Dastur haqida
|
I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad - Algoritmlarni loyihalash fani talabalarda dasturlash bo‘yicha ixtiyoriy masalani yechish uchun zarur bo‘lgan algoritmik fikrlash, effektiv algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga asos bo‘ladi. Fanning nazariy konsepsiyalari asosan o‘rganiladigan barcha konsepsiyalarga erishish uchun sekin-asta murakkablashib boradigan mashq va masalalarni bajarish orqali o‘rganiladi. Fanning vazifasi – Algoritm tuzish prinsiplarini tahlil qilish, algoritmni loyihalash usullarini yetarlicha o‘zlashtirishlarini ta’minlash va amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish, algoritmlash usullarini amaliy masalalarni hal qilishga tatbiq etish, algoritmlarning sifatini oshirish, ixchamlash yo‘llari va uslublarini o‘rni va ahamiyatini ochib berish.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Algoritmlarni loyihalashga kirish. Algoritmlarni vaqt va hajm bo‘yicha baholash. Ko‘phadlar qiymatlarini hisoblashda Gorner sxemasi. 2-mavzu. Chiziqli algoritmlar. Sikllar. Integrallarni taqribiy hisoblash usullari, samaradorligi. Matritsalarni ko‘paytirish. Determinantni hisoblash 3-mavzu. Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Algebraik va transcendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari. Samaradorligini baholash. Iteratsion sikllar 4-mavzu. Vatarlar, Nyuton. Oddiy itaratsiya algoritmlari, dasturlari 5-mavzu. O‘yinlar nazariyasi. 6-mavzu. Statistik modellashtirishda eng kichik kvadratlar usuli. Dinamik dasturlash III. Amaliy mashgʻulotlari buyicha koʻrsatma va tavsiyalar Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Algoritmlarni loyihalash. Algoritm korrekt va samaradorligini baholash. 2 Algebraik va transsendent tenglamalarni yechishda oraliqni teng ikkiga bo‘lish, iteratsiya usullari. 3. Chiziqli dasturlash masalasi. Masalaning matematik modeli, iqtisodiy tahlili. 4. Jadval funksiyani Fur’e qatoriga yoyish. Fur’e koeffisientlarini hisoblash. 5. Bog‘langan graflarda marshrutlar, ularni narxi (masofasi) bo‘yicha baholash. IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Algoritm murakkabligini statik va dinamik o‘lchovlari. Vaqt va xotira hajmi bo‘yicha qiyinchiliklar. 2. Algoritmlarni eng yomon va o‘rtacha holatlarda baholash. 3. Algoritmlarni vaqt va hajmiy murakkabligini baxolashda tekis va logorifmik solishtirma mezonlar. 4. Ketma-ketliklar, to‘plamlar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari. 5. Taqribiy integrallash usullari aniqligi va hisoblash hajmi bo‘yicha taqqoslash. 6. Algebraik va transgendent tenglamalarni taqribiy yechish usullarini yaqinlashish tezligi bo‘yicha baholash. 7. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemalarini taqribiy yechish usullari. Yaqinlashish shartlari. 8. Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko‘rinishi. Simpleks usul. 9. Raqamli axborotlarni qayta ishlashda Fure usuli. Spektral tahlil. 10. Statistik axborotlarni qayta ishlashda va prognoz masalalarida dinamik dasturlash usullari. 11. Graflarni eniga va bo‘yiga aylanishi (tekshirish). 12. Graflarni eng arzon tayanch daraxtini qurishda Kruskal xasis algoritmi. 13. Prima - Deykstra algoritmi. Uni vaqt bo‘yicha baxolash. 14. Ajrat va hukmronlik qil” tilidagi algoritmlar. 15. P va NP sinflar, NP- to‘liq masalalar tushunchasi. 16. Algoritmlarni baholash mezonlari. Vaqt va hajm bo‘yicha baholashga misollar. 17. Integrallarni taqribiy hisoblashda Nyuton-Kotes formulalari. G‘oyasi va xatolik tartibi. 18. Integrallarni taqribiy hisoblashda Gauss formulalari. G‘oyasi va xatolik tartibi. Samaradorligi. 19. To‘plamlarda qisqartima akslantirishlar. Ularga va amaliy tadbiqlarga misollar. 20. Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda oraliqni teng ikkiga bo‘lish va vatarlar usullarini samaradorlik bo‘yicha taqqoslash. 21. Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda vatarlar va Nyuton usullarini samaradorlik bo‘yicha taqqoslash. 22. Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda oddiy itaratsiya usuli va uning samarali variantlarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar. 23. Matrisa normasi va uning aniqlash usullari. 24. Chiziqli algebraic tenglamalar sistemasini yechishda oddiy iterasiya va Zeydel usullari, ularning yaqinlashish shartlari. 25. Chiziqli dasturlash masalalari uchun tayanch yechim tushunchasi, ularni aniqlash usullari. |
|
V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
|
|
VI. Taʼlim texnologiyalari va metodlari:
|
|
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻliq oʻzlashtirish, tahlil natijalarini toʻgʻri aks ettira olish, oʻrganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat ishini topshirish. |
|
Asosiy adabiyotlar
Qoʻshimcha adabiyotlar
Internet manbaalar
|
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Axborot tizimlarini boshqarish
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Elektron biznes
35 356 800 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Diplomat University
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
20 000 000 so'm
yiliga