WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent shahridagi Adju universiteti

Toshkent shahri Xorijiy Veb-sayt

1,506

Talabalar

14

Xorijiy talabalar

71

O'qituvchilar

9

Fakultetlar

9

Kafedralar

2018

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Toshkent shahridagi Adju universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi «Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil yetish toʻgʻrisida»gi PQ-4041-son qarori bilan tashkil etilgan.
Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishi arxitektura, qurilish tizimlari muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter injiniringi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston va jaxon miqyosida raqobatbardosh, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
 Bundan tashqari, ta’lim, fan va texnologiya sohasida xorijiy davlatlar, xususan, Koreya Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlash Toshkent shahridagi Аdju universiteti maqsadi hisoblanadi.
Universitet ta’lim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini hisobga olgan holda Аjdu universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.
Oʻquv jarayoniga Koreya Respublikasidan professor-oʻqituvchilar, xorijlik mutaxassislar, xorijdagi yetakchi oliygohlar bitiruvchilari orasidan shakllantirilgan milliy kadrlar jalb etilgan. Bizdagi  muhit yuqori darajada ijobiy shakllangan.
2020/2021 oʻquv yili uchun Toshkent shahridagi Аdju universiteti bakalavriatning uchta yoʻnalishi: Аrxitektura, Qurilish tizimlari muhandisligi, elektrotexnika va kompyuter injiniringi yoʻnalishlarida tahsil olish uchun dastlabki 420 nafar talabaga oʻz eshiklarini ochdi.
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini  oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Аdju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olingan Аdju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Toshkent shahridagi Adju universiteti bir qator yetakchi va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega. Professor oʻqituvchilarimiz darslarni yangi texnologiyalar, zamonaviy dasturlar, fanga boʻlgan yangicha qarashlar bilan olib boradi. Bizning professor oʻqituvchilarimiz “Pedagoglar oluvchi emas, balki beruvchilar” qabilida faoliyat olib borishni maqsad qilib olgan.
Shuning uchun, aziz ota-onalar, siz oʻz farzandlaringizni bizga ishonib topshiringiz mumkin. Biz ularni maʼnan yetuk va kasbiy bilimga ega qilib tarbiyalaymiz.

Xorijiy talabalar uchun

Toshkent shahridagi Adju universiteti chet ellik talabalar uchun qulay, xavfsiz va xalqaro standartlarga mos akademik muhitni taqdim etadi. Universitetimiz turli mamlakatlardan kelgan talabalar uchun quyidagi imtiyozli sharoitlarni yaratgan:


 

Maxsus Qabul Tizimi
•    Imtihon topshirish talab etilmaydi — qabul ingliz tilidagi suhbat asosida amalga oshiriladi.

 

Talabalar Yotoqxonasi
•    Chet ellik talabalar uchun yotoqxona taqdim etiladi.
•    Universitetda 2 ta zamonaviy yotoqxona binosi mavjud.
•    Yotoqxonalar to‘liq jihozlangan, internet, oshxona, dam olish hududlari va xavfsizlik tizimi bilan ta’minlangan.

 

Talabalar Uchun Zamonaviy Oshxonalar
Toshkent shahridagi Adju universiteti hududida talabalar uchun mazali va sog‘lom taomlar taqdim etuvchi 4 ta zamonaviy oshxona faoliyat yuritadi:

•    O‘zbek oshxonasi (1) – faqat milliy taomlar bilan xizmat qiladi.
•    O‘zbek oshxonasi (2) – milliy hamda yevropa taomlariga boy keng menyuga ega.
•    Koreys oshxonasi – koreys milliy taomlari bilan xizmat ko‘rsatadi.
•    Yozgi koreys oshxonasi – universitetning 2-qavatida joylashgan bo‘lib, ochiq va havodor muhitda faoliyat yuritadi. Ushbu oshxonadan butun universitet manzarasi ko‘rinib turadi, va u talabalar uchun sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.

 

Ingliz Tilidagi Ta’lim
•    Barcha ta’lim dasturlari to‘liq ingliz tilida olib boriladi, bu esa xalqaro talabalar uchun oson moslashish va sifatli ta’lim olish imkonini beradi.

 

Kutubxona Xizmati
•    Kutubxona har kuni 08:00 dan 23:00 gacha ochiq.
•    Fondda fan, texnologiya, adabiyot va madaniyatga oid kitoblar mavjud.
•    Kitoblar to‘rt tilda: ingliz, koreys, rus va o‘zbek tillarida taqdim etilgan.

 

Xalqaro Tajribaga Ega O‘qituvchilar
•    Darslar xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
•    Ta’lim sifati xalqaro standartlarga mos tarzda ta’minlanadi.
•    Universitet o‘qituvchilarining 80 foizi xalqaro malakaga ega xorijlik professorlardan iborat.

 

Moslashuv Dasturlari va Yordam Xizmati
•    Moslashuv kurslari, mentorlik dasturi, hamda kundalik hayot, hujjatlar va sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahatlar doimiy taqdim etiladi.

 

Sport va Dam Olish Infratuzilmasi
•    Universitetda talabalar uchun keng sport imkoniyatlari yaratilgan:
•    Gym (trenajyor zali)
•    Sport zali
•    1 ta yopiq va 1 ta ochiq tennis korti
•    1 ta kichik va 1 ta katta futbol stadioni
•    1 ta futzal maydoni

 

Talabalar Klublari
•    Talabalar quyidagi klublarda ishtirok etishlari mumkin:
•    Dance Club, Music Band, Book Club, Charity Club, etc.

 

Sayohatlar Uchun Transport
•    Universitet talabalari uchun 1 ta katta va 1 ta kichik sayohat avtobusi mavjud.
•    Ekskursiyalar, madaniy tadbirlar va o‘quv tashriflari doimiy tashkil etiladi.

 

O‘qish Davrida Ishlash Imkoniyati
•    Xalqaro talabalar ish ruxsatnomasi (patent) asosida ishlashlari mumkin.
•    Bu ruxsat, odatda, o‘qish yo‘nalishidan tashqari sohalarda ishlash uchun beriladi.

 

Ish Imkoniyatlari
•    Talabalar quyidagi sohalarda ishlash imkoniyatiga ega:
•    Servis sohasi, repetitorlik, tarjimonlik
•    Xalqaro kompaniyalar, IT, marketing, kontent yozish, freelancing (masofaviy ishlar), etc.

 

Bitiruvdan Keyingi Imkoniyatlar
•    Bitiruvchilar magistratura bosqichida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
•    Ular xalqaro kompaniyalar, davlat muassasalari yoki o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

O‘qish Davomiyligi
•    Bakalavriat dasturlari — 4 yil

 

To‘lov Tuzilmasi
•    To‘lovlar haftalik, oylik yoki yillik tarzda amalga oshiriladi.
•    To‘lov shakllari: naqd, bank o‘tkazmasi, onlayn to‘lov.

 

Akademik Dasturlar va Almashinuv Imkoniyatlari
Xalqaro talabalar quyidagi dasturlarda ishtirok etishlari mumkin:

•    Yozgi maktab
•    Qishki maktab
•    Talaba almashinuv dasturi
•    3+1 dasturi – 3 yil Toshkentda va 1 yil Koreyada o‘qish imkoniyati mavjud. Buning uchun ikki universitet o‘rtasida hamkorlik, akademik ko‘rsatkichlar va til darajasi talab etiladi.

 

Viza Rasmiylashtirishda Yordam
•    Universitet talabalarni viza olish jarayonida hujjatlar tayyorlash va maslahat berish orqali qo‘llab-quvvatlaydi.
•    Shuningdek, home registration (ro‘yxatdan o‘tkazish) bo‘yicha ham yordam ko‘rsatiladi: hujjatlarni tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligiga topshirish jarayoni to‘liq nazorat qilinadi.

Xalqaro hamkorlik

1. Anhalt University

  • Davlat: Germaniya

  • Shartnoma sanasi: 27.04.2022

  • Hamkorlik maqsadi: Talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma loyihalar va seminarlar.

2. Ajou University (Janubiy Koreya)

  • Davlat: Janubiy Koreya

  • Shartnoma sanasi: 19.07.2022

  • Hamkorlik maqsadi: Talabalar almashinuvi, qo‘shma tadbirlar, ikki tomonlama kredit tan olinishi.

3. Tajik National University

  • Davlat: Tojikiston

  • Shartnoma sanasi: 14.03.2023

  • Hamkorlik maqsadi: Ilmiy axborot almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ta’lim sohasida almashinuv.

4. Florida University

  • Davlat: AQSH

  • Shartnoma sanasi: 19.06.2023

  • Hamkorlik maqsadi: Bakalavr va magistratura talabalarini, o‘qituvchilarni va ilmiy materiallarni almashish orqali ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik.

5. Inha University

  • Davlat: Janubiy Koreya

  • Shartnoma sanasi: 06.11.2023

  • Hamkorlik maqsadi: Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, qo‘shma tadbirlar, treninglar va loyihalar.

6. University of Debrecen

  • Davlat: Vengriya

  • Shartnoma sanasi: 27.12.2023

  • Hamkorlik maqsadi: Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, talabalar va professorlar almashinuvi.

7. Silesian University of Technology

  • Davlat: Polsha

  • Shartnoma sanasi: 09.05.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim va xodimlar almashinuvi, ilmiy nashrlar va qo‘shma tadbirlar.

8. STMIK Jakarta STI&K

  • Davlat: Indoneziya

  • Shartnoma sanasi: 18.06.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Raqamli iqtisodiyot, turizm, tarix, moliya va boshqa sohalarda qo‘shma tadqiqotlar, darslar, konferensiyalar.

9. AKRMTV Jakarta

  • Davlat: Indoneziya

  • Shartnoma sanasi: 18.06.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Media, raqamli kommunikatsiya, madaniy almashinuv, professional rivojlanish dasturlari.

10. STIE Nusa Megarkencana

  • Davlat: Malayziya

  • Shartnoma sanasi: 18.06.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Iqtisod, biznes, turizm va raqamli iqtisodiyot sohalarida hamkorlik, almashinuv va ta’lim dasturlari.

11. Universiti Tun Hussein Onn Malaysia

  • Davlat: Malayziya

  • Shartnoma sanasi: 20.06.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Ilmiy hamkorlik, akademik almashuv, kasbiy rivojlanish, texnik va kasbiy ta’limni rivojlantirish.

12. Universitas Gunadarma

  • Davlat: Indoneziya

  • Shartnoma sanasi: 21.06.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Informatika, muhandislik, iqtisod, turizm, raqamli sohalarda hamkorlik, talabalar almashinuvi, ilmiy nashrlar.

13. UCSI University

  • Davlat: Malayziya

  • Shartnoma sanasi: 27.12.2024

  • Hamkorlik maqsadi: Ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvi, ta’lim resurslarini birgalikda ishlatish.

14. Athletic Darje MCHJ

  • Davlat: O‘zbekiston

  • Shartnoma sanasi: 15.01.2025

  • Hamkorlik maqsadi: Futbol va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, musobaqalar, iste’dodlarni aniqlash, professional jamoa tuzish.

Talabalar uchun imkoniyatlar

 

 

Fakultetlar

Arxitektura fakultetida kelajak orzulari loyihalarga aylantirilib, odamlarni ilhomlantiradigan va ularga xizmat qiladigan makonlar yaratiladi. Adjuda o‘z ijodingiz va iste’dodingizni kashf qilasiz. Biz sizni tasavvuringizni haqiqiy loyihalarga aylantirishga o‘rgatamiz.

Biz bo‘sh makonlarni har bir burchagi qulaylik, go‘zallik, o‘ziga xoslik, funksionallik va barqarorlik haqida so‘zlaydigan hikoyalarga aylantiramiz. Biz sizni yashash va ishlash joylarini hamda atrof-muhitni ijodkorlari bo‘lishni o‘rgatamiz.

Kelajak uchun zarur bo‘lgan barcha muhim inshoatlarni – avtomobil yo‘llaridan tortib ko‘priklarni, transport yo‘l harakatini boshqarish tizimlaridan boshlab aeroportlarni va uylaru shaharlarni bunyod etuvchi muhandis bo‘lib yetishing. Zamonaviy taraqqiyotning haqiqiy qudrati mazkur ta’lim yo‘nalishidan boshlanishiga guvoh bo‘lasiz va biz sizga tassavvuringizda loyihalarni hayotimizda muhim o‘rin tutadigan muhandislik inshootlari majmuasiga aylantirishga o‘rgatamiz.

Dasturiy ta’minot va raqamli kodlar – bu kelajak tillaridir. Dasturiy ta’minot fakultetida siz raqamli kodlash tillaridan unumli foydalanishni va dunyoni o‘zgartiradigan texnologiyalarni yaratishni o‘rganasiz. Raqamli sivilizatsiyaning asosi bo‘lgan dasturiy ta’minotning yaratuvchisi, dizayneri, dasturchisi bo‘lishingiz uchun sizni o‘qitamiz va o‘rgatamiz.

Raqamli texnologiya - bu taraqqiyot tili va zamonamizning muhim narsalarining negizidir. Ushbu fakultetda tarraqiy etgan kelajakni qurish uchun raqamli texnologiyani yaratish, rivojlantirish va boshqarishni o‘rgatamiz.

Bu yerda siz biznesda yutuqqa erishish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘rganasiz. Yirik korporatsiya rahbari yoki yirik tadbirkor sifatida biznes olamida muvofaqqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, albatta, bilimga ega bo‘lishingiz kerak. Biz keng qamrovli biznes ta’limot taklif qilamiz. Marketing, moliya, buxgalteriya hisobi va operatsiyalari, HR, IT, strategiyalar ishlab chiqish, innovatsiyalar va boshqaruv fanlari Adju biznes ta’limotining asosi hisoblanadi.

Zamonaviy biznes bugungi raqamli dunyoda gullab-yashnamoqda. Adjuning IT biznes fakultetida siz ham IT ham biznesni o‘rganasiz. Biznes loyihalarni muvoffaqiyatli amalga oshirish va boshqarishni o‘rgatish uchun axborot texnologiyalari va biznesni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga olgan mukammal o‘quv dasturini taqdim etamiz. Bugungi kunda biznes va kompaniyalar faoliyatini raqamlashtirish jarayonida yetakchi bo‘lishingiz biz sizga sifatli ta’lim beramiz.

Chet tilini o‘zlashtirish boshqa xalqlarning madaniyatini anglash va umuman dunyoni boshqarish uchun imkoniyat beradi, ayniqsa, agar siz umumjahon tili bo‘lgan ingliz tilini bilsangiz, Adjuda siz bir vaqtning o‘zida til va liderlik san’atini egallaysiz. Adjuda xorijiy tillarni o‘rgatish ta’lim dasturining o‘ziga xosligi shundaki, chet tili fanlari biznes va boshqaruv ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bu o‘z navbatida sizni yuqori daromadli ish bilan ta’minlashga kafil bo‘ladi.

Chet tilini o‘zlashtirish boshqa xalqlarning madaniyatini anglash va umuman dunyoni boshqarish uchun imkoniyat beradi. Adjuda siz bir vaqtning o‘zida til va liderlik san’atini egallaysiz. Adjuda xorijiy tillarni o‘rgatish ta’lim dasturining o‘ziga xosligi shundaki, chet tili fanlari biznes va boshqaruv ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bu o‘z navbatida sizni yuqori daromadli ish bilan ta’minlashga kafil bo‘ladi. Koreys tili va madaniyatini o‘rganish Koreyada yoki bu yerda ko‘plab yangi imkonlarni qo‘lga kiritish va ulardan foydalanishning asosiy vositasi hisoblanadi. Adjudagi koreys tili fanlari dasturi sizga koreys professorlarining sifatli ta’limi bilan birga muvoffaqqiyatga erishingiz uchun koreys uslubidagi tizimli ko‘maklashish tadbirlarini ham taqdim qiladi. Biz doimo nazariya va amaliyot, an’ana va innovatsiya mutanosibligini qadrlaymiz.

Ta'lim yo'nalishlari

Arxitektura 60730100 Bakalavr
Biznesni boshqarish 60410900 Bakalavr
Dasturiy ta’minot 60610600 Bakalavr
Dizayn (interyer dizayni) 60210401 Bakalavr
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi Bakalavr
IT Biznes Bakalavr
Ingliz filologiyasi va menejmenti 60230107 Bakalavr
Koreys filologiyasi va menejment Bakalavr
Qurilish inshootlari muhandisligi 70730304 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Shaxboz Uktamov

Shaxboz Uktamov Toshkent shahridagi Adju universitetida tahsil olayotgan davrida O‘zbekiston bo‘yicha eng yaxshi 100 nafar talaba qatoriga kiritilgan va ikki yil davomida Talabalar Kengashi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U universitet madhiyasining muallifi bo‘lib, bu madhiyaga bugungi kunda universitet ruhi ramzi sifatida qaraladi. Shuningdek, u AUTda birinchi talabalar klublarini, jumladan, Media Club, Radio Club va turli sport klublarini tashkil etgan. U Toshkent shahrida 16 ta universitet ishtirokida tashkil etilgan ilk xalqaro futbol turnirlaridan birining asosiy tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. Ushbu muhim tadbirda uning yetakchi roli alohida e’tirof etilgan. 2023–2024 o‘quv yili davomida u Koreyadan kelgan talabalar uchun o‘tkazilgan Toshkentdagi Qishki Maktabni tashkil etishda muhim rol o‘ynagan. U jamoasi bilan birgalikda tadbir muvaffaqiyatli o‘tishi uchun faol ishlagan va mehmon talabalar bilan Samarqandga amalga oshirilgan madaniy safarda ham faol ishtirok etgan. Hozirda Shaxboz Uktamov Koreyada joylashgan Adju universitetining **Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi (GSI)**da magistratura bosqichida tahsil olmoqda. U Toshkent shahridagi Adju universitetidan ushbu dasturda tahsil olayotgan ilk talabalar safida bo‘lib, hozirda xalqaro talabalar bilan birga o‘qishni davom ettirmoqda.

Talabalar fikri

Anton Iskovskix

Men Civil Systems Engineering bo‘yicha tahsil olyapman va kampusdagi muhit juda ijobiy. Professorlar o‘z fanini chuqur bilishadi va bizni doimo rag‘batlantiradilar. Darslar real muammolar asosida olib boriladi, bu esa nazariyani amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Universitetda mavjud bo‘lgan sport maydonchalari va zamonaviy oshxonalar talabalik hayotimni yanada qiziqarli qilyapti. Bu yerda men nafaqat o‘qiyapman, balki hayot uchun zarur ko‘nikmalarni ham egallayapman.

Husseyn Abdulraxmon

Men Elektr va kompyuter muhandisligi bo‘yicha o‘qiyman va bu yerda o‘qish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri bo‘ldi. Kampusdagi darslardan tashqari, ko‘plab madaniy va ijtimoiy tadbirlar ham o‘tkaziladi. Bu nafaqat yangi do‘stlar orttirish, balki O‘zbekiston madaniyatini yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir. Universitet menga xalqaro talaba sifatida qulay yashash, o‘qish va hatto yarim stavkada ishlash imkoniyatlarini taqdim etdi. Men hozir o‘zimga ishongan, faol va motivatsiyalangan talaba bo‘lib ulg‘ayayapman.

Chen Junlin

AUTdagi ta’lim safarim hozirgacha juda ajoyib o‘tmoqda. Bu yerning professorlari nafaqat bilimli, balki juda ham qo‘llab-quvvatlovchi — ular nafaqat akademik, balki shaxsiy muammolarda ham yordam berishga tayyor. Toshkentda o‘qish to‘g‘ri tanlov bo‘ldi — bu shahar arzon va yashash uchun qulay. Darslardan tashqari, shahar tarixiy joylari va arxitekturasini kashf etishni juda yoqtiraman. Mening bu yerdagi tajribamni yanada unutilmas qilayotgan narsa esa — do‘stlarim va birgalikda yaratilgan xotiralar!

Ikramova Xosiyatxon

Men hozirda Toshkent shahridagi Adju Universitetida Arxitektura yo‘nalishida tahsil olyapman. O‘qish davomida menga eng katta taassurot qoldirgan jihat bu — o‘qituvchilarning yuqori darajadagi professionalligi bo‘ldi. Professorlar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib, har doim o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashishga va talabalarga individual yordam ko‘rsatishga tayyor. Universitet tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘sish va professional rivojlanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.

Ahmed Muhammad Kamol Elsayed Helmi

O‘zbekistonni birinchi marta boshdan kechirayotgan misrlik talaba sifatida, bu yerda odamlarning iliqligi va universitet muhitining mehmondo‘stligi meni hayratda qoldirdi. Kampus zamonaviy va barcha kerakli jihozlarga ega, professorlar esa o‘z ishining ustalari va juda ochiqko‘ngil. Universitetning xalqaro talabalarga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovi meni quvontiradi — ular bizni har jihatdan qulay his qilishimiz uchun harakat qilishadi. Bu yerda o‘qish menga yangi madaniyatni o‘rganish va turli mamlakatlardan do‘stlar orttirish imkoniyatini berdi. Umuman olganda, bu mening O‘zbekistondagi akademik sayohatim uchun ajoyib boshlanish bo‘ldi!

Nazarov Muhammadjon

Men Tojikistondanman va IT Business yo‘nalishida o‘qiyman. Universitetdagi kutubxona juda katta va turli tillardagi kitoblarga boy — u yerda har kuni kechgacha tinch o‘qishim mumkin. Professorlar bizga doimo yo‘l ko‘rsatishadi va haqiqiy tajribalarga asoslangan bilimlar berishadi. Darslardan tashqari, universitetimizda talabalar uchun turli to‘garaklar va klublar mavjud, bu esa yangi do‘stlar orttirishga yordam beradi. Shu yerda o‘qish menga nafaqat texnik bilimlar, balki o‘z ustimda ishlash va kelajak kasbimga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini berdi.

Muhammad Ali

Men Misrdanman va Ajou Universitetining Elektr va Kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil olyapman. Bu yerda menga eng ko‘p yoqqan jihat — darslar ingliz tilida o‘tiladi va o‘qituvchilar juda ochiqko‘ngil. Universitetda chet ellik talabalar uchun alohida e’tibor va qo‘llab-quvvatlash mavjud, bu esa bizni o‘z uyimizdagidek his qilishimizga sabab bo‘ladi. Kampusda nafaqat zamonaviy auditoriyalar, balki sport inshootlari va turli xil oshxonalar ham mavjud. Do‘stlarim bilan birga madaniy sayohatlarda qatnashish menga yangi tajribalar va xotiralar sovg‘a qildi. Bu yerda men nafaqat bilim, balki hayotiy saboqlarni ham o‘rganmoqdaman.

Gumerova Karina

Men Rossiyadanman va hozirda IT Business yo‘nalishida tahsil olyapman. Universitetdagi eng yoqqan jihatlarimdan biri — darslar interaktiv bo‘lib, bizni mustaqil fikrlashga undaydi. Professorlar bilimdon, lekin ayni paytda ochiq va do‘stona. Bu yerda o‘qish menga nafaqat texnik bilimlar, balki o‘z ustimda ishlash va jamiyatda faol bo‘lish ko‘nikmalarini ham berdi. Universitetimizda talabalar uchun ko‘plab klublar, sport maydonchalari va madaniy tadbirlar mavjud. O‘zimni bu yerda ilhomlangan va qadrlangan inson sifatida his qilaman.