WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

60812300-Suv xo‘jaligi va melioratsiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi-texnika va texnologiyalar jabhasiga oid ta’lim sohasi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatlar doirasida tabiat va uning resurslaridan foydalanish, suv resurslarini boshqarish va ulardan turli maqsadlarda samarali foydalanishni tashkil etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya hamda boshqa suv xo‘jaligi tizimlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularni monitoring qilish bo‘yicha bilimlarga, kasbiy ko‘nikmaga va mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridagi suv xo‘jaligi inshootlar va mexanizmlar hamda suv va yer resurslaridan foydalanish bilan bog‘lik faoliyatlarning ekolog.ik bezarar uslublari va texnologiyalari; irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ob’ektlarida ishlatiladigan asbob-uskunalar, zamonaviy texnika va vositalar, laboratoriya asbob-anjomlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari hamda ulardagi gidrotexnik inshootlar, yo‘llar va himoya daraxtzorlari, suv omborlari, nasos stansiyalar va boshqa suv xo‘jaligi hamda melioratsiya inshootlari kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi

O'xshash dasturlar