WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Stipendiyalar

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari

Termiz davlat pedagogika instituti

Kimlar uchun

Kunduzgi

Nomli davlat stipendiyalari

 

Qanday nomli davlat stipendiyalari bor?

  “О‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish tо‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 226-son (13.10.2008) Qaroriga binoan, О‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bо‘yicha о‘qiyotgan talabalariga quyida nomdagi Davlat stipendiyalari joriy etilgan. Bular:

Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi;

Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi;

Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi;

Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi;

Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasi;

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi.

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari (keyingi o‘rinlarda - nomli davlat stipendiyalari) O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi.

Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda ushbu nomli davlat стипендияси сони тарих ва geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari uchun alohida bittadan belgilanadi.

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari uchun alohida bittadan belgilanadi.