Urganch davlat pedagogika instituti
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
Dastur haqida
Kafedra tarixi va asosiy faoliyati:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2022 - yilda tasdiqlangan “Urganch davlat pedagogika instituti tashkiliy tuzilmasi” va 2022-yil 6-sentabrdagi institut Kengashi qaroriga muvofiq “Texnologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashkil etilgan. 2023-2024 o‘quv yilidan kafedra nomi “Jismoniy madaniyat” deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, professor Matnazarov O‘ktam Latipovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedraning asosiy vazifalari: talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej, kasb-hunar maktablari va texnikum o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida faoliyatini tashkil qilish, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish va boshqarish, jamiyatning ijtimoiy qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiyani ommalashtirish kabi bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan.
Jismoniy madaniyat kafedrasida 60112200 – Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 70112201-“Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Kafedraning asosiy maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport turlarining rivojlanish tarixini o‘rganish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga yega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalashdan iborat.
Bo‘lajak kadrlarga mutaxassislik bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish orqali, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalarga ega qilish qatorida pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi amaliy ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga