WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus peadagogika (oligofrenopedagogika)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“ Maxsus pedagogika (oligrofrenopedagogika)” ta'limi dasturi

Ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Mazkur bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari asosiy foydalanuvchilaridir. Barcha ta’lim shakllari  bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriyat dasturining meyoriy muddati 4-yil. Bir o‘quv yili uchun bakalavriyat ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

  1. Majburiy fanlar: 4 320 soat 

  2. Tanlov fanlar: 1 800 soat

  3. Malakaviy amaliyot: 1 080 soat 

Jami: 7 200 soat

 

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • 3-8 semestrda 4+2, ya’ni haftaning 4 kuni nazariy va amaliy, 2 kuni pedagogik amaliyot tartibida o‘qitiladi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotni talabalar umumta’lim maktablarda va boshqa turli tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar