WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Dasturiy injiniring

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

I.  Fanning mazmuni

Fanning o‘qitishdan maqsad talabalarga ma’lumotlar bazasini loyihalash, arxitekturasini yaratish, malumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tanlash, ma’lumotlami sinflarga ajratish va ular ustida sorovlar yaratish, DDL, DML va DCL ichki til larida ishlash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi malumotlar bazasining nazariy va amaliy asoslari, malumotlar tuzilmashini loyihalash konikmasini shakllantirish, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tanlash va ma’lumotlar bazalarini avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida tadbiq etishning amaliy ahamiyatini yoritib berish.

II. Аsosiy nazariy qism (maʼruza mashgʼulotlari)

 Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu. Kirish. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari.

Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha. Ma’lumotlar bazasining asosiy
terminlari. Ma’lumotlar bazasiga qo‘yiladigan talablar. Avtomatlashgan axborot
tizimlari: axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizim; tadbiq etish sohasiga qarab
ATlar ishlab chiqarish sohasi.

2-mavzu. Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi va uch bosqichli arxitekturasi.

Ma’lumotlar bazasini sinflarga ajratish. Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli
arxitekturasi: tashqi bosqich; konseptual bosqich; fizik bosqich. Ma’lumotlami
fizik va mantiqiy tavsifi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil
etuvchilari.

3-mavzu. Ma’lumot bazasi modellari va mohiyat - aloqa modeli

Ma’lumotlar modeli tushunchasi. lerarxik ma’lumotlar modeli, Tarmoqli ma’lumotlar modeli. Relyatsion ma’lumot! modeli. Ma’lumotlar bazasini loyihalashda mohiyat - aloqa modeli. Mohiyat qa diagrammasini ourish.

4-mavzu. Ma’lumotlar bazasida relyatsion model va munosabatlar

Relyatsion ma’lumotlar bazasini asosiy tushunchalari, Ma’lumotlarni
tasvirlashdajadvallardan foydalanish. Ma’lumotlar bazasida munosobatlar. Kodd
ilmiy ishi. Munosabatni ikki o‘lchamli jadvallar yordamida tavsiflash.
Munosabatlar to‘plami ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi va ular orasidagi
bog‘lanishlarni modellashtirish.

5-mavzu. Relyatsion algebra va relyatsion hisoblash elementlari

Munosabatlar ustida amallar. Relyatsion ma’lumotlar bazasini asosiy tushunchalari. Relyatsion algebra va uning amallari. Relyatsion hisoblash elementlari va ulardan foydalanish.

6-mavzu. Ma’lumotlar bazasini rejalashtirish, loyihalash va administratorlash

Ma’lumotlar bazasini hayot siklini tashkil etish. Ma’lumotlar bazasini rejalashtirish. Ma’lumotlar bazasini loyihalash. Ma’lumotlar bazasini administratorlash. Ma’lumotga samarali murojaatni tashkil qilishda bazalar o‘zaro aloqasi fayl tuzilmalaridan foydalanish. Ma’lumotlar bazasida aloqadorlik chegaralari va xavfsizlik choralarini tasvirlash.

7-mavzu. Ma’lumotlar bazasini normallashtirish: INF, 2NF, 3NF va  Kodd normal formalari

Ma’lumotlar bazasini normallashtirish. Funksional bog‘lanishlar va ulaming turlari. Birinchi normal forma va uning talablari. Ikkinchi normal forma va uning talablari. Uchinchi normal forma va uning talablari. Kodd normal formasi. Berilgan munosabatni bir necha marta oddiy va kichik munosabatlarga ajratish.

8-mavzu. SQL tili va SQL operatorlarini yozish

SQL tilining vazifalari. Interaktiv va qurilgan SQL. SQL tilida ma’lumot toifalari va ular bain ishlash. SQL tilining komandalarini tuzilishi va sintaksisi. SQL tilining SELECT (tanlash) operatori va uning parametrlari.

9-mavzu. Ma’lumotlar manipulyatsiya qilishda oddiy so‘rovlar yaratish

Murakkab so‘rovlar yaratish. SQLda almashtirish funsiyalari bilan ishlash. Guruhli funksiyalarni so‘rovlarda ishlatish. Tasavurlar (View) yaratish. Jadvallar bilan ishlash. Ma’lumotlarni ajratish va tiklash.

10-mavzu. SQLtili yordmida ma’lumotlarni tavsiflash

SQL tilida ma’lumotlarni butunligini ta’minlash. Ma’lumot jadvallarini yaratish. Qism so‘rovlari bilan ishlash. Ma’lumot bazasi obyektlarini yaratish. Ma’lumotlarni aniqlash tili (DLL) operatorlari. CREATE TABLE komandasi. INSERT komandasi. Har bir ustun uchun tip (toifa) va o‘lcham.

11-mavzu. SQLda jarayonlar va standart funksiyalar

SQL tilida standart va agregat funksiyalar. Agregat funksiyalar argumentlari. Standart funksiyalar orqali so‘rovlar yaratish. Standart fuknsiyalaming SQLda sintaksisi. DISTINCT standart so‘zi va undan foydalanib ikki nusxadagi satrlarni o‘chirish. ORDER BY komandasidan foydalanib satrlarni tartiblashtirish. Agregatlar va ma’lumotlarni guruhlash.

12-mavzu. Tranzaksiyalarni boshqarishda so‘rovlar yaratish va qayta ishlash

SQL muhitida tranzaksiya tushunchasi. SQL muhitida tranzaksiyalarni boshqarish. Arifmetik jarayonlar. Hisoblash tartibini belgilash. Triggerlar va ulardan foydalanish. POSITIONQ funksiyalaridan foydalanib pastki satmi qidirish. Joriy satsiyasi. CASE ifodasini ishlatib shartli qiymatlami ifodalash.

13-mavzu. Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash.

Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash. Zamonaviy taqsimlangan ma’lumotlar bazasini arxitekturasi.

14-mavzu. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi va Internet.

Web muhit ma’lumot bazasi ilovalarini platformasi. WEB ilovalar uchun ma’lumotlar bazasini yaratish. Taqsimlangan MB va WEB muhitni integratsiyasiga qo‘yiladigan talablar va usullar.

15-mavzu. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash.

Ma’lumotlar bazasini administratorlash. Ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash.

16-mavzu. Ma’lumotlar bazasiga murojaatni tashkil etishda ODBC va turli dasturlardan foydalanish.

Dasturlashda asosiy komponentalar bo‘limi ADOConnection va ADO Query komponentalari. Data Source va DBGrid komponentalari. Dastur va Oracle aloqasi.

17-mavzu. XML va ma’lumotlar bazasi.

XML ning ko‘rinishi. SQL/XML funksiyalari. Ma’lumotni kiritish va taqdim etish.

III. Laboratoriya mashg‘ulotlari bu kursda rejalashtirilmagan.

IV. Amaliy mashg‘ulotlari mavzulari

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Ma’lumollar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash (MySql server, Oracle Server, Microsoft SQL Server)
  2. Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat - aloqa diagrammasini qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash.
  3. SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.
  4. Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar. AND, OR, NOR mantiqiy stanndart so‘zlardan foydalanish.
  5. Ma’lumotlarni saralash. WHERE standart so‘zidan foydalanish.
  6. Group by va Order by standart so‘zlaridan foydalanib so‘rov yaratish. HAVING standart so‘zi orqali so‘rovlar yaratish.
  7. UNION, INTERSECT va MINUS standart buyruqlardan foydalanish.
  8. Bir nechta jadvallar birlashtirish, «Join» lar bilan ishlash.
  9. Standart funksiyalardan foydalanib so‘rovlar yaratish.
  10. Agregat funksiyalardan foydalanish.
  11. Murakkab so‘rovlar yaratish. Bir nechta jadvallarni birlashtirish, “JOIN” lar bilan ishlash
  12. SQL tilida INDEX yaratish.
  13. Tasavvur, VIEW yaratish va undan foydalanish.
  14. SQL da funksiyalar yaratish. SQLda triggerlar yaratish
  15. Dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish.

V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ish mavzulari fanni alohida mavzulari va bo‘limlarini yanada
chuqurroq ko‘rib chikishga bag‘ishlangan. Mustaqil ishlar referat shaklida,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tartibida bajarilishi shart. Mustaqil
ishlami bajarish uchun intemetdan qo‘shimcha ma’lumotlami (bu dasturga
tegishli bo‘lmagan ilmiy maqolalar, bloglardan mualliflik qaydlari, badiiy
materiallar) olish tavsiya qilinadi.

Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol
usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalaming mustaqil
ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga
oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga
navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda
tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

  1. Ob’ektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi.
  2. Kodd relyatsion algebrasi. Relyatsion hisoblash.
  3. Ob’ektli ma’lumotlar bazasi. Loyihalash, qayta ishlash va tadqiq qilish.
  4. NoSql ma’lumotlar bazasi va uning asosiy prinsiplari.
  5. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar perspektivalari.
  6. Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma’lumotlar modeli.
  7. ORACLE ma’lumotlar bazasi.
  8. Ma’lumot bazasi tizimining arxitekturasi.
  9. Relyatsion ma’lumot modeli. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar.
  10. Tranzaksiyalami boshqarishda SQL so‘rovlari.
  11. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlashni loyihalash.
  12. Ochiq ma’lumotlar bazasi aloqasi (ODBC) interfeysi.
  13. XMLda ma’lumotlar bazasini tasvirlash

VI. Ta’lim natijalari:

Talaba bilishi kerak:

-Predmet sohani ajratish va uning modelini yaratish haqida tassavurga ega bo ’lishi;

-Predmet sohaning modelini tavsiflash usullari;

-Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tanlash va ma’lumotlar bazalarini shaxsiy xisoblash mashinalarida yaratishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

VII. Taʼlim texnologiyalari va metodlari:

  1. Ma’ruzalar.
  2. Interfaol “Case-study” lar
  3. Guruxlarda ishlash (Min/Max)
  4. Taqdimot qilish
  5. Mantiqiy fikrlash savol-javoblar

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:

Tizimga yuklangan amaliyot ishlari, mustaqil ishlar, joriy, oraliq nazorat shaklida berilgan vazifa va topshiriqlarni belgilangan vaqt oralig‘ida topshirishlari shart. Yakuniy nazorat ishlarini test yoki yozma ravishda yuqorida aytilgan tizimda yoki reja bo‘yicha boshqa tizimda topshirish nazarda tutilgan bo‘lsa o‘sha tizimda topshiriladi.

Belgilangan tartib asosida talabalarning butun kurs davomidagi ishtiroki, shuningdek, nazariy va amaliy bo‘yicha yakuniy yozma ish natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Baholash quyidagicha taqsimlanadi:

  • Ma’ruza mashg‘ulotlari – 25 %;.
  • Amaliy mashg‘ulotlar – 25 %;
  • Yakuniy nazorat – 50 %.

Nazariya bo‘yicha baholash:

Kurs davomida 1 ta oraliq nazorat, mustaqil ta’lim va amaliy mashg‘ulotlarga aktiv qatnashish bo‘yicha baholanadi. Oraliq nazoratlarda uchta savol beriladi va talabalar yozma javob beradilar. Amaliy mashg‘ulotga aktiv qatnashishda esa berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarib topshirish, o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, mavzuga to‘g‘ri yondashish kabi omillar orqali baholanadi.

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari

Asosiy adabiyotlar

  1. X.N.Zaynidinov, J.T.Usmonov, Sh.B.Redjepov, I.Yusupov. Ma’lumotlar bazasi. Darslik. T.2020.
  2. R.V.Qobulov, B.B.Akbaraliyev, J.T.Usmonov, O.B.Ro’ziboyev. Ma’lumotlar bazasi, Toshkent 2021
  3. Xo‘jaqulov Т.А. Usmonov J.T. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi//
    o‘quv qo‘llanma. - T.: Aloqachi, 2018. - 96 b.
  4. B.T.Ergashev, K.Z.Abidov, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. O’quv qo’llanma. “Durdona” nashriyoti, Buxoro-2021
  5. Adizova Z.M., Avezov A.A., Norova F.F. Ma’lumotlar bazasi. Buxoro, 2022.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil.
  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. “O‘zbekiston”, NMIU, 2017. – 488 b.
  3. B.Q.Qodirov. Ma’lumotlar bazasi. O‘quv qo‘llanma. T.: “LESSONS PRESS” nashriyoti, 2022. – 128 b.

Internet manbaalari

  1. www.oracle.com
  2. www.w3school.com;
  3. www.ziyonet.uz.
  4. https://livesql.oracle.com/
  5. https://www.mycompiler.io/

O'xshash dasturlar