Turkiy davlatlar xalqaro universiteti
2,000
Talabalar
300
Xorijiy talabalar
80
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
10
Kafedralar
2025
Tashkil etilgan
Universitet haqida
{Universitet O'zbekiston oliy ta'lim tizimidagi eng yangi xalqaro loyihalardan biri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2025-yil bahorida tashkil etilgan. 2025-yil 24-yanvarda imzolangan PQ-24-sonli Prezident qarori asosida o'z faoliyatini boshlagan. TDXU gibrid va xalqaro ta'lim modelida ishlaydi. Talabalar qo'shma dastur (Joint Program) asosida tahsil olishadi va bitirganlaridan so'ng hech qanday qo'shimcha imtihonlarsiz (nostrifikatsiyasiz) ham O'zbekiston, ham Turkiya oliygohi diplomiga ega bo'lishadi. Universitetning asosiy hamkorlari dunyoning nufuzli QS World University Rankings reytingida juda yuqori o'rinlarni egallaydi.
Hozirda universitetda kunduzgi ta'lim shaklida quyidagi 5 ta zamonaviy yo'nalish ochilgan:
Hamkor universitetlarimiz: METU (ODTU) — Yaqin Sharq texnika universiteti (TOP 269): Kompyuter muhandisligi
ITU — Istanbul texnika universiteti (TOP 291): Elektr muhandisligi
Hacettepe Universiteti (TOP 571): Tibbiyot va sog'liqni saqlash
Ege Universiteti (TOP 1000): Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat texnologiyalari}
Xorijiy talabalar uchun
{}
Xalqaro hamkorlik
{}
Til kurslari
{Turk tili, Ingliz tili}
Fakultetlar
Tibbiyot fakulteti Turkiyaning lider va dunyo bo'yicha TOP 571 - o'rinda turuvchi Hacettepe Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan va Turkiya ta'lim dasturi bo'yicha darslar olib boriladi.
Kompyuter muhandisligi fakulteti dunyoda TOP 269 - o'rinda turuvchi ODTU/METU (O'rta sharq texnika universiteti) bilan hamkorlikda ochilgan. Bu Universitet diplomida Amerika sifati muhri bor. Bu Universitet diplomi Amerika universitetlari diplomi bilan teng maqomda ekanini anglatadi.
Bu yo'nalishda siz o'qish davomida:
- Dasturlash
- Axborot texnologiyalari
- Sun'iy intellekt
- Dasturiy ta'minot
- Robototexnika kabi yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olasiz.
Elektr muhandisligi fakulteti dunyoda TOP 291 - o'rinda turuvchi Turkiyaning Istanbul texnika universiteti hamkorligida tashkil qilingan. Bu universitet diplomida Amerika ta'lim sifati muhri bor. Bu diplom bilan siz dunyoning istalgan nuqtasida ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'qishni davom ettirishingiz va ishlashingiz mumkin.
Bu fakultetimiz dunyoda TOP 1000 talikka kiruvchi va Turkiyada o'z yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni egallab turgan EGE universiteti hamkorligida tashkil qilingan. Bu universitet Xalqaro akkredatsiyadan o'tgan va butun dunyo bo'yicha diplom tan olinadi.
Bu fakultetimiz dunyoda TOP 1000 talikka kiruvchi va Turkiyada o'z yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni egallab turgan EGE universiteti hamkorligida tashkil qilingan. Bu universitet Xalqaro akkredatsiyadan o'tgan va butun dunyo bo'yicha diplom tan olinadi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Elektr muhandisligi 60710500 | Bakalavr |
| Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi | Bakalavr |
| Oziq-ovqat texnologiyasi 60720100 | Bakalavr |
| Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 | Bakalavr |
| Tibbiyot bakalavri , jarrohlik bakalavri MBBS | Bakalavr |
| Xalqaro tibbiyot fakulteti 60910200 | Bakalavr |