WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Sport faoliyati (kurash)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

61010300 ─ Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi talimda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
61010300 ─ Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ─ “Xizrnat ko‘rsatish sohasi”ga oid yo‘nalish bo‘lib, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, sport turlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o‘tkazish, sport turlariga oid harakatlarga o‘rgatish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid vositalar, tamoyillami qo‘llash, harakatlarga o‘rgatish, yosh davrlariga nisbatan vosita va uslublami tanlash, jismoniy yuklamalami miqdor va sifat jihatidan boshqarish va individuallashtirish, jismoniy mashg‘ulotlami rejalashtirish, nazorat va tahlil qilib borish, sport faoliyatining asosiy tomonlarini boshqarish, sport sohasidagi ilmiy ─ tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi
 61010300 ─ Sport faoliyati (faoliyat turlari bo ’yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
 ─ sport va jismoniy tarbiya;
 ─ pedagogik (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi tizimida);
 ─ ilmiy ─ tadqiqot;
 ─ foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish;
 ─ sog‘lomlashtirish va tiklash;
 ─ tashkiliy ─ boshqaruv.

O'xshash dasturlar