WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Tarix

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70220301 - Tarix mutaxassisligi magistratura bosqichida tahsil olish orqali magistrantlar tarix fanining nazariy-metodologik asoslarini chuqur o‘zlashtiradilar hamda tarixiy jarayonlarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantiradilar. Ta’lim jarayonida ular tarixshunoslik, manbashunoslik, tarix falsafasi, tarixiy tadqiqot metodologiyasi hamda dolzarb tarixiy muammolar bo‘yicha mustaqil ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Magistrantlarda tarixiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish, arxiv hujjatlari bilan ishlash, ilmiy xulosalar chiqarish va tarixiy voqealarni kompleks baholash malakalari shakllanadi. Shuningdek, ular zamonaviy tarix fanidagi konsepsiyalarni o‘zlashtirib, milliy va jahon tarixiga oid dolzarb masalalarni ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish salohiyatini rivojlantiradilar. Magistratura bosqichi ilmiy maqolalar tayyorlash, ilmiy loyihalarda ishtirok etish, konferensiyalarda ma'ruza qilish hamda dissertatsiya tadqiqotini mustaqil olib borish uchun zarur bilim va tajribani beradi. Muxtasar aytganda, mazkur mutaxassislik magistrantni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlaydigan, analitik fikrlaydigan va tarix fanining dolzarb muammolariga innovatsion yondasha oladigan yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllantiradi.

Siz 2 yil davomida 70220301 – Tarix mutaxassisligi bo‘yicha nazariy bilimlarni ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uyg‘un holda o‘zlashtirasiz. Tarixiy tadqiqot metodologiyasi, tarix falsafasi, zamonaviy tarixshunoslik, manbashunoslikning dolzarb masalalari, O‘zbekiston va jahon tarixining muhim muammolari hamda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lasiz. Biz bilan magistratura bosqichida tahsil olib, tarix fanining dolzarb yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boruvchi, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida samarali faoliyat yurita oladigan malakali tarixchi-mutaxassis bo‘ling!

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy pedagogic ish va ilmiy amaliyot: 600 soat

Ilmiy tadqiqot ishi  va dissertatsiyasini tayyorlash: 1200 soat

O'xshash dasturlar