WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Osiyo texnologiyalar universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70111401 – O'zbek tili va adabiyoti. Magistratura mutaxassisligi o'zbek tilshunosligining nazariy masalalari, til tarixi va qiyosiy-tipologik tadqiqotlar, matn lingvistikasi va uslubshunoslik, o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini ilmiy tahlil qilish, adabiyotshunoslik nazariyasi va qiyosiy adabiyotshunoslik, matnshunoslik va manbashunoslik, korpus lingvistikasi hamda ona tili va adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodologiyasi asosida mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Bitiruvchilar oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qituvchi va katta o'qituvchi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, nashriyotlarda bosh muharrir va muharrir, ommaviy axborot vositalarida matn muharriri va sharhlovchi, davlat boshqaruvi organlarida davlat tili va hujjatchilik bo'yicha ekspert, kutubxona, muzey va madaniyat muassasalarida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat olib borish, shuningdek tayanch doktorantura (PhD) da ilmiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar