WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti

705400101-Matematika(yo’nalishlar bo’yicha)

705400101-Matematika(yo’nalishlar bo’yicha)- magistratura mutaxassisligi- “Tabiiy fanlar, matematika va statistika”sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy –tadqiqot markazlarida, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, matematik metodlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan sohalarda ilmiy tadqiqot faoliyati; jarayonlar va ob’ektlarning matematik modellaridan foydalanib turli masalalarni yechish  va ularning dasturiy ta’minoti; tabiatshunoslik, texnika, iqtisod va boshqarish masalalarini yechishning effektiv matematik metodlarini yaratish; tadqiqotlar olib borish, proekt-konstruktorlik faoliyatini dasturiy –axborot ta’minotini ta’minlash sohalarini qamrab oladi.

Kredit

Jami soat

 

Auditoriya soati

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

seminar

Laboratoriya

Ilmiy faoliyat

120

3600

1710

256

40

244

 

1170

1890

                   

1-bosqichda o’quv rejada belgangan barcha fanlar o’zbek tilida olib boriladi.

2-bosqichdan o’quv rejadagi barcha fanlar o’zbek tilida olib boriladi.  Ilmiy amaliyot (stajirovka) OTM da olib boriladi. Ilmiy amaliyot-majburiy va tanlov fanlaridan nazariy bilimlarni mustaxkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg’unlashtirish, tegishli amaliy ko’nikmalar, kompetsiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;

2 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng “Matematik (yo’nalishlar bo’yicha)” mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertaysiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.

Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish oliy ta’lim? Ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot korxonalarda o’tkaziladi

Ta’limda pedagogic o’lchovlar va zamonaviy test texnologiyalari fani tarkibiga xalqaro baholash dasturlari doirasida (PISA kontekstlari) kasbiy ko’nikmalar shakllantirilishini nazarda tutuvchi 10 soatdan kam bo’lmagan mavzular kiritiladi/

Tanlov fanlar blokida ijtimoiy-iqtisodiy? Siyosiy? Madaniy jarayonlardan kelib chiqib hamda Kadrlar buyurtmachilarining tavsiyasiga asosan har o’quv yilining boshida o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga ruxsat etiladi.

 

TA’TIL VAQTI:

  • 1-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  • 2-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

FANLAR

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Kasbiy manaviyat
  • Ta’limda pedagogik o‘lchovlar va zamonaviy test texnologiyalar
  • O‘lchovlar va integrallar nazariyasi
  • .Banax fazolarida operatorlar nazariyasi
  • Matematik fizikaning zamonaviy usullari
  • Potensiallar nazariyasi
  • Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Klassik sohalarda analiz
  • Endomorfizmlar dinamikasi
  • Xalqaro axborotlar bazasi bilan ishlash

O'xshash dasturlar