Toshkent davlat yuridik universitet stipendiyasi
Toshkent davlat yuridik universitetiKimlar uchun
Bakalavriat bosqichi
Universitet stipendiyasi – bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 2–4-kurs iqtidorli talabalariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar oyma-oy to‘lanadigan pul ta’minotidir.
Universitet stipendiyasini tayinlash masalasi ko‘rib chiqilayotganda, akademik litsey ishchi guruhi va universitet komissiyasi quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:
nomzodning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 va undan ortiq foizni tashkil qilishi;
chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga ega bo‘lishi;
nomzodning akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);
nomzodning akademik litseyda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.