WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Olmaliq davlat texnika instituti

Toshkent viloyati Davlat Veb-sayt

5,585

Talabalar

26

Xorijiy talabalar

166

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

10

Kafedralar

2025

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yll 8-sentyabrdagi "Olmaliq  davlat texnika institutini tashkil etish to'g'risida"gi 279-son qaroriga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.

Olmaliq davlat texnika institutida 3 ta fakultet — “Konchilik ishi”, “Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” hamda “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat yuritadi. Fakultetlarda Kimyo muhandisligi, Energetika muhandisligi, Elektr muhandisligi, Metallurgiya muhandisligi, Metallar texnologiyalari, Mexanika muhandisligi, Texnologik mashinalar va jihozlar, Konchilik ishi, Konchilik elektr mexanikasi, Atrof-muhit muhandisligi, Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi kabi bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Shuningdek, institutda kechki va sirtqi bo‘limlar ham faoliyat yuritib, hozirda jami 5709 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Shuningdek, ayni kunda institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan «GeoMetTex» ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilmoqda. Bu muhandislik maktabida ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

Xorijiy talabalar uchun

Olmaliq davlat texnika institutiда ayni kunda 26 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Ularga institut tomonidan sifatli ta’lim, qulay sharoitlarga ega zamonaviy yotoqxona, axborot-resurs markazidan foydalanish, sport to‘garaklarida ishtirok etish va ilmiy izlanishlarini rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy laboratoriyalardan to‘liq foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

Talabalarni viza olish jarayoni Olmaliq davlat texnika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan to‘liq tayyorlab beriladi. Xorijlik talabalar faqat kerakli hujjatlar to‘plamini taqdim etishi kifoya.

Xalqaro hamkorlik

 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga (OTM) chet el oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hamkorlik aloqalarini о‘rnatish vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi xorijiy oliy talim muassasalari bilan talim va ilmiy faoliyat sohasida о‘zaro hamkorlik shartnomalar imzolandi:

§. Rossiya Federatsiyasi:

      - Ural Federal Universiteti (2022-2027)

      - Samara davlat texnika universiteti (2022-2027)

      - Rossiya Federatsiyasi federal davlat byudjet oliy talim muassasasi Ufa davlat aviyatsiya texnika universiteti (2020-2025).

      - Samara davlat texnika universiteti (2022-2027)

§. Belorussiya Respublikasi:

- Beloruss milliy texnika universiteti (2024-2029)

§. Qozoqiston Respublikasi

       - "SERECO" MCHJ(2022-2027)

       -  M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti (2022-2027)

§. Tojikiston Respublikasi:

Tojikiston kon metallurgiya instituti(2022-2027)

§. Germaniya davlati:

       - Frayberg akademiyasi cho‘yan va po‘lat texnologiyalar instituti(2024-2029)

§. Xitoy xalq respublikasi:

       - Vuxan texnolorgiyalar universiteti (2024-2029)

       - Pekin xalqaro xitoy kolledji (2023-2028)

       - Pekin texnologiyalar universiteti Gendan instituti (2023-2028)

Til kurslari

....

Talabalar uchun imkoniyatlar

Olmaliq davlat texnika institutining 15 nafar iqtidorli talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va turli nomdagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan.
2021–2022 o‘quv yilida Mamasidiqov Humoyun Nasivali o‘g‘li -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi, Abdurafiqov Behzod Anvarjon o‘g‘li - Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdi. 2022–2023 o‘quv yilida Abdurafiqov Behzod Anvarjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi, Abdashimova Munisa Mirkomil qizi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi va Ashirmatova Iroda Mamasaid qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldilar. 2023-2024 o‘quv yilida esa Ashirmatova Iroda Mamasaid qizi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Mirusmonova Farangis Bobur qizi - Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Jadilova Dilnovoz Abdulaziz qizi va Husanova Iroda Ablaxat qizi - Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibalari bo‘lishdi. 2024-2025 o‘quv yilida esa magistrant Abdurafiqov Behzod Anvarjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga va bakalavr yo‘nalishida Pattayeva Zilola Sanjar qizi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Sodiqov Temirali Gulamjonovich – Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, Darxanova Sevinch Abduvoxid qizi – Beruniy nomli davlat stipendiyasi hamda Sulxonov Diyorbek Ahror o‘g‘li – Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor no‘lgan.

Fakultetlar

Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘quv jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–279-sonli “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohalari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan “Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi. 2022-yil 5-sentabrdan bugungi kungacha DSc. D.X.Mirxamitova fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.

“Metallurgiya kafedrasi” TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Metallurgiya kafedrasiga joriy yilda 19,75 shtat ajratilgan. Hozirgi kunda asosiy shtatda 1 nafar professor, 1 ta kafedra mudiri, 1 ta dotsent, 3 ta dotsent v.b., 2 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistent, ichki o‘rindoshlik asosida 2 ta professor, 1 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistent, tashqi o‘rindoshlik asosida 1 ta professor, 1 ta katta o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat hozirgi kunda 46,67% tashkil etmoqda.

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 54.54%.

“Kimyo va fizika” kafedrasi TDTU OF Ilmiy Kengashining 2022 yil 8.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 40 %.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida nomutaxassis kafedra hisoblanadi. Filial miqyosida barcha yo‘nalish talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Kasbiy psixologiya”, “Dinshunoslik”, “Muxandislik psixologiyasi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borishadi. Kafedrada asosiy shtatda 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 42%.

Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘quv jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–279-sonli “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohalari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti hamda uning tarkibida Konchilik fakulteti ham tashkil etildi.

Fakultet dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017 yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan TDTU Olmaliq filiali tarkibida “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti nomi bilan tashkil etiladi.

“Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetiga D.N.Abdisattorov  dekan  lavozimiga filial  direktori  buyrug‘iga  binoan  2019 - yil  3-yanvardan  tayinlanadi  va  u  2019 yil 3-sentabrgacha faoliyat ko‘rsatadi. 2019-yil 3-sentabrdan 2022-yil 17-avgustgacha “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti dekani lavozimida dotsent  Yu.P.Isomatov faoliyat koʻrsatdi.

TDTU Olmaliq filiali Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan “Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti tashkil etilib “Metallurgiya” kafedrasi ushbu fakultet tarkibiga otkaziladi va shu kundan fakultet “Konchilik ishi” nomi ostida faoliyat yurita boshlaydi hamda uning tarkibiga “Konchilik  ishi”, “Konchilik  elektr  mexanikasi”,  “Umumkasbiy  va  iqtisodiy fanlar”  hamda “O‘zbek  tili  va  adabiyoti”  kafedralari kiritiladi.

2022-yil 17-avgustdan “Konchilik ishi” fakulteti dekani lavozimida                      PhD. O.A.Xasanov faoliyat yuritmoqda.

Filial kafedralaridagi shtatlarni optimallashtirish dasturi doirasida 2024-2025-oquv yilidan boshlab fakultet tarkibiga“Konchilik  ishi”,  “Konchilik  elektr  mexanikasi”,  “Umumkasbiy  va  iqtisodiy fanlar” hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar”  kafedralari kafedralar kiritiladi.

Bugungi kunda Olmaliq davlat texnika instituti Konchilik fakulteti tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat korsatmoqda:

  • Konchilik  ishikafedrasi;
  • Konchilik  elektromexanikasikafedrasi;
  • Umumkasbiy  va  iqtisodiy fanlarkafedrasi;
  • “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi.

"Konchilik ishi" kafedrasi TDTU OF Ilmiy Kengashining 2017-yil 07.08. sanasidagi №10-sonli qarori asosida o'z faoliyatini boshlagan. Kafedra asosiy shtat birligida 22 nafar professor-o'qituvchi faoloyat yuritadi. Ulardan 7 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 31%

“Konchilik elektrmexanikasi” kafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2020 yil 17.04 dagi №1-sonli qarori asosida 2021-yildan o‘z  faoliyatini  boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 2 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 18.18%.

“Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z  faoliyatini  boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 3 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 20%.

“Ijtimoiy -gumanitar fanlar va tillar ” kafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2024-yil 26.08 dagi №1-sonli qarori asosida o‘z  faoliyatini  boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 21,7%.

Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘quv jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–279-sonli “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohalari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Kengashining 2017 yil 7-avgustdagi №10-sonli qarori asosan “Energetika va mashinasozlik” fakulteti tashkil etildi. 2025-yil 8-sentabrdan bugungi kungacha Sh.B.Karshiboyev fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Texnologik mashinalar va jihozlarkafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2022-yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida oz faoliyatini boshlagan. “Texnologik mashinalar va jihozlarkafedrasiga joriy yilda 20,5 shtat ajratilgan. Hozirgi kunda asosiy shtatda 1 ta kafedra mudiri, 3 ta dotsent v.b., 5 ta katta o‘qituvchi va 4 ta assistent, ichki o‘rindoshlik asosida 0,5 ta professor, 1,5 ta dotsent, 1,75 ta katta o‘qituvchi, 1 ta assistent, tashqi o‘rindoshlik asosida 1 ta dotsent, 1,25 ta katta o‘qituvchi va 0,5 ta assistent faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat hozirgi kunda 30,77% tashkil etmoqda.

Elektr texnikasi va elektr mexanikasikafedrasi TDTU OF  ilmiy Kengashining 2018 yil 27.03 dagi №8-sonli qarori asosida oz faoliyatini boshlagan. “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasiga joriy yilda 16 shtat ajratilgan. Hozirgi kunda asosiy shtatda 1 nafar professor v.b., 1 ta kafedra mudiri., 3 ta dotsent., 2 ta dotsent v.b., 5 ta katta o‘qituvchi va 4 ta assistent faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat hozirgi kunda 43,75% tashkil etmoqda.

“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Ilmiy kengashining 2017-yil 7-avgustdagi №10-sonli qarori asosida tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada hozirgi kunda asosiy shtatda 19 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning 8 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega malakali pedagog va tadqiqotchilardan iborat. Shu asosda kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 42 % ni tashkil etadi.

Ta'lim yo'nalishlari

Arxitektura 60730100 Bakalavr
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Elektr muhandisligi 60710500 Bakalavr
Foydali qazilma konlarini qazish 70720801 Magistr
Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha) 70721503 Magistr
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Kimyo muhandisligi 60710100 Bakalavr
Kimyo muhandisligi. 70710101 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi) 60721500 Bakalavr Magistr
Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish 70721902 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr
Mashinasozlik muhandisligi 60712300 Bakalavr Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60411200 Bakalavr
Metallurgiya (mis va noyob metallar) 60712100 Magistr
Metallurgiya muhandisligi 60711200 Bakalavr Magistr
Metallurgiya muhandisligi 60711200 Bakalavr
Mexanika muhandisligi 60712300 Bakalavr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 Bakalavr Magistr
Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari 70720707 Magistr
Qurilish muhandisligi 60730300 Bakalavr
Shahar qurilishi va loyihalash 60731500 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish bo‘yicha) 60720400 Bakalavr

Olmaliq davlat texnika instituti

Mexanika muhandisligi

Bakalavr 4.5 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Bakalavr 4.5 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Arxitektura

Bakalavr 4.5 yil uz ru

11 000 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)

Bakalavr 4.5 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Foydali qazilma konlarini qazish

Magistr 2 yil en uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

Magistr 2 yil en uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)

Bakalavr 4.5 yil uz ru

Olmaliq davlat texnika instituti

Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)

Magistr 2 yil en uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari

Magistr 4.5 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Mashinasozlik muhandisligi

Magistr 2 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Elektr muhandisligi

Bakalavr 4.5 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Olmaliq davlat texnika instituti

Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)

Bakalavr 4.5 yil uz ru

9 500 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Pattayeva Zilola Sanjar qizi

Olmaliq davlat texnika instituti - bu nafaqat texnika sohasidagi bilim va tajriba maskani, balki yosh iqtidorli talabalarning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqaruvchi ilmiy markazdir. Bu dargohda talabalarning nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanadi va ularning ilmiy-ijodiy salohiyatlari keng rivojlantiriladi. Filialda zamonaviy o'quv jarayonlari, laboratoriyalar va ilmiy izlanish markazlari talabalarga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Shu qatorda men Pattayeva Zilola Sanjar qizi, Olmaliq davlat texnika institutining Metallurgiya va Kimyoviy Texnologiya fakulteti Kimyoviy texnologiya yònalishi 12-21XT guruhi talabasi sifatida o'z yutuqlarimni bu dargohning mukammal ta'lim tizimi va ustozlarimning beqiyos qo'llab-quvvatlashi natijasida qo'lga kiritdim. Universitetda ta'lim olish davomida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy tadqiqotlarda ham faol ishtirok etdim. Ustozlarimning ilmiy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yishdagi maslahatlari, qo‘llab-quvvatlovi va ko‘rsatmalari menga yangi ilmiy natijalar olishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori bo‘lishim, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasini qo‘lga kiritishim, universitetimizda tashkil etilgan "Ibrat'' teatr gruppasining qator iqtidorli talabalari qatoridan joy olib respublika tanlovlarida faxrli òrinlarga qòlga kiritishimiz, qator xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishim - bularning barchasi ustozlarimizning mashaqqatli mehnatlari, ilmiy rahbarliklari va filialimiz talabalariga yaratilgan imkoniyatlarning samarasidir. Universitetdagi o‘quv jarayonida bilim va tajriba almashinuvi, ilmiy seminar va tadqiqot loyihalaridagi ishtirokim bugungi yutuqlarim uchun asosiy poydevor bo‘ldi desam mubolağa bòlmaydi. Filialimizda tashkil etilgan "Talaba o'qigan maktab" loyihasi orqali berilayotgan e’tibor zamirida universitetimizdagi iqtidorli izlanuvchan har bir talabaning òziga bòlgan ishonchi va ertangi kuniga umidi oshib borishiga bir sabab bòlmoqda. Shu òrinda aytib òtishim joizki, 4 òquv yili mobaynida erishgan yutuqlarim samarasi òlaroq ota-onamni ham yuzlarini yerga qaratmadim deb òylayman. Negaki har bit ota-ona uchun farzandining kamolini ko'rish bu baxt. Olmaliq davlat texnika instituti, yosh avlodni yetakchi mutaxassislar va ilmiy kadrlar sifatida tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Universitetdagi professor òqituvchilarning xususan, Kimyoviy texnologiya yònalishi kafedrasi professor òqituvchilarining ilmiy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yishdagi maslahatlari, qo‘llab-quvvatlovi va ko‘rsatmalari menga yangi ilmiy natijalar olishga yordam berdi. Ularning bilim va tajribalari menga nafaqat fan sohasida, balki shaxsiy rivojlanishimda ham yo‘l-yo‘riq bo‘ldi. Ustozlarimdan ilhomlanib, universitetda ko'plab tadbirlar va loyihalarda faol ishtirok etib, nafaqat o'z bilimimni oshirdim, balki boshqalarga ham o'rnak bo'lishga intildim. Bu yutuqlar va muvaffaqiyatlar ortida dargohimizning ta'lim beruvchi tizimi va fidoyi ustozlarimizning beqiyos xizmati yotadi. Universitetimizni tanlaganimdan faxrlanaman va kelajakda ham bu dargohda ilmiy va amaliy yutuqlarga erishishda davom etaman.

Talabalar fikri

Dostonbek

Olmaliq davlat texnika instituti (ODTI) — Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan, respublikaning yetakchi muhandislik va texnika oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Institutda metallurgiya, konchilik ishi, kimyo texnologiyalari, sanoat energetikasi, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, ekologiya va sanoat xavfsizligi kabi yuksak ehtiyojga ega ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. ODTI Respublikadagi yirik sanoat korxonalari — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK), Uzmetkombinat, kimyo, energetika va mashinasozlik korxonalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Talabalar uchun muntazam amaliyotlar, dual ta’lim, sanoat laboratoriyalari, ilmiy markazlar va innovatsion startap maydonchalari faoliyat yuritadi. Institutda xalqaro hamkorlik keng rivojlangan bo‘lib, Turkiya, Vengriya, Belarus, Koreya, Rossiyaning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma dasturlar va akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yilgan. “Study in Uzbekistan” platformasi doirasida ODTI xorijiy talabalar uchun qulay ta’lim muhiti, yotoqxona, laboratoriyalar, kutubxona va ilmiy-insoniy resurslar bilan ta’minlaydi.

Rus tili bo‘yicha tayyorlov kursi

Olti oylik rus tili tayyorlov kurslari Olmaliq davlat texnika instituti tomonidan xorijiy fuqarolar uchun 6 oylik rus tili tayyorlov kurslari tashkil etiladi. Mazkur dastur xorijiy talabalarni Rossiya va rus tilida ta’lim olib boriladigan oliy ta’lim dasturlariga puxta tayyorlashga qaratilgan. Kurslarga qabul har yilning yanvar oyida boshlanadi. O‘quv dasturi tinglovchilarning til bilimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, akademik nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va kundalik muloqotda erkin foydalanish imkonini berishga mo‘ljallangan. Kursning taxminiy to‘lovi 650 AQSh dollarini tashkil etadi. Xorijiy talabalar uchun rasmiy taklif xatlari taqdim etiladi. Shuningdek, tayyorlov kursiga kelgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish (registratsiya) hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida amaliy yordam ko‘rsatiladi. Darslar haftasiga 5 kun, har kuni 4 akademik soatdan olib boriladi.