O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Dastur haqida
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʼyicha) (60411100) bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼlib, global iqtisodiy tizimning tuzilishi, xalqaro savdo, investitsiyalar, hamda turli mintaqalardagi iqtisodiy munosabatlar va faoliyat turlarini oʼrganishga qaratilgan. Ushbu yoʼnalish talabalarni jahon iqtisodiyoti, xalqaro savdo, iqtisodiy integratsiya, investitsiya va marketing boʼyicha yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlaydi. Taʼlimning asosiy maqsadi – xalqaro iqtisodiy munosabatlar, mintaqaviy iqtisodiy tiklanish va rivojlanishni tushunish, shuningdek, iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqishga yordam berishdir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʼyicha) bakalavriat – xalqaro iqtisodiyot va savdo siyosatini tahlil qilish, mintaqalar oʼrtasidagi iqtisodiy aloqalarni tadqiq qilish, turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatni boshqarish va strategik rejalashtirish uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan taʼlim yoʼnalishidir.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:
Tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi davlat tashkilotlari;
Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy diplomatiya bilan shugʼullanuvchi boʼlinmalari, elchixonalar va konsulliklar, tashqi iqtisodiy faoliyat, yaʼni eksport yoki import faoliyati bilan shugʼullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari (xususiy korxonalar);
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qoʼshma korxonalar;
Korxona va tashkilotlardagi tashqi iqtisodiy faoliyat tuzilmalari va xizmatlari;
Oliy taʼlim muassasalaridagi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavrlar tayyorlaydigan boʼlinmalar, shuningdek, jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va tashqi iqtisodiy faoliyat muammolarini oʼrganadigan tadqiqotlar markazlarida kasbiy faoliyatni amalga oshirish mumkin.
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
- Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
- OTM Kengashi qarori bilan talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malaka amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Birinchi kursda qo‘yilgan K kredit modul tizimiga kirish va OTM bilan tanishish haftaligi sifatida tashkil etiladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1-8 |
|
Attestasiyalar |
28 |
1-8 |
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish / Fanlami tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
5 |
1, 2, 4, 6 |
|
Amaliyot |
15 |
8 |
|
Yakuniy davlat attestasiyasi |
6 |
8 |
|
Ta’til |
42 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
Jami |
204 |
|
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga