WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70710102 – Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati  yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70710102 – Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi magistratura ta’lim yo‘nalishi  ishlab chiqarish, "Oʻzbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va uning tasarrufidagi neft-gaz sanoati korxonalari UzNEFT maxsulot, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi, Farg’ona NGQIZ, Buxoro NGQIZ, Muborak NGQI zavodlari, O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona korporativ tizim-Uzkimyosanoat AJ tasarrufidagi korxonalar Dehqonobod kaliy zavodi, Farg’onaazot AJ, Navoiyazot AJ, Maxam-Chirchiq AJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar