WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Stipendiyalar

FerSU stipendium Grant Plus (qisqartirigan holati: “FerSU stipendium G+A”)

Farg‘ona davlat universiteti

Kimlar uchun

Kunduzgi

Farg‘ona davlat universitetida tahsil olayotgan, bir o‘quv yili yakuniga ko‘ra va butun o‘qishi davomida barcha fanlarni a’lo bahoga o‘zlashtirgan, shug‘ullanayotgan ilmiy tadqiqoti bo‘yicha aniq natijalarga, shu jumladan patent va mualliflik guvohnomasi olgan, xalqaro va respublika olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sozovor bo‘lgan, belgilangan nashr ko‘rsatkichlariga ega, alohida qobiliyat va iqtidor egasi, universitet jamoat ishlarida faol xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talaba va magistrantlarga tanlov natijalariga asosan tayinlanuvchi, keyingi bir o‘quv yilining kontrakt summasini to‘liq qoplab berish bilan birga, bir semestr davomida oyma-oy to‘lanadigan stipendiya ko‘rinishidagi pul ta’minoti.