WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Texnologik ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

“Texnologik ta’lim”

Ushbu ta’lim dasturi orqali “Texnologik ta’lim” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojilaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Aniq fanlar sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Texnologik ta’lim fani insoniyat uchun yangiliklar yaratish kreativ fikrlash qobiliyatini yaxshilash uchun yangi sohalari va yo’nalishlarini ochib beruvchi fan tarmog’i hisoblanadi.

Siz 3 yil davomida “Texnologik ta’lim” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

  1. Majburiy fanlar: 3900 soat 

  2. Tanlov fanlar: 720 soat

  3. Malakaviy amaliyot: 780 soat 

Jami: 5 400 soat

Qo‘shimcha izohlar:Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar