WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Davlat moliyaviy nazorati va auditi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Ushbu magistratura ta'lim dasturi orqali siz davlat moliyasi sohasining muhim yo'nalishi bo'lgan “Davlat moliyaviy nazorati va auditi” mutaxassisligi bo'yicha chuqur bilim va malakalarga ega bo'lasiz. Auditor, taftishchi kvalifikatsiyasiga ega magistrlar davlat moliyaviy nazorat organlari va audit tashkilotlarida talab yuqori bo'lgan mutaxassislar hisoblanadi.

Siz o'qish davomida davlat moliyasini boshqarish, davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisoboti, davlat sektorida ichki audit, xalqaro audit kabi zamonaviy fanlarni o'zlashtirib, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanasiz hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya qilasiz. Biz bilan ta'lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida (kunduzgi ta’lim shakli) siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy faoliyat: 1800 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar