Toshkent davlat yuridik universiteti
8,289
Talabalar
52
Xorijiy talabalar
418
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
21
Kafedralar
1991
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi.
Oliygoh tarixi, davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishi va Xadicha Sulaymonova, Hojiakbar Rahmonqulov, Boris Blinder, Georgiy Sarkisyans, Anvar Agzamxodjayev, Shavkat Urazayev, Shoakbar Shoahmedov, G‘afur Abdumajidov, Ikrom Zokirov kabi ko‘zga ko'ringan yetuk huquqshunos-olimlar hamda milliy huquqshunosligimizga katta hissa qo'shgan boshqa ko‘plab huquqshunoslar nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
1991-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra Toshkent davlat universitetidan Toshkent davlat yuridik instituti nomi bilan ajralib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ–1990-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi.
Universitet o‘z faoliyatini mustaqil o‘quv va ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko‘p yillik an’analarni o‘zida saqlab kelgan holda, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda. Qonun chiqarish va uni qo‘llashning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr, doktorant va mustaqil izlanuvchi darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoniga muvofiq TDYU tashkiliy tuzilmasi qayta ko'rib chiqildi va yangi fakultetlar va tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi.
Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida 5 ta fakultet faoliyat yuritmoqda.
Bular:
1. Ommaviy huquq
2. Jinoiy odil sudlovi
3. Xususiy huquq
4. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
5. Magistratura va sirtqi ta’lim fakultetlaridir.
Xorijiy talabalar uchun
Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda – TDYU) barcha xorijiy bakalavr, magistratura va doktorantura (keyingi o‘rinlarda – xorijiy talabalar) bosqich talabalari uchun ularning fuqaroligi yoki hozirgi immigratsiya holatidan qat'i nazar qo'llab-quvvatlaydi. TDYUga o'qishga kirgan xorijiy talaba sifatida siz yozgi va qishki tadqiqot, o'qish yoki sayohat imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Yangi bitiruvchilar sifatida doktorlik ishi bo‘yicha ilimiy izlanish olib borish imkoniyatlari mavjud.
TDYUga qabul qilingan xorijiy talabalarni viza hujjatlarini rasmiylashtirish, taklif xatlari tayyorlash, ularni O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishlari hamda mahalliy ro‘yxatga olish masalalari to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, xorijiy talabalar uchun universitet yotoqxonalarida joy ajratilishi bilan birga, alohida kvartirada istiqomat qilish xoxishida bo‘lganlar uchun ijaraga uy topish masalalarida ham to‘liq yordam ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari xorijiy talabalarni O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirish imkoniyatlari ham mavjud bo‘lib, respublika bo‘ylab tarixiy va madaniy shaharga sayohat dasturlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
TDYUda tahsil oladigan barcha talabalar, shu qatorda xorijiy talabalar uchun ham TDYUning xorijiy hamkor universitetlari bilan birgalikda tashkil etiladigan o‘quv, tadqiqot va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish, doktorantura talabalari uchun dunyoning bir qator ilg‘or xorijiy universitetlarida ilmiy izlanish maqsadida akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
TDYUning barcha fakultetlarida ingiliz tilida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy talabalar uchun ingiliz tilida o‘qish imkoniyatlari mavjud. Dars mashg‘ulotlariga o‘ndan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.
TDYUda Yapon tili va huquqini tadqiq qilish markazi, Nemis huquqini tadqiq qilish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, bakalavr dasturi asosida o‘qishga kirgan barcha talabalar, shu qatorda xorjiy talabalar ham mazkur markazlarda moliyaviy majburiyatlarsiz tahsil olishlari, yapon yoki nemis tillarini o‘rganish, xorijiy mutaxassislar yordamida ilmiy tadqiqotlar olib borishlari mumkin.
Xorijiy talabalarning o‘qishi bilan bog‘liq barcha xizmatlar yuzasidan TDYUning xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Boshqarma ingiliz, rus, tojik, yapon, xitoy tillarida murojaatlarni qabul qiladi.
Tashkent State University of Law
International Cooperation Department
Address: Sayilgokh 35 str., Tashkent 100047, Uzbekistan
Tel: +99871 232-04-68
E-mail: international.tsul@gmail.com
Xalqaro hamkorlik
Hozirgi kunga qadar TDYU 91 nafar xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
2023-yil davomida xalqaro hamkorlik doirasida 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va 2 ta xorijiy tashkilotlar bilan TDYU o‘rtasida kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Shundan, Buyuk Britaniyaning Oxford universiteti qoshidagi Islom tadqiqotlari Oxford markazi (19.07.2023) va Durham huquq maktabi (15.07.2023) bilan, Germaniya Federativ Respublikasining Martin Luther nomidagi Halle-Wittenberg universiteti (07.12.2023) va Wismar universiteti (17.10.2023) bilan, Xitoy xalq respublikasining Shimoliy-G‘arb siyosat va huquq universiteti (17.09.2023), Janubiy-G‘arb siyosat va huquq universiteti (19.05.2023), Fudan universiteti (17.05.2023) va Shanxay universiteti (18.05.2023) bilan, Vetnam sotsialistik Respublikasining Hanoy huquq maktabi (30.10.2023) bilan, Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat yuridik akademiyasi (02.05.2023) bilan anglashuv memorandumlari imzolangan.
Jumladan, Xitoy xalq respublikasining Duan&Duan xalqaro yuridik firmasi (19.05.2023) bilan, hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qoshidagi S.S. Alekseyev nomidagi Xususiy huquq tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (3 tomonlama) (10.11.2023) bilan hamkorlik doirasida kelishuvga erishilgan.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning Liverpul universiteti bilan ta’lim va tadqiqot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, LLM dasturlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish, TDYU bitiruvchilari uchun Liverpul universiteti magistraturasiga kirishda imtiyozlar berish, TDYUda “Ingliz huquqini tadqiq qilish markazi”ni tashkil etish, mazkur universitet professor-o‘qituvchilarini TDYUga jalb etish, hamkorlikda “Yozgi maktab” tashkil etish maqsadida anglashuv memorandumi loyihasi ishlab chiqilgan va 2024-yil davomida rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqish va imzolash uchun kiritilgan.
Akademik almashinuv
2023/2024-o‘quv yili 1-semestrida talabalarning akademik almashinuvi doirasida, 66 nafar talaba xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalariga almashinuv doirasida o‘qish uchun Polsha, Litva, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Slovakia, Qozog‘iston, Yaponiya davlatlari hamkor oliy ta’lim muassasalariga jo‘natilgani, hamda 2023-2024-o‘quv yili 2-semestrida akademik mobillik dasturlari uchun saralash bosqichida ishtirok etgan 350 nafar talabadan 115 nafari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib akademik mobillik dasturlari doirasida Italiya, Polsha, Litva, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Yaponiya, Belarusiya davlatlari hamkor oliy ta’lim muassasalariga yuborilishi rejalashtirilgan.


Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar ittifoqining birlamchi bo‘g‘ini talabalarni faollikka, faollikka chorlovchi, yoshlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini tushuntiruvchi, 5 ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishida faol bo‘lishga, faollikka chorlovchi yoshlar tashkilotidir. Shu bilan birga, ushbu tashkilot bir vaqtning o'zida yoshlar manfaatlarini himoya qiladi. Yoshlarning bilim olish muammolari, taklif va shikoyatlari, ularning iqtidorini namoyon etishi, yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Fakultetlar
Mazkur fakultetga 2ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari biriktirilgan (60420100 - Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat; 60421200 - Davlat boshqaruvi). Fakultet dekani - Saydullayev Shaxzod Alixanovich (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo'lgan, TDYU professori).
Fakultet dekani - Kamalova Dildora G'ayratovna (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lgan).
Fakultet dekani - Musayev Bekzod Tursunboyevich (fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo'lgan).
Fakultet dekani - Umarxanova Dildora Sharipxanovna (fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan).
Fakultet dekani - Babadjanov Atabek Davronbekovich (Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan).
Ta'lim yo'nalishlari
| Atrof-muhit huquqi va barqaror rivojlanish 70420129 | Magistr |
| Biznes huquqi 70420108 | Magistr |
| Davlat boshqaruvi 60421200 | Bakalavr |
| Davlat boshqaruvi huquqi 70420106 | Magistr |
| Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi 70420123 | Magistr |
| Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti 70420114 | Magistr |
| Kiber huquqi 70420131 | Magistr |
| Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati 70420126 | Magistr |
| Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari 70420125 | Magistr |
| Mehnat huquqi 70420113 | Magistr |
| Moliyaviy-huquqiy monitoring 70420116 | Magistr |
| Ommaviy axborot vositalari huquqi 70420127 | Magistr |
| Sport huquqi 70420105 | Magistr |
| Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 | Magistr |
| Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish 70420102 | Magistr |
| Xalqaro biznes huquqi 70420109 | Magistr |
| Xalqaro huquq va inson huquqlari 70420132 | Magistr |
| Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 | Bakalavr |
| Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat 60420100 | Bakalavr |
| Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi 60420100 | Bakalavr |
| Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik 60420100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent davlat yuridik universiteti
Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
22 496 700 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Kiber huquqi
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Atrof-muhit huquqi va barqaror rivojlanish
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ommaviy axborot vositalari huquqi
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Moliyaviy-huquqiy monitoring
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Mehnat huquqi
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Biznes huquqi
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Davlat boshqaruvi huquqi
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
22 496 700 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Sport huquqi
24 403 200 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Sun’iy intellekt (magistratura)
14 124 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat yuridik universiteti
Xalqaro huquq va inson huquqlari
24 403 200 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Hatamov Jaxongir Juraevich
Mirziyoyeva Saida Shavkatovna
Toshqulov Akbar Jo'raboyevich
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich
Talabalar fikri
Islomxon Bahodirov
Diyorbek Nabiyev
Nazokat Qunduzova
Said Uktamxanov