WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta'lim dasturi orqali siz globallashuv davrining eng dolzarb yo'nalishlaridan biri bo'lgan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” bo'yicha bilim va malakalarga ega bo'lasiz. O'zbekiston jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo'yicha mutaxassislarga talab tobora ortib bormoqda.

Siz o'qish davomida jahon iqtisodiyoti, xalqaro savdo, xalqaro moliya, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi zamonaviy fanlarni o'zlashtirib, ushbu sohada ko'plab nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Biz bilan ta'lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida (kunduzgi ta’lim shakli) siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6300 soat

Malakaviy amaliyot: 900 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar