WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Stipendiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Kimlar uchun

bakalavr, magistr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga asosan ta’sis etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga (keyingi o‘rinlarda-tayanch doktorantlar deb yuritiladi) - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi.

Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va to‘lanadi.