WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti

Turizm va mehmondo‘stlik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi “Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u servis xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga oid masalalarni echish; mehmonxona xo‘jaligidagi ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkil etish, aholi va turistlar uchun ratsionlar ishlab chiqish, turli mulkchilik shaklidagi ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkil etish, savdo zali metrdoteli xizmati; umumiy ovqatlanish menejeri; savdo zali mudiri; restoran mudiri; restoran bosh ofitsianti; restoratorlik boshqaruvi; umumiy ovqatlanish sohasi bo‘yicha eksperti faoliyati; restoran ishi xizmat ko‘rsatish jarayonlarini va texnologiyalarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish; mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatlashtirish metodlarini qo‘llash; xizmat ko‘rsatish servisida kechadigan jarayonlar bo‘yicha matematik modellarni qo‘llash; ovqatlanish korxonalarida servis xizmat ko‘rsatishni modernizatsiyalash strategiyasini belgilash va qo‘llash; kompyuter texnologiyalari va dasturlanishi; servis xizmat ko‘rsatish texnik ekspluatatsiyasi va tamoyillarini tuzish hamda loyihalash; bilimlar injeneriyasi; tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq etish; dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va injeneriyasi bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

  • turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan ovqatlanish korxonalarida (restoran, kafe, bar, oshxona, tamadixona, to‘yxona va boshqa zamonaviy ekspress (tez) ovqatlanish shaxobchalari);
  • korxona, tashkilot va muassasalar tassarufidagi ovqatlanish korxonalarida;
  • aholi va turistlarning ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar servisi korxonalarining texnik-texnologik va tashkiliy faoliyat ko‘rsatish jarayonlarida;
  • ixtisoslik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari jarayonida;
  • ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiena talablariga asosan bajariladigan ishlarning sifatini nazorat qilish jarayonida;
  • ovqatlanish korxonalaridagi texnologik jihozlarning ekspluatatsiyasini to‘g‘ri amalga oshirish jarayonlarida;
  • aholi va turistlar ovqatlanishini tashkil etish servisida zamonaviy progressiv usullarini qo‘llay olish jarayonlarida;
  • aholi va turistlar ovqatlanishini tashkil etishda ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini mukammal bilish jarayonlarida;
  • oziq-ovqat mahsulotlarida kechadigan biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlarida;
  • xizmatlar sohasida taomlar tarkibini matematik usullar yordamida optimallashtirishni amalga oshirish va xizmat ko‘rsatishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llay olish jarayonlarida;
  • atrof muhitni muhofaza qilish, mehnat faoliyati xavfsizligini ta’minlash, jarohatlanish va kasbiy kasalliklar oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonlarida;
  • ishlab chiqarish korxonalarida;
  • davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni echish.

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida kompleks masalalarni echish huquqiga ega bo‘ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo‘nalishlari bundan mustasno.

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

  • tashkiliy-boshqaruv;
  • xizmat ko‘rsatish;
  • ilmiy-tadqiqot;
  • tadbirkorlik.

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

  • fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga;
  • dunyoqarash bilan bog‘liq falsafiy bilimlarga tizimli ega bo‘lishi, mustaqil tahlil qila olishi, kasbiy faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
  • Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
  • xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doriasida zaruriy bilimlaga ega bo‘lishi hamda ularning zamonaviy ilmiy asosda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
  • axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
  • aholi va turistlar ovqatlanish servisini tashkil etish yo‘nalishidagi xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish va kollektiv ishlarini tashkil etish hamda boshqarish;
  • aholi va turistlar ovqatlanish servisini tashkil etish yo‘nalishidagi xizmat ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni va resurslarini rejalashtirish;
  • aholi va turistlar ovqatlanish servisini tashkil etish yo‘nalishidagi xizmat ko‘rsatish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tashish jarayonlari monitoringi mexanizmini ishlab chiqish;
  • xizmat ko‘rsatish jarayonida, fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
  • ijrochilar jamoasi tarkibida intellektual mulk masalalari bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlardan foydalanish, patent informatsiyasi manbalari bo‘yicha izlanish ishlarini olib borish;
  • ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
  • ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasiga, yong‘inga, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish.

Xizmat ko‘rsatish faoliyatida:

  • aholi va turistlar ovqatlanish servisini tashkil etish yo‘nalishidagi ob’ektlar, texnologik vositalardan foydalanish va ularga samarali xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
  • aholi va turistlar ovqatlanish servisini tashkil etish yo‘nalishidagi xizmat ko‘rsatish vositalari, ularning mexanizm va tizimlari hamda texnologik jihozlariga xizmat ko‘rsatadigan namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
  • yangi tashkilotlarni (faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlari) yaratish va rivojlantirish uchun biznesni rejalashtirish;
  • barcha ishtirokchilar tomonidan biznes-rejani amalga oshirishda izchillikni ta’minlash maqsadida tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • yangi biznes tuzilmalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy va ma’muriy hujjatlarni tayyorlash;
  • ilg‘or texnologik jarayonlarni va ilmiy asoslangan xizmat ko‘rsatish tizimlarini qo‘llash va ulardan oqilona foydalanish.

Ilmiy - tadqiqot faoliyatida:

  • aholi va turistlar ovqatlanishini tashkil etish servisida bajariladigan xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish;
  • aholi va turistlar ovqatlanishini tashkil etish servisida bajariladigan xizmat ko‘rsatish natijasida olinadigan iqtisodiy foydani hisoblay olish;
  • xizmat ko‘rsatish sohasining aholi va turistlar ovqatlanish servisi yo‘nalishidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni o‘rganish;
  • aholi va turistlarga ovqatlanish xizmatini ko‘rsatish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil etish va tizimlashtirish;
  • tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etishda qatnashish;
  • zamonaviy usullar va vositalardan foydalanib faoliyat ob’ektlari holatini tahlil qilishda ishtirok etish;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda sohaga oid mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etish;
  • internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
  • ma’lumotlarni jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni tizimli tahlil qilishda ishtirok etish.

Tadbirkorlik faoliyatida:

  • sohaga oid yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
  • biznesni tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

 

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

 

Umumiy kompetensiyalar:

  • davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
  • mantiqiy fikrlashlarni rivojlantirish, to‘g‘ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatini shakllantirish;
  • xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushinishi, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilish;
  • axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay bilishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
  • yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
  • sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lish.

Kasbiy kompetensiyalar:

  • me’yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, kadrlarni boshqarish strategiyasini qo‘llash, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirishni bilish;
  • insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilish;
  • axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish;
  • yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlash;
  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirish;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasbiy bilim va malakalarini oshirish;
  • umumiy ovqatlanish korxonalarida mutaxassis bo‘lib ishlash;
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar qoshidagi tashkil etiladigan ovqatlanish korxonalari mutaxassisi bo‘lib ishlash;
  • mehmonxona xo‘jaligidagi ovqatlanish korxonalarida faoliyat olib borish;
  • sog‘lomlashtirish-sanatoriya va profilaktoriyalarda ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish mutaxassisi bo‘lib ishlash;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarida ovqatlanish bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlash;
  • mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Umumiy va kasbiy komponentlarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.

            Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketlikda kiritilgan majburiy va tanlov fanlarni o‘zlashtirish, amaliyotlarni o‘tish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi.

Majburiy fanlar – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar majmuasidir.

Tanlov fanlari – ta’lim yo‘nalishi doirasida ixtisoslashuvidan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:

O‘quv-tanishuv amaliyoti – xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari, korxonalari, firmalari va boshqa korxonalar bilan tanishtirish, umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashni shakllantirishga qaratiladi;

Malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyoti – majburiy va tanlov fanlaridagi mutaxassislik va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarini bevosita mustaxkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish hamda boshqarishda tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarini shakllantirishga qaratiladi.

Bitiruv ishi oldi amaliyotibitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga mo‘ljallangan.

Kvalifikatsiya: servis-texnolog (umumiy ovqatlanish sohasi bo‘yicha).

O'xshash dasturlar