Dastur haqida
|
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda kasbiy faoliyatda axborot tizimlari va axborot resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha masalalarni yechishda bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarni kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari bilan tanishtirish, kriptografiya asoslari, foydalanishni nazoratlash, tarmoq va kompyuter xavfsizligini ta’minlashning hamda axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularga qarshi kurashishni samarali usul va vositalarini o‘rgatishdan iborat. |
|
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1 bo‘lim Kiberxavfsizlik 1-Ma’ruza. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari. Аxborot xavfsizligining hayotdagi timsollari, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi, maxfiylik, yaxlitlik, foydalanuvchanlik, risk, hujumchi kabi fikirlash, tizimli fikirlash, aktiv, tahdid, zaiflik, boshqarish vositasi, kiberxavfsizlikning bilim sohalari. 2-Ma’ruza Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika. Ichki kiberjinoyatlar. tashqi kiberjinoyatlar, kiberqonunlar, milliy qonunlar xalqaro kiberqonunlar, kiberetika. 3-Ma’ruza. Inson faoliyati xavfsizligi. Kiberxavfsizlikda inson omili, ijtimoiy (sotsіayl) injinerіya, Fishing, Sotsal injineriyadan xіmoyalanish choralari. 2-bo‘lim. Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati 4-Ma’ruza. Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati. Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiya. Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish: axborot xavfsizligi siyosati, xavfsizlik siyosatining zaruriyati, xavfsshlik siyosatining afzalliklari, xavfsizlik siyosatining irarxiyasi, xavfsizlik siyosati xususіyatlari, axborot xavfsizligi siyosatining turlari. 3-bo‘lim. Axborotlarning Kriptografik himoyasi. 5-Ma’ruza. Kriptografiyaning asosiy tushunchalari. Asosiy terminlar, Kriptografiya bo‘limlari, kriptotizimlar, Kerkxofs prinsiplari, Kriptografiya tarixi, Kriptografik akslantirish. 6-Ma’ruza. Simmetrik kriptografik algoritmlar va Ochik kalitli kriptotizimlar. Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari, A5/1 Oqimli shifrlash algoritmlari, blokli simmetrik shifrlash algoritmlari, simmetrik kriptotizimlardagi muommolar, Bir tomonlama funktsya, Faktorlash muommosi, modul arfmetikasi, RSA algoritmlari Ochik kalitli kriptotizimlardan foydalanish, Ochik kalitli kriptotizimlarda kalit uzunligi. 7-Ma’ruza. Ma’lumotlar yaxlitligini taminlash usullari. Xesh funksiya, xabarlarni autentifikatsiyalash kodi, xesh – funksiyalar asosida ma’lumot yaxlitligini tekshirish, ochiq kalitli shifrlash algoritmlari asosida ma’lumot yaxlitligini tekshirish va rad-etishdan himoyalash, ERIni shakllantirish jarayoni, ERIni tekshirish jarayoni, ochiq kalitlar infrastrukturasi 8-Ma’ruza. Disklarni va fayllarni shifrlash. Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari. Apparat-dasturiy shifrlash, apparat shifrlash, dasturiy shifrlash, disk va fayl tizim sathida shifrlash. Qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari, elektron hujjatlarni yo‘q qilish. 4-bo‘lim Foydalanishni nazoratlash 9 - Ma’ruza. Identifikatsiya va autentifikatsiya vositalari. Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya, bir tomonlama va ikki tomonlama autentifikatsiya, ko‘p omilli autentifikatsiya, parol tizimlari, elektron qurilmalar, biometrik tizimlar. 10 - mavzu. Ma’lumotlardan foydalanishni mantiqiy boshqarish. Foydalanishni boshqarish, foydalanishni diskretsion boshqarish usuli (Discretionary access control, DAC), foydalanishni mandatli boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC), foydalanishni rollarga asoslangan boshqarish usuli (Role-based access control, RBAC), foydalanishni atributlarga asoslangan boshqarish usuli (Attribute-based access control, ABAC), foydalanishni boshqarish matritsasi, ACL yoki S-list. 11 - mavzu. Ko‘p sathli xavfsizlik modellari. Bell-LaPadula modeli, Biba modeli, mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish. 12 - mavzu. Ma’lumotlarni fizik himoyalash. Fizik xavfsizlik, uning zaruriyati, fizik xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar, tab’iy tahdidlar, sun’iy tahdidlar, fizik xavfsizlikni nazoratlash, boshqa fizik xavfsizlik choralari, ogohlik / o‘qitish. 5-bo‘lim. Tarmoq xavfsizligi. 13 - mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi muammolari. Tarmoq turlari, tarmoq topologiyalari, OSI modeli, tarmoqqa qo‘yiladigan talablar, TCP/IP modeli, tarmoq vositalari. Zaiflik, tahdid, hujum, ichki tahdid, tashqi tahdid, razvedka hujumlari, kirish hujumlari, zararli hujumlar, xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) hujumlari. 14 - mavzu. Tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi vositalar. Tarmoqlararo ekranlash, virtual xususiy tarmoqlar, suqilib kirishlarni aniqlash tizimlari (Intrusion Detection System, IDS), ma’lumotlarning sirqib chiqishini oldini olish tizimlari (Data Leakage Prevention, DLP), yolg‘on nishonlar yoki tuzoqlar (honeypot). 15- mavzu. Simsiz tarmoq xavfsizligi. Simsiz tarmoq turlari, simsiz tarmoqlardagi mavjud zaifliklar, nazoratlanmaydigan xudud, ruxsatsiz suqilib kirish, yashirincha eshitish, xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash, o‘rtada turgan odam hujumi, tarmoqdan foydalanishning yolg‘on nuqtalari (zararli egizak hujumi), Rouming muammosi, tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotni shifrlash. 16 - mavzu. Risklarni boshqarish. Risk, risk darajasi, risk chastotasi, risk matritsasi, risklarni boshqarish, muhim risk ko‘rsatkichlari, risklarni boshqarish bosqichlari, tashkilotda risklarni boshqarishning freymvorki, risklarni boshqarishning axborot tizimlari (Risk Management Information Systems, RMIS). 6-bo‘lim. Foydalanuvchanlikni taminlash usullari. 17-mavzu. Foydalanuvchanlik tushunchasi: zaxira nusxalash, ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash. Foydalanuvchanlik, zaxira nusxalash, zaxira nusxalash vositalari. RAID texnologiyasi, afzalliklari va kamchiliklari, zaxira nusxalash usullari, zaxiralash turlari. Ma’lumotlarni qayta tiklash, ma’lumotni yo‘qolish sabablari, ma’lumotlarni qayta tiklash vositalari, hodisalarni qaydlash, Windows OTda hodisa turlari. 7-bo‘lim. Dasturiy vositalardagi xavfsizligi 18 - mavzu. Dasturiy vositalardagi xavfsizlik muammolari. Veb saytlar bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari, keng tarqalgan veb zaifliklar, xavfsiz va xavfsiz bo‘lmagan dasturlar tillari, dasturiy vositalardagi zaifliklar bilan tushunchalar, nuqson, bag, xotirani to‘lib toshishi. 19 - mavzu. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari. Zararli dasturlar turlari, viruslar va ularning klassifikatsiyasi, viruslarni amalga oshiruvchi vazifalari, zararli dasturiy vositalarni aniqlash usullari, vositalari. 8-bo‘lim maxsuz bo‘lim 20 - mavzu. Qayd yozuvini himoyalash. Qayd yozuviga aloqador ma’lumotlarni himoyalash, siz bilan aloqada bo‘lgan tomon bilan ma’lumotlarni himoyalash, siz bilan aloqada bo‘lmagan tomonlarda ma’lumotlarni himoyalash. Parollar, parollarni generatsiyalash, parollarni boshqarish, parollarn saqlash, parollarni uzatish, parolga alternativ usullarni aniqlash. 21 - mavzu. Ijtimoiy injineriyaga qarshi himoya. Ijtimoiy injineriya turlari, ijtimoiy injineriya mutaxassislari foydalanadilan prinsiplar, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlarni bo‘lishmaslik, qalbaki ijtimoiy media ulanishlarini aniqlash, xavfsiz dasturiy vositalardan foydalanish. II. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinadi.
Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik gypuhga bir professor-uqituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mshg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida utilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofix. 4. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Talabaga berilgan mustaqil ishning asosiy maqsadi — o‘qituvchi rahbarligi va iazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustatqil ravishda bajarish uchun bilim, ko‘nikmalarni shakillantirish va rivojlantirish. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan mustaqil ishlar tayyorlash, uni taqdimot qilish va amalda bajarish tavsiya etiladi. 5. Fan o‘qitilishining natijalari (Shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
6. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
7. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’la aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat (turidan qat’iy nazar) ishini topshirish. Asosiy adabiyotlar
Qo'shimcha adabiyotlar
Internet manbaalari
|
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Axborot tizimlarini boshqarish
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Elektron biznes
35 356 800 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Diplomat University
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
20 000 000 so'm
yiliga