Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Dasturiy injiniring
Dastur haqida
60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-Servis)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi orqali Siz hozirgi axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Kompyuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirgan holda bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Kelajak kasblaridan biri bo‘lgan “Kompyuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishi hozirgi davrda eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Bu ta’lim yo‘nalishda 4 yil davomida o‘qish orqali Siz quyidagi nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
- Dasturlash: Turli dasturlash tillarida, jumladan, Python, Java, C++ va boshqa tillarda dasturlash ko‘nikmalari;
- Algoritmlar va ma’lumot tuzilmalari: Samarali algoritmlar va ma’lumot tuzilmalarini ishlab chiqish va qo‘llash;
- Kompyuter arxitekturasi: Kompyuter tizimlarining asosiy elementlari va ularning ishlash prinsiplarini bilish;
- Operatsion tizimlar: Turli operatsion tizimlar, jumladan, Windows, Linux va boshqalarning ishlashini tushunish;
- Tarmoq texnologiyalari: Kompyuter tarmoqlari, internet, tarmoq xavfsizligi va protokollar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lish;
- Ma’lumotlar bazalari: Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, yaratish va boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- Kompyuter grafikasi: Kompyuter grafikasi sohasidagi tasvirlar bilan ishlash audio va video ma’lumotalar ustida amallar bajarish texnologiyalarini o‘rganish.
Kompyuter injiniringi bo‘yicha ta’lim olgan mutaxassislar dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, IT-xizmatlar, tizimlar muhandisligi, kiberxavfsizlik, va boshqa ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Bu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish Sizga zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va kelajakdagi faoliyatingiz uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
|
Texnologiya olamida izlanuvchi mutaxassis bo'lishni xohlaysizmi? |
|
Biz bilan ta’lim oling va kelajagingiz uchun yangi imkoniyatlarni oching! |
Mazkur ta’lim dasturida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jumladan:
Auditoriya mashg’ulolari: 2278 soat
Malakaviy amaliyot: 360 soat
Mustaqil ta’lim: 3717 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 420 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
113 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
12 |
6,8 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
8 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi;
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Texnologik mashinalar va jihozlar
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot xavfsizligi
13 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Dasturlash va axborot texnologiyalar
—