim, ilm-fan va san'at yoʻnalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Buni yaqqol misoli, UNESCO, KOICA, JICA, Britaniya Kengashi,  Erasmus+ milliy ofisi va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.

Til kurslari

 Institutida ingliz tili kurslari mavjud. Ushbu kurslar o'quvchilarga ingliz tilini o'zlashtirish, og'zaki va yozma ko'nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro til sertifikatlash imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Darslar malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy o'qitish usullaridan foydalangan holda olib boriladi. Grammatika, tinglab tushunish, o'qish, yozish va muloqot ko'nikmalariga alohida e'tibor beriladi. Talabalar, professor-o'qituvchilar, institut xodimlari va ingliz tilini o'rganishga qiziqqan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. Kurslar xorijiy tillarni o'rganish va xalqaro ta'lim va tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

MRDIda oʻqishni xohlovchi chet el fuqarolari tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul komissiyasi bilan suhbatdan oʻtadilar. Suhbat avgust oyining birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi

Fakultetlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi va institutning asosiy negizi bo’lgan Tasviriy san’at fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultetda ko’plab ko’zga ko’ringan O’zbekiston Tasviriy san’atiga tamal toshini qo’ygan va o’zlaridan keyini ko’plab shogirdlar qoldirgan marhum ustozlar, O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston xalq rassomlari va ko’plab taniqli rassomlar  fakultet talabalariga tasviriy san’at sirlaridan saboq berishgan. Hozirgi paytda fakultetda asosiy va o’rindosh ish o’rinlarida, 24 nafar akademik va professorlar, 28 nafar dotsent, ja’mi 102 nafar professor-o’qituvchilar asosiy va o’rindoshlik asosida kafedralar kesimida faoliyat olib borishmoqda. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi. Bulardan: “Dastgohli rangtasvir”, “Mahobatli rangtasvir”, “Teatr bezagi rangtasviri ”, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedralaridir. Fakultetning mazkur kafedralarida bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha sakkizta, magistratura mutaxassisligi bo’yicha esa yettita yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ular institutni bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgandan keyin respublikaning barcha maktab va tasviriy san’atga ixtisoslashgan kollejlarida, respublika teatrlari, kinostudiyalari, nashryotlari, tasviriy san’at galereyalari hamda muzeylarida o’z faoliyatlarini olib borishadi. Hozirda fakultet “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, “Mard o’g’lon” ko’krak nishoni sovrindori, Nomdor stipendiyalar sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar va nufuzli tanlovlar g‘oliblari tahsil olib kelmoqda.

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil to‘g‘risida”gi qarori asosida “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Fakultet san’atshunos va muzeyshunos mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda fakultetga 2 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedralar mavjud. 

Fakultetda uzoq yillar san’atshunos Sh.S.G’ulomova, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi G.Qarshiyeva, filologiya fanlari doktori L.R.Raupova, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) B.Sangirovlar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borgan. Fakultet tarkibidagi kafedralarda asosiy shtatda va o’rindoshlik asosida jami 53 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.Hakimov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor N.R.Ahmedova, san’atshunoslik fanlari doktori K.B.Akilova, san’atshunoslik fanlari doktori D.M.Qodirova, me’morlik fanlari doktori M.Yusupova, tarix fanlari doktori J.Ismoilova, shuningdek falsafa fanlari doktori U.Qoraboyev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Z.RaximovaR.Fatxullayev, I.Abdurahmonov, tarix fanlari nomzodlari D.Kuryazova, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.Muxamedova,  san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) N.Kultasheva, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) D.Alimqulova va boshqalar talabalarga saboq beradilar.

2021-yil 27-avgustdan e’tiboran fakultet San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti deb nomlana boshlandi. 

Mamlakatimizda dizayn sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash talab etiladi. Shu bois ushbu sohadagi ehtiyojni qondirish maqsadida 1999 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at fakulteti tarkibida “Dizayn” kafedrasi tashkil etilib, uning tarkibiga “Dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash kiradi. dizayn ta'limi. ‘yil.
2001 yilda dizayn bo'limi negizida kiyim dizayni bo'limi ajratildi.
Mamlakatimizda ushbu sohaga talabning jadal o‘sishi va talabalar sonining ko‘payishi munosabati bilan 2003 yilda “Dizayn” fakulteti tashkil etildi. Hozirda fakultetda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 593 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 5 PhD, 14 nafar dotsent, 9 nafar katta o‘qituvchi va 18 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Ta'lim yo'nalishlari

70210501 - Rangtasvir: dastgohli rangtasvir 70210501 Magistr
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800 Bakalavr
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash 60210800 Bakalavr
Dastgoh va kitob grafikasi 70210601 Magistr
Dizayn (interyer dizayni) 60210401 Bakalavr Magistr
Dizayn (reklama va amaliy grafika) 60210400 Bakalavr
Dizayn (sanoat dizayni) 60210403 Bakalavr
Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400 Bakalavr
Dizayn: libos va gazlamalar 60210400 Bakalavr Magistr
Grafika: dastgoh va kitob grafikasi 60210600 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Menejment 60410800 Magistr
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash 70211004 Magistr
Rangtasvir (dastgohli) 60210500 Bakalavr Magistr
Rangtasvir: mahobatli rangtasvir 60210500 Bakalavr Magistr
Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi 60210500 Bakalavr
Rangtasvir: teatr-bezak rangtasviri 60210500 Bakalavr
San’atshunoslik: san’at jurnalistikasi 60211000 Bakalavr

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Rangtasvir (dastgohli)

Bakalavr 4 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dizayn: libos va gazlamalar

Bakalavr 4 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dizayn (reklama va amaliy grafika)

Bakalavr 4 yil uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto

Bakalavr 4 yil uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Grafika: dastgoh va kitob grafikasi

Bakalavr 4 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Rangtasvir: mahobatli rangtasvir

Bakalavr 4 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi

Bakalavr 4 yil uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Rangtasvir: teatr-bezak rangtasviri

Bakalavr 4 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

70210501 - Rangtasvir: dastgohli rangtasvir

Magistr 2 yil en uz ru

24 999 993 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)

Bakalavr 4 yil uz

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dizayn (interyer dizayni)

Bakalavr 4 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dastgoh va kitob grafikasi

Magistr 2 yil en uz ru

25 000 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Аlikulov Аlisher Mahmudovich

Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, “Shuhrat” medali sohibi, “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori, Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali sovrindori, Oliy Аttestatsiya Komissiyasi professori ilmiy unvoniga ega.

Faxrutdinov Zanutdin Ramzievich

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Professor

Nuridinov Akmal Vaxobjanovich

O'zbekiston Badiiy akademiya raisi, Akademik, professor

Xadjimetov Bexzod Baxodirovich

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Miniatyura va xattotlik” kafedrasi professori v.b. san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD).

Ziyaxanov Xurshid Djavidovich

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent

Binafsha Nodir

O‘zbekiston Respublikasi Badiy akademiya tassarufidagi “San’at” jurnali bosh muharriri

Jalilov Farxod Abdurahmonoviya

O‘zbekiston Respublikasi O‘rol Tansiqboyev uy muzeyi direktori

Shuhrat Ravshanovich Abdumalikov

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi. K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori.

Pulatov Behzod To‘lqinovich

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshliq o‘rinbosari

Baybusinova Seniya Sarsenbayevna

Qoraqalpoq tarixi va madaniyati muzeyi ilmiy ishlar direktor o‘rinbosari

Ergashev To‘lqin Nuriddin o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Toshmuxamedov Farxod Eminovich

K.Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti “Badiiy kulolchilik va ta’mirlash”kafedrasi dotsenti

Raximov Alisher Akbarovich

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Usta kulol